Texnologiyalardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/64
Sana31.07.2021
Hajmi9,02 Mb.
#133317
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   64
Bog'liq
охирги диссертатция

Didaktik maqsadlar: 
- O’yinli mashg’ulotlar  orqali  bilimlar  tizimini mustahkamlash va 
puxta egallash; 
- O’yin mashg’ulotlarini ishlab chiqish borasida tajriba almashish; 
- har xil masala va muammolarni tashkil qilish va hal qilish. 
Tarbiyaviy maqsadlar: 
- Ijodiy fikrlashga, masalaga   yondashishga o’rgatish; 
- o’yinli mashg’ulotlarni amalga oshirishda ko’rsatmalar berish; 
- kishilar bilan murosaga kirishish, odamlar bilan aloqada bo’lish 
jarayonida o’zini tuta bilish, o’zini boshqarish ko’nikmalarini shakllantirish; 
- o’quvchi shaxsini shakllanishidagi  muhim tarbiya  vositalarini 
singdirish. 
Ushbu maqsadlarni amalga oshirishni ko’zlab dars jarayonini bevosita 


maroqli, qiziqarli mul’tfil’m namoyishi yoki sahna asari darajasida tashkil 
qilinmog’i lozim. O’yinli mashg’ulotlarni ishlab chiqish va tashkillashda 
quyidagilarga e’tibor berish va o’quv tarbiya jarayoniga yangi sifatlarni olib 
kirishni ta’minlash lozim. 
- O’yinli mashg’ulotlarni  tashkil  qilish orqali o’quvchini faol birgalikda 
yoki xususiy holdagi faoliyatini shakllantirishni ishlab chiqish; 
- o’yinlarni  turli usullari va variantlarini namoyish etish orqali 
o’quvchini o’sish va rivojlanishida o’zgarishlarga erishish. 
O’yinli  texnologiyalar  hozirgi  kundagi ta’lim jarayoniga quyidagi yangi 
sifatlarni olib  kirishini ko’zda tutib, an’anaviylikdan voz kechish hamda yangi 
asr  bo’sag’asi  yangiliklari va noan’anaviylik  printsipiga  asoslanib zaruriy deb 
bildik. 
- O’quv jarayonini namoyon etuvchi modelni, ya’ni o’quv materiali 
mazmunini yangicha usuli joriy etish; 
- O’yinli modelda o’quvchini olib boradigan faoliyati shaklini qay 
tariqaligini belgilash; 
- o’quvchilarning o’quv faoliyatini o’yin orqali bevosita o’yin lekin 
aslida o’quv jarayoniga yaqinlashtirish va aylantirish; 
- ta’lim va tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish jarayonini birligini 
ta’minlash; 
- faoliyatni o’qituvchi tomonidan tashkil qilinib boshqarilishi va 
o’quvchilar tomonidan amalga oshirilishi; 
- ma’lumotlar va bilimlar tizimidan keng miqyosda foydalanish. 
O’yinli mashg’ulotlar quyidagi vazifalarni amalga oshirishi kerak: 
- o’quvchilarga o’yin jarayonidan egallashlari lozim bo’lgan biror bir 
aniq o’quv faoliyati haqida bir butun tushuncha berish; 
- o’quv faoliyatiga kirishish va ta’limni egallash bo’yicha o’quv predmeti 
hamda ijtimoiy tajriba asosida haqida yakka tartibda va birgalashib guruhlar 
asosida qaror qabul qilishni o’zlashtirish; 
- bilimlarni egallashda va muammoni hal qilishda nazariy va amaliy 


fikrlashni rivojlantirish; 
- o’quv faoliyatini va bilimlar egallash jarayonini faol o’zlashtirishni 
shakllantirish va uni hosil  bo’lishiga  sharoit  yaratish  kabilar. 
Didaktik o’yinlarni darsda qo’llash va olib kirish ta’lim-tarbiya 
jarayoniga noan’anaviy usulda yondoshuvni bildirib an’anaviy usullardan bir 
qator sifatlari bilan farqlanadi. Ya’ni, o’quv  jarayonini  bevosita qiziqarli 
o’yinlar asosida tashkillash, o’quv jarayoni qatnashchilarini birgalikdagi 
harakatini   ta’minlash, masalaga   guruh bo’lib yondoshish natijasida 
o’quvchilarni faol harakati va mantiqiy tafakkuri rivojlanishi hosil bo’ladi.  
     Pedagogika darslarida muammoli ta`lim jarayonini tashkil etishning afzalligi.
 

Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish