Nazoratning
tarbiyaviy vazifasi shundan iboratki, ta'lim oluvchilar tekshirishga
tayyor bo'lish uchun darslarni o'z vaqtida tayyorlay-dilar, bo'sh vaqtlaridan unumli
foydalanishga
harakat qiladilar, inti-zomga o'rganadilar.
Agar nazoratning o'qitish va tarbiyalash vazifalari to'g'ri amal-ga oshirilsa,
shaxsning tafakkurini rivojlantirishga, his-tuyg'ulari va axloqiy sifatlami
tarbiyalashga imkon tug'iladi. Bu esa o'z-o'zidan nazoratning
rivojlantiruvchi
vazifasi sanaladi.
Amaliy mashg'ulotlar, asosan o'zlashtirilgan ilmiy bilimlarni mustahkamlash va
bilimlarni nazorat qilish, uni amalda qo'llay olish, tegishli ko'nikma va malakalarga
ega bo'lishni ta'minlashga xizmat qiladi. Odatda mashq qildirish deganda ilmiy
bilim va ma'lum bir ish-harakatni o'zlashtirish yoki
takomillashtirish maqsadida
rejali ravishda tashkil etilgan takrorlash tushuniladi.
Test — biror-bir faoliyatni bajarish uchun ma'lum darajadagi bilimni egallashga
qaratilgan topshiriqdir. Test to'g'ri bajarilganligini o'lchash va baholash maqsadida
har bir testga ekspert metodi yorda-mida etalon ishlab chiqiladi.
Umuman olganda,
test so'zi inglizchadan olingan bo'lib, u sinov, tekshirish,
tadqiqot ma'nolarini
bildiradi, ya'ni «sinalayotgan shaxs-ning psixo-
xususiyatlarini, shuningdek, intellektual rivoji, qobili-yati va malakasini
tekshirishda qo'llaniladigan standart mashqlar», demakdir. Pedagogik va uslubiy
adabiyotlarni tahlil qilish natijasida didaktik testlar quyidagi ikki guruhga
ajratiladi:
• nazariy bilimlarni nazorat qiluvchi, malaka va qobiliyatlarni
tekshiruvchi o'zlashtirish testlari;
• real o'quv imkoniyatlari bo'yicha (Yu.Babanskiy) diagnostika
testlari hamda umumiy va maxsus (masalan, mikro yoki makro iqtiso-
diyot fani va boshqa fanlar bo'yicha) o'qitish testlari.
1. Testlarning fanlararo qo’llanish sohasi.
a) oraliq nazorat testlarida mavzular, boblar bo'yicha bilim va
o'zlashtirish
elementlarini tekshirish;
b) ko'p mavzular bo'yicha fanlarning bir-biriga bog'Hqligini
hisobga olgan holda bilim va o'zlashtirishning chegaraviy nazorati-
ni hisobga olish;
g) butun kurs bo'yicha bilimlarni nazorat qilish (test asosida fanlararo turkum
testlarni ham yaratish mumkin).
Bu holatlarning har birida fan topshiriqlarining quyidagi savol-lari har xil
qo'yiladi: marketing-moliya; menejment; soliqlar kabi integrativ bilimlar va
hokazo.
2. Me'yoriy test tuzishning umumiy yo'nalishi bo'yicha maq-
sadli yoki kriterial (mezonli) xarakterdagi testlarda yig'ilgan ballar
hisob natijalariga ko'ra, bir guruhni boshqa guruh bilan, guruh ichida-
gilarni esa bir-biri bilan solishtirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: