74
Nazorat savollari.
1. Ishlab chiqarish changi va uning insonga ta`siri.
2. Zaharli gazlar va ularning ta`sir turlari.
3. Ishlab chiqarishda zaharlanishning inson organizmiga ta`siri.
4. Zaharli moddalarga yo‘l qo‘yilgan miqdorlar me`yori.
5. Zaharli moddalar ajralishini bartaraf etish.
10-mavzu: Ishlab chiqarish korxonalarini shamollatish va yoritish tizimi.
Reja:
1. SHamollatishning ko‘rinishlari va uning qurilmasi.
2. Yorug‘likning asosiy tavsiflari va o‘lchov birliklari.
3. Yoritilganlik va ularning asosiy
turlari
Tayanch so‘zlar:
shamollatish, shamollatish vositalari, tsiklon, havoni
koditsionerlash,
tabiiy shamollatish, su’iy shamollatish, isitish, yorug‘lik,
yoritilganlik, tabiiy
yoritish, sun’iy yoritish, qaytarish koeffitsienti,
pulьsatsiya koeffitsienti, lampa, respirator, gazniqob.
1. SHamollatishning ko‘rinishlari va uning qurilmasi.
Ishlab chiqarishda shamollatish - bu davlat
standarti talabiga mos holda,
xonalardan ortiqcha issiqlikni, namlikni,
changlarni, zararli gazlar va bug‘larni
chiqarish va mikroiqlimni yaratish uchun zarur qurilmalar sistemasidir.
10.1.-rasm. Havoni kiritish va chiqarish mexanik shamollatkichlari. 1-havo
qabul kilgich; 2-havo uzatkichlar; 3-filьtr; 4-kalorifer; 5-markazdan qochma
shamollatkich; 6-havoni
xonaga kiritish teshiklari; 7-havoni xonadan chiqarish
teshiklari; 8-rostlash klapani; 9-havoni chiqarish qurilmasi; 10-havo aylanishini
ta’minlovchi uzatish qurilmasi; 11-xona.
Xonalardagi havo almashinuvini ichki va tashqi havo harorati va bosimni
farqi hisobiga tabiiy yo‘l bilan darchalardan va shu maqsaddagi quvurlar orqali
amalga oshiriladi. Bunday shamollatish tabiiy
shamollatish yoki aeratsiya
deyiladi. SHamollatkichlar xonaga havoni uzatishi va xonadan havoni
75
chiqarishi yoki bir vaqtda buning har ikkalasini amalga oshirishi mumkin
(1.-rasm).
SHamollatkichlar ishlatish joyiga
qarab umumiy va mahalliy
shamollatkichlarga bulinadi.
Umumlashtiruvchi shamollatkich butun xonadagi havoni almashtirsa,
mahalliy shamollatkich esa maьlum bir joylardagi havoni almashtiradi (2.-rasm).
SHamollatkichning samaradorligi shamollatish qurilmasining quvvatiga va
havo almashtirishni tashkil etishning ma’lum qoidalariga rioya qilishga bog‘liq
buladi.
Xonadan chiqarilayotgan havoni bevosita
zararliliklar ajralayotgan
joydan yoki ifloslangan zonadan olish kerak. Bunda xonadan chiqarilayotgan
iflos havo oqimini odamlar nafas oladigan zona orqali yoki odamlar tez-tez
buladigan zonadan o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Xonadan tashqariga
chiqariladigan iflos havoni shamol oqimi yaxshi bulgan tomonga chiqarish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: