Texnologiyalar va pedagogik mahorat


  Bilish  faoliyati  to‘g‘risida  sharq  mutafakkirlarining  ilmiy-pedagogik



Download 4,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/319
Sana06.01.2022
Hajmi4,47 Mb.
#321253
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   319
Bog'liq
fayl 480 20210426

1.4.  Bilish  faoliyati  to‘g‘risida  sharq  mutafakkirlarining  ilmiy-pedagogik
qarashlari
Oliy  m aktabdagi  t a ’lim   m azm unini  qayta  qurish,  m utaxassislar 
tayyorlashning yangi, samarali shakllarini izlab topish bevosita talabalaming 
bilish  faoliyatini jonlantirish  bilan  bog‘langandir.
Hozirgi  davrda  talabalaming  bilish  faoliyatini  jonlantirish  muammosi
 
o‘z mohiyatiga ko‘ra falsafa, sotsiologiya, pedagogika, psixologiya, xususiy
 
metodika  fanlari  vakillarining  dolzarb  ilmiy-tadqiqot  obyekti  bo‘Iib
 
qolmoqda.
Biroq  bu  m uam m oni,  o ‘rta  asr  qomusiy  olimlarning  qarashlari  va 
ta’limotini  o ‘rganmasdan  turib  to ‘la yoritish  mumkin emas.  0 ‘zbek olimi 
X.X.  Tlashevning  tadqiqotlarida  o ‘rta  asr  olimlarining  didaktik  qarashlari 
umumlashtirilgan  holda  tahlil  qilib  berilgan.  Xorazmiy,  Kindiy,  Farobiy, 
B erun iy,  A bu  Ali  ibn  S ino ,  U m a r  H ayyom   va  u larn in g   b o sh q a 
zamondoshlarining  ilmiy  dunyoqarashi  ham da bilimlar manbai  va  obyekti 
tahlilidan ayon bo‘ladi.  Bilish jarayoni qanday bosqichlardan tashkil topgan 
hamda bilish va amaliy faoliyat o ‘rtasida qanday munosabatlar mavjud degan 
savol ulam i doimo qiziqtirib kelgan.
Shu m a’noda sharq mutafakkirlarining asarlari alohida qiziqish uyg‘otadi. 
Jumladan Al-Xorazmiy Muhammad ibn Musoning matematikaga oid risolasi, 
Al-Kindiyning “Arastuning kitoblari miqdori va yana falsafani o ‘zlashtirish 
uchun nima zarurligi haqida risola”si,  “Dastlabki falsafa to ‘g‘risida”,  “ Besh 
mohiyat to ‘g‘risida kitob” , “Paydo bo‘lish va yo‘q b o ‘lishning yaqin tasvirlari 
izohi”, Al-Farobiyning “Aql m a’nolari to ‘g‘risida”,  “Fozil odamlar shahri”, 
“Baxt-saodatga erishuvto‘g‘risida” , “ Ilmlaming kelib chiqishi”,  “Almagestr
29


Ptolomevga izoh” ,  “Ixso-ul-ulum ” ,  !bn  Sinoning  “ Kitob ash  ishorat va  at 
tanbiqot” ,  “ D onishnom a”  (mutlaq  baxt  ham,  mutlaq  baxtiqaroiik  ham 
yo‘q),  “Hay ibn Yaqzon” va boshqa asarlarida, Abu Rayhon Beruniy “Masud 
qonuni” ,  “Dorivor  o ‘simliklar  haqida  kitob",  “Saydana” ,  “Munajjimlik 
san’atidan  boshlang‘ich  tush u n ch alar” ,  “Y odgorliklar” ,  A bdurahm on 
Jomiyning “ Musiqa”  risolasi hamda Alisher Navoiyning “ Mahbubul qulub” 
kabi asarlari katta qiziqish uyg‘otadi.
Xorazmiv bilish faoliyati  nazariyasiga  ulkan hissa qo‘shgan.  U bilishning 
tajriba-kuzatuv va eksperiment metodiga asos solgan.  Xorazmiv tomonidan 
quyidagi  umumdidaktik  tamoyiliar  ham da  m etodlar  va  shakllar  asoslab 
berilgan: mustaqillik;  ijodiy faollik; kuzatilgan faktlarni va hodisalarni tasvirlash 
va uni muntazam bayon qilish; tajriba-kuzatuv;  eksperiment metodi; induksiya 
va deduksiya aspektida vakkalik  va umumiylik birligi tamoyili;  o ‘qitishning 
savol-javob shakli.
Xorazmiyning  saiafi  Al-Kindiy  mohiyatni  barcha  nazariy bilimlaming 
bosh  mavzusi,  deb  qaraydi,  U   avvaio  miqdor  va  sifatni  hissiy  idrok  qilish 
zaruriigini ta ’kidlaydi.
Kindiy  ilmiy  bilishning  uch  pog‘onali  konsepsiyasini  ilgari  suradi: 
tabiiy  fanlar,  m antiq  va  m atematikadan  bilimlar  metafizika  muammosiga 
olib  keladi.  Kindiy  o ‘z  faisafiy  qarashlanni  asosiashda  ilmiy  bilishni  diniy 
bilimlarga qarama-qarshi qo‘ygan holda matematika va tabiiy fanlarga alohida 
ahamiyat beradi.  Kindiy inson bilimlar!  hissiy va aqliy bilimlarga b o ‘linadi, 
deb  hisoblaydi.  Uningcha,  hissiy  bilimlar  o ‘z  predmeti  bilan  bogMangan 
bo‘lib,  uning obyekti  inson tanasi va barcha materiallardir.  U ta ’kidlaydiki, 
agar  hissiy  bilimlar  yakka  bilimlardan  iborat  bo ‘!sa,  aqliy  bilimlar  esa 
umumiy bilimlardir.  Kindiy fikricha,  haqqoniylikni bilish  va o ‘zining xatti- 
harakatlarini  haqqoniylik  bilan  muvofiqlashtirishda,  kishi  ongidagi  uning 
sabablarini aniqlash  kaliti yordam  k o ‘rsatadi.
U shunday yozadi:  “Sababini topgan holatdagina biz haqiqatning tagiga 
veta olamiz.  H ar qanday narsaning mohiyatini anglash esa haqiqatni bilish 
uchun zarurdir.  Negaki mavjud  narsalarning barchasi haqiqatdan iboratdir, 
Haqiqatni  idrok  etsa  bo‘!adi,  binobarin,  mavjud  narsalarni  hammasini 
anglamoq m um kin”.
Bilish  jarayoniga  Farobiy  alohida  ahamiyat  beradi.  U  o ‘zining  “Aql 
m a'nolari  to ‘g‘risida”  va  “ Baxt-saodatga  erishuv  to ‘g‘risida”  asarlarida 
insonlarning  bilimga  boMgan  intilishlarini  har  tomonlam a  keng  yoritishga 
harakat qiladi.  U shunday yozadi:  “ Kishi biror buyum haqida bilishni istasa, 
lining  qandaydir  bir  holatini  biladi  va  ongini  o ‘sha  predmet  shaklidagi 
bilimga yo‘naltiradi.  Bu o ‘zi intilgan  haqiqatni qidirish demakdir” .
Farobiyning ilmiy g‘oyalarini umumlashtirgan holda X.X. Tlashev uning 
bilish to ‘g‘risidagi  nazariy asoslarga bagMshlangan  ishlari,  xususan,  mantiq 
fanida  bilish jarayoni  va  bilish  shakllari,  kabi  qarashlarida  birinchi  marta
30


uning mohiyati ochib berilganini ta ’kidlaydi.  Bu jarayonlar, mantiqda unga 
rioya qilish, tafakkumi takomillashtirish va murakkab bilish jarayonida qo‘pol 
xatolaming oldini olish qonunlari sifatida aks etadi.
Farobiy  fikrlash  faoliyatini  jonlantirishning  didaktik  tamoyillari  va 
metodlarini asoslab berdi.  Unga o ‘qitishning amaliy yo‘nalganligi;  nazariy 
bilimlar  uzluksizligi  va  bilish  metodlari;  mantiqiylik  va  uzviylik,  hukm 
metodlari va usullari; induksiya va deduksiya metodlari kiradi.
Farobiyning  bilish  jarayoni  haqidagi  qarashlarini  Abu  Ali  ibn  Sino 
ham  tasdiqlaydi.  Uning  tushunishicha,  mantiq  inson  bilimlarining  asosi 
sifatida  qoida  va 
m e ’ y o r ia m i 
belgilab  beradi;  insonning  bilish  faoliyatini 
jonlantiradi  hamda  uning  to ‘g‘ri  fikrlashini  o ‘stiradi.  Farobiy  tom onidan 
ishlab  chiqilgan  fanlar  tasnifi  ilmiy  bilim lar  g‘oyasining  rivojlanishini 
ta ’minlaydi.  U  shunday  yozadi: 
“Fanlar  tasnifi  insonga fanlarni  o'zaro
 
qiyoslash,  ulardan  qaysi  birlari  zarur,  foydali,  tugallangan,  haqqoniy  va
 
kuchli  va  qaysi  birlari  и  qadar  zarur  emas  va  kuchsizroq,  shuningdek,
 
o‘rganish uchun  nimadan boshlash, xususan nimani o‘rganish,  nima yaroqli,
 
qaysi  biri yaroqsiz  va  qay  darajada  uni  egallash  kabi  masalalarda  yordam
 
beradi.  Shunday qilib,  uning fanga bo4gan munosabati kofrlikka,  nodonlikka
 
emas,  balki  bilim  va  donolikka  asoslanadi”.
0 ‘rta  asr olimlari  o ‘z  asarlarida  inson  faoliyatining  ikki  turi haqida  fikr 
yuritadilar.  Bu mehnat va bilish faoliyatidir.  Ular shuni ta’kidlaydilarki: 
“Bilim
— 
bu  biluvchining  qalbidagi  bilinadigan  timsoldir.  Bilingki, fanni  o'qitish  va
 
o
‘zlashtirishsiz  bilim  bo4maydi.  0 ‘qitish
  — 
bu  qalbdan  chiqadigan,  qalb
 
uchun  dolzarb,  ichki  bilishga  asoslangan  e ’tiqod.  Bilimlarni  o‘ziashtirish  —
 
bu  bilim  shakllarini  qalbdan  idrok  etishdir.  Bilingki,  qalb  bilish  predmetlari
 
shakllarini  uch  tomonlama  qabul  qiladi:  birinchidan,  his  qilish  orqali,
 
ikkinchidan,  dalillar  orqali,  uchinchidan,  fik r  yuritish  va  mushohada  qilish
 
orqali”.
Kaykovusning “Qobusnoma” asarida bilimning foydasi haqida quyidagicha 
yoziladi: 
“Agar  molsizlikdan  qashshoq  bo4sang,  aqldan  boy  bo4moqqa  sa'y
 
ko‘rguzgilki,  mol  bila  boy  boilgtondan,  aql  bila  boy  bo4gion  yaxshiroqdur.
 
Nedinkim,  aql bila  mol jam   etsa  ЬоЧаг,  ammo  mol bila  aql o^rganib  bo4mas.
 
Bilgil,  aql bir moldurki,  uni  o'gfri ololmas,  и  oitda yonmas,  suvda  oqmas ”.
Farobiy o ‘z asarlarida bilish  faoliyatini tashkil  etish tavsiyalarini ishlab 
chiqqan. Unda uch shart belgilanadi:
• 
muayyan fan   asosida yotgan  barcha  tamoyiilami yaxshi  bilish;
• muayyan fa n та ’lumotlari, ya ’ni hukm chiqarish qoidalarini egallashga
 
aloqador  tamoyillar va  та ’lumotlar asosida  zarur xulosalar chiqara  olish;
•  yanglish  nazariyalami  inkor  eta  olish,  yolg’ondan  haqiqatni  ajratib  ola
 
bilish  va xatolami  tuzata  olish  uchun  boshqa  mualliflaming fikrlarini  tahlil qila
 
olish.
Beruniy bilish obyektiga boMgan ilmiy-falsafiy va konkret-metodologik


yondashuv munosabatlariga e’tibor qaratish lozimligini uqtiradi.
Bemniy hissiy bilishga alohida diqqat qaratadi.  U shunday yozadi: 
“Bilim
 
sohalari ko'pdur,  tobora rivojlanayotgan d a w  insonlar aql-zakovatining unga
 
qo‘shilib  borishi  bilan  ular  yanada  ko'payadi,  uning  belgisi  insonlarning
 
fanga  intilishi,  uni  e'zozlashi, fa n   kishilarini  e'zozlashidadir”.
Voqelikning  nom a’lum  tamoyillarini  bilish  haqida:  “ Bilinishi  lozim 
bo ‘lgan barcha hodisalarning yo‘li borki, uning vositasida bilimlarga erishish 
m um kin” ,-  deydi.
Abu Ali  ibn  Sinoning  aql  taraqqiyoti  bosqichlari  naqidagi  fikrlari  ham 
kishida qiziqish uyg‘otadi.  Unda uchta bosqich belgilanadi: 

Download 4,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   319




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish