Ikkilik fazaviy manipulyatsiyalash. Raqamli fazaviy modulyatsiyalashning eng oddiy shakli FM-2 tizimi hisoblanadi. Bu usul ko‘pincha modulyatsiyalovchi signal psevdo-tasodifiy ikkilik ketma-ketlik hisoblanadigan spektrlarning to‘g‘ri kengaytirishli tizimlarda ishlatiladi. FM-2da modulyatsiyalovchi signalning qiymatiga bog‘liq ravishda signal fazasining modulyatsiyalanmagan tashuvchi tebranish fazasidan og‘ishi 0o yoki 180°ga teng bo‘ladi. Agar fazaviy modulyatsiyalangan signal (FM signal) uchun (1.4) va (1.5) ifodar ko‘rinishidagi umumiy tavsif qabul qilinsa, u holda FM-2 signal uchun quyidagi tengsizlik bajarilishi kerak:
φ [u(t)] ≡ 0 u(t) ≡ 1 bo‘lganida, φ[u(t)] ≡ π u(t)≡ – 1 bo‘lganida;
0 ≤ t ≤ Tc.
Signalning kompleks og‘masi bu vaqt intervalida o‘zgarmaydi va
quyidagi ikkita qiymatni qabul qilishi mumkin:
Á(t) = A i(t) = 1 bo‘lganida, Á(t) = – A i(t) = – 1 bo‘lganida;
0 ≤ t≤T c . (1.6)
Bu og‘maning kompleks tekislikda bo‘lishi mumkin qiymatlarini
grafik taqdim etilishi foydali va yaqqol hisoblanadi. Ko‘rib chiqilayotgan signal uchun signalning kompleks og‘masi 1.26-rasmda tasvirlangan faqat ikkita qiymatlarni qabul qiladi. Bunday tasvir signallar turkumi deyiladi.
1.26- rasm. FM-2 signallar turkumi
1.27- rasmda BPSK ikkilik fazaviy modulyatsiyalash vaqt diagrammalari keltirilgan.
Kirish bitlari ketma- ketligi
Коdlovchi ketma- ketlik
Natijaviy signal
1.27- rasm. BPSK vaqt diagrammalari
Bu radiosignalning asosiy o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, uning joriy fazasi modulyatsiyalovchi signalning qutblari o‘zgarishi momentlarida uzilishlarga (sakrashlarga) ega bo‘ladi. Bu fazaning 180°ga sakrashlari radiokanaldagi FM-2 signal quvvatining spektrali zichligi juda keng chastotalar polosasida noldan sezilarli farqli bo‘lishiga asosiy sabab hisoblanadi. Shuning uchun bunday ko‘rinishda FM-2 signallar deyarli ishlatilmaydi. Ular egallaydigan polosani kamaytirish uchun filtrlanadi.
Bu signallarni modulyatordan keyin yuqori chastotada filtrlashni amalga oshirish qiyin, chunki har bir tashuvchi chastota tebranishlari uchun top polosali yuqori asllikli filtrlar talab qilinar edi. Harakatdagi obyektlarli zamonaviy raqamli aloqa tizimlarida bunday chastotalar soni bir necha o‘nlablarga etishi mumkin. Shuning uchun filtr operatsiyasi deyarli doimo modulyatsiyalashgacha modulyatsiyalovchi signal ustida bajariladi. Mos filtr yetarlicha murakkab bo‘lsada, past chastotali filtr hisoblanadi. Radioelektronikaning zamonaviy yutuqlari uning ishlatilishini ta’minlaydi, bu holda chastotalar kanallarining katta sonini esa, agar mos chastotalar to‘plamili tashuvchi chastotalarni ishlatilishi orqali olish mumkin. Bunday filtr asosiy polosali filtri deyiladi.
FM-2 radiosignal egallaydigan chastotalar polosasi kamayganida signalni filtrlashda bunda vujudga keladigan simvollararo interferensiya muammosini hisobga olish zarur bo‘ladi.
1.28- rasmda FM-2 radiosignalni shakllantiradigan uzatkichning funksional sxemasi keltirilgan. Bu yerda modulyatordan keyin radiosignal quvvatini kuchaytirgich va tor polosali yuqori chastotali filtr qo‘yilgan. Filtrning asosiy vazifasi tashuvchi tebranishning asosiy chastotasiga karrali bo‘lgan chastotalardagi uzatkichning nurlantirishini kuchsizlantirishdan iborat. Bunday nurlanishlarning xavfi quvvat kuchaytirgichida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan va bu kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsienti ortganida kuchayadigan nochiziqli samaralar bilan shartlanadi. Ko‘pincha bunday filtr bir vaqtda qabullagich uchun ham ishlatiladi, u foydali radiosignallar chastotalar polosalaridan tashqaridagi kuchli tashqi signallarni “pastga” chastotani o‘zgartirishgacha so‘ndiradi.
1.28- rasm. FM-2 radiosignalni shakllantiradigan uzatkichning funksional sxemasi
Do'stlaringiz bilan baham: |