1.4. Bilish faoliyati to‘g‘risida sharq mutafakkirlarining ilmiy-pedagogik
qarashlari
Oliy m aktabdagi t a ’lim m azm unini qayta qurish, m utaxassislar
tayyorlashning yangi, samarali shakllarini izlab topish bevosita talabalaming
bilish faoliyatini jonlantirish bilan bog‘langandir.
Hozirgi davrda talabalaming bilish faoliyatini jonlantirish muammosi
o‘z mohiyatiga ko‘ra falsafa, sotsiologiya, pedagogika, psixologiya, xususiy
metodika fanlari vakillarining dolzarb ilmiy-tadqiqot obyekti bo‘Iib
qolmoqda.
Biroq bu m uam m oni, o ‘rta asr qomusiy olimlarning qarashlari va
ta’limotini o ‘rganmasdan turib to ‘la yoritish mumkin emas. 0 ‘zbek olimi
X.X. Tlashevning tadqiqotlarida o ‘rta asr olimlarining didaktik qarashlari
umumlashtirilgan holda tahlil qilib berilgan. Xorazmiy, Kindiy, Farobiy,
B erun iy, A bu Ali ibn S ino , U m a r H ayyom va u larn in g b o sh q a
zamondoshlarining ilmiy dunyoqarashi ham da bilimlar manbai va obyekti
tahlilidan ayon bo‘ladi. Bilish jarayoni qanday bosqichlardan tashkil topgan
hamda bilish va amaliy faoliyat o ‘rtasida qanday munosabatlar mavjud degan
savol ulam i doimo qiziqtirib kelgan.
Shu m a’noda sharq mutafakkirlarining asarlari alohida qiziqish uyg‘otadi.
Jumladan Al-Xorazmiy Muhammad ibn Musoning matematikaga oid risolasi,
Al-Kindiyning “Arastuning kitoblari miqdori va yana falsafani o ‘zlashtirish
uchun nima zarurligi haqida risola”si, “Dastlabki falsafa to ‘g‘risida”, “ Besh
mohiyat to ‘g‘risida kitob” , “Paydo bo‘lish va yo‘q b o ‘lishning yaqin tasvirlari
izohi”, Al-Farobiyning “Aql m a’nolari to ‘g‘risida”, “Fozil odamlar shahri”,
“Baxt-saodatga erishuvto‘g‘risida” , “ Ilmlaming kelib chiqishi”, “Almagestr
29
Ptolomevga izoh” , “Ixso-ul-ulum ” , !bn Sinoning “ Kitob ash ishorat va at
tanbiqot” , “ D onishnom a” (mutlaq baxt ham, mutlaq baxtiqaroiik ham
yo‘q), “Hay ibn Yaqzon” va boshqa asarlarida, Abu Rayhon Beruniy “Masud
qonuni” , “Dorivor o ‘simliklar haqida kitob", “Saydana” , “Munajjimlik
san’atidan boshlang‘ich tush u n ch alar” , “Y odgorliklar” , A bdurahm on
Jomiyning “ Musiqa” risolasi hamda Alisher Navoiyning “ Mahbubul qulub”
kabi asarlari katta qiziqish uyg‘otadi.
Xorazmiv bilish faoliyati nazariyasiga ulkan hissa qo‘shgan. U bilishning
tajriba-kuzatuv va eksperiment metodiga asos solgan. Xorazmiv tomonidan
quyidagi umumdidaktik tamoyiliar ham da m etodlar va shakllar asoslab
berilgan: mustaqillik; ijodiy faollik; kuzatilgan faktlarni va hodisalarni tasvirlash
va uni muntazam bayon qilish; tajriba-kuzatuv; eksperiment metodi; induksiya
va deduksiya aspektida vakkalik va umumiylik birligi tamoyili; o ‘qitishning
savol-javob shakli.
Xorazmiyning saiafi Al-Kindiy mohiyatni barcha nazariy bilimlaming
bosh mavzusi, deb qaraydi, U avvaio miqdor va sifatni hissiy idrok qilish
zaruriigini ta ’kidlaydi.
Kindiy ilmiy bilishning uch pog‘onali konsepsiyasini ilgari suradi:
tabiiy fanlar, m antiq va m atematikadan bilimlar metafizika muammosiga
olib keladi. Kindiy o ‘z faisafiy qarashlanni asosiashda ilmiy bilishni diniy
bilimlarga qarama-qarshi qo‘ygan holda matematika va tabiiy fanlarga alohida
ahamiyat beradi. Kindiy inson bilimlar! hissiy va aqliy bilimlarga b o ‘linadi,
deb hisoblaydi. Uningcha, hissiy bilimlar o ‘z predmeti bilan bogMangan
bo‘lib, uning obyekti inson tanasi va barcha materiallardir. U ta ’kidlaydiki,
agar hissiy bilimlar yakka bilimlardan iborat bo ‘!sa, aqliy bilimlar esa
umumiy bilimlardir. Kindiy fikricha, haqqoniylikni bilish va o ‘zining xatti-
harakatlarini haqqoniylik bilan muvofiqlashtirishda, kishi ongidagi uning
sabablarini aniqlash kaliti yordam k o ‘rsatadi.
U shunday yozadi: “Sababini topgan holatdagina biz haqiqatning tagiga
veta olamiz. H ar qanday narsaning mohiyatini anglash esa haqiqatni bilish
uchun zarurdir. Negaki mavjud narsalarning barchasi haqiqatdan iboratdir,
Haqiqatni idrok etsa bo‘!adi, binobarin, mavjud narsalarni hammasini
anglamoq m um kin”.
Bilish jarayoniga Farobiy alohida ahamiyat beradi. U o ‘zining “Aql
m a'nolari to ‘g‘risida” va “ Baxt-saodatga erishuv to ‘g‘risida” asarlarida
insonlarning bilimga boMgan intilishlarini har tomonlam a keng yoritishga
harakat qiladi. U shunday yozadi: “ Kishi biror buyum haqida bilishni istasa,
lining qandaydir bir holatini biladi va ongini o ‘sha predmet shaklidagi
bilimga yo‘naltiradi. Bu o ‘zi intilgan haqiqatni qidirish demakdir” .
Farobiyning ilmiy g‘oyalarini umumlashtirgan holda X.X. Tlashev uning
bilish to ‘g‘risidagi nazariy asoslarga bagMshlangan ishlari, xususan, mantiq
fanida bilish jarayoni va bilish shakllari, kabi qarashlarida birinchi marta
30
uning mohiyati ochib berilganini ta ’kidlaydi. Bu jarayonlar, mantiqda unga
rioya qilish, tafakkumi takomillashtirish va murakkab bilish jarayonida qo‘pol
xatolaming oldini olish qonunlari sifatida aks etadi.
Farobiy fikrlash faoliyatini jonlantirishning didaktik tamoyillari va
metodlarini asoslab berdi. Unga o ‘qitishning amaliy yo‘nalganligi; nazariy
bilimlar uzluksizligi va bilish metodlari; mantiqiylik va uzviylik, hukm
metodlari va usullari; induksiya va deduksiya metodlari kiradi.
Farobiyning bilish jarayoni haqidagi qarashlarini Abu Ali ibn Sino
ham tasdiqlaydi. Uning tushunishicha, mantiq inson bilimlarining asosi
sifatida qoida va
m e ’ y o r ia m i
belgilab beradi; insonning bilish faoliyatini
jonlantiradi hamda uning to ‘g‘ri fikrlashini o ‘stiradi. Farobiy tom onidan
ishlab chiqilgan fanlar tasnifi ilmiy bilim lar g‘oyasining rivojlanishini
ta ’minlaydi. U shunday yozadi:
“Fanlar tasnifi insonga fanlarni o'zaro
qiyoslash, ulardan qaysi birlari zarur, foydali, tugallangan, haqqoniy va
kuchli va qaysi birlari и qadar zarur emas va kuchsizroq, shuningdek,
o‘rganish uchun nimadan boshlash, xususan nimani o‘rganish, nima yaroqli,
qaysi biri yaroqsiz va qay darajada uni egallash kabi masalalarda yordam
beradi. Shunday qilib, uning fanga bo4gan munosabati kofrlikka, nodonlikka
emas, balki bilim va donolikka asoslanadi”.
0 ‘rta asr olimlari o ‘z asarlarida inson faoliyatining ikki turi haqida fikr
yuritadilar. Bu mehnat va bilish faoliyatidir. Ular shuni ta’kidlaydilarki:
“Bilim
—
bu biluvchining qalbidagi bilinadigan timsoldir. Bilingki, fanni o'qitish va
o
‘zlashtirishsiz bilim bo4maydi. 0 ‘qitish
—
bu qalbdan chiqadigan, qalb
uchun dolzarb, ichki bilishga asoslangan e ’tiqod. Bilimlarni o‘ziashtirish —
bu bilim shakllarini qalbdan idrok etishdir. Bilingki, qalb bilish predmetlari
shakllarini uch tomonlama qabul qiladi: birinchidan, his qilish orqali,
ikkinchidan, dalillar orqali, uchinchidan, fik r yuritish va mushohada qilish
orqali”.
Kaykovusning “Qobusnoma” asarida bilimning foydasi haqida quyidagicha
yoziladi:
“Agar molsizlikdan qashshoq bo4sang, aqldan boy bo4moqqa sa'y
ko‘rguzgilki, mol bila boy boilgtondan, aql bila boy bo4gion yaxshiroqdur.
Nedinkim, aql bila mol jam etsa ЬоЧаг, ammo mol bila aql o^rganib bo4mas.
Bilgil, aql bir moldurki, uni o'gfri ololmas, и oitda yonmas, suvda oqmas ”.
Farobiy o ‘z asarlarida bilish faoliyatini tashkil etish tavsiyalarini ishlab
chiqqan. Unda uch shart belgilanadi:
•
muayyan fan asosida yotgan barcha tamoyiilami yaxshi bilish;
• muayyan fa n та ’lumotlari, ya ’ni hukm chiqarish qoidalarini egallashga
aloqador tamoyillar va та ’lumotlar asosida zarur xulosalar chiqara olish;
• yanglish nazariyalami inkor eta olish, yolg’ondan haqiqatni ajratib ola
bilish va xatolami tuzata olish uchun boshqa mualliflaming fikrlarini tahlil qila
olish.
Beruniy bilish obyektiga boMgan ilmiy-falsafiy va konkret-metodologik
yondashuv munosabatlariga e’tibor qaratish lozimligini uqtiradi.
Bemniy hissiy bilishga alohida diqqat qaratadi. U shunday yozadi:
“Bilim
sohalari ko'pdur, tobora rivojlanayotgan d a w insonlar aql-zakovatining unga
qo‘shilib borishi bilan ular yanada ko'payadi, uning belgisi insonlarning
fanga intilishi, uni e'zozlashi, fa n kishilarini e'zozlashidadir”.
Voqelikning nom a’lum tamoyillarini bilish haqida: “ Bilinishi lozim
bo ‘lgan barcha hodisalarning yo‘li borki, uning vositasida bilimlarga erishish
m um kin” ,- deydi.
Abu Ali ibn Sinoning aql taraqqiyoti bosqichlari naqidagi fikrlari ham
kishida qiziqish uyg‘otadi. Unda uchta bosqich belgilanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |