3- MAVZU. Boshlangʻich sinflarda texnologiya taʼlimining mazmuni
Reja
1. Texnologiya taʼlimining mazmuni va uning tashkil etilishi.
2. Mehnat malaka va koʻnikmalari bilan qurollantirish
3. Texnologiya darslarida kompetentsion yondashuv.
4. Texnologiya fanidan oʻquv dasturini oʻrganish.
Texnologiya taʼlimining mazmuni va uning tashkil etilishi.
Texnologiya
taʼlimi dasturida oʻquvchilar mehnat darslarida egallashi lozim boʻlgan ilmiy-
texnik bilimlarining, mehnat malaka va koʻnikmalari hajmi hamda mazmuni
belgilab boriladi.
Dasturda jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida yoshlarga
texnologiya taʼlimini berish, ularni tarbiyalash sohasida qoʻyilgan maqsad va
vazifalar oʻz ifodasini topgan. Texnologiya taʼlimi dasturi oʻquv reja- si asosida
ishlab chiqiladi. Texnologiya taʼlimi oʻqituvchisi oʻzining kundalik faoliyatida bu
dasturga amal qiladi va uning bajarilishi majburiy hisoblanadi. SHu bilan bir
qatorda oʻqituvchi oʻquv dasturiga mahalliy sharoitni hisobga olib maʼlum
oʻzgarishlar kiritishi mumkin. Bu borada birqancha talablar hisobga olinishi lozim.
Dasturning mazmuni pedagogikaning didaktik prinsiplarga toʻla-toʻkis javob
berishi, ilmiy va mafkuraviy jihatdan puxta boʻlishi, murakkabligi ortib borishi
hisobga olingan holda va texnologiya taʼlimining tanlangan didaktik tizimiga
44
muvofiq ravishda, muayyan izchillikda bayon qilinishi, turmush tajribasi bilan
bogʻlangan boʻlishi kerak.
Mehnat malaka va koʻnikmalari bilan qurollantirish
. Oʻquvchilarni
tarbiyalash va ularni ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorlashda mehnat malakalari
va koʻnikmalari katta oʻringa ega. Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga texnologiya
taʼlimini berish vazifalaridan biri ularda bir qator mehnat malaka va koʻnikmalarini
shakllantirishdir.
Texnologiya taʼlimi dasturi talablarini bajarishda, mavzuga oid bilim
berishda, malaka va koʻnikmalarni shakllantirishda oʻquvchilarga maʼlum
hajmdagi politexnik bilimlar beriladi. Boshlangʻich politexnik bilim bilan
qurollantirish oʻquvchilarga predmetni yasash, ishlov berilayotgan materialning
xususiyatlari, texnologik oʻziga xosliklari, materialga qoʻlda ishlov berilganda
qoʻllaniladigan ashyo-moslamalarning xususiyatlari, ulardan foydalanish qoidalari
haqida maʼlumot berib boriladi.
Oʻquvchilarga berilayotgan politexnik bilim, amaliy koʻnikma va
malakalarga oʻrgatish maʼlum nazariy darajada amalga oshirishga imkon beruvchi
zamindir.
Amaliy malaka va koʻnikmalar bilan qurollantirish amaliy mashgʻulot
turlarini oʻrgatish ham demakdir. Boshlangʻich sinf oʻquvchilari bajarishi kerak
boʻladigan amaliy ish turlari xilma-xildir, biroq mehnat malaka va koʻnikmalarini
egallamasdanoq amaliy ish jarayonidagi materiallarni oʻlchab olish va belgilash,
ularni qirqib, ishlov berish, qismlarni yelimlash, tikish, oʻrash va bogʻlash kabi
yoʻllar bilan birlashtirish va mustahkamlash, detallarni yigʻish va buyumni montaj
qilish va buyumni bezash ishlarini bajarish bir qator qiyinchiliklar tugʻdiradi.
Oʻquvchilardagi mehnatga boʻlgan qiziqishni oʻz vaqtida aniqlash va ularga
mehnat malakalarini sevgan mashgʻulotlarida takomillashtirishlariga yordam
berish juda muhimdir.
Bunda oʻquvchilaring eʼtiboriga eng oddiy buyum oʻyinchoqlarni,
oʻyinlarni, oʻquv qurollarini tayyorlash, naqshlar chizib va qirqib olish,
applikatsiya ishlari havola etiladi. Bundan tashqari oʻquvchilarda mehnatga
45
qiziqishni uygʻotish, mehnat darslarida hosil qilingan bilimlarni kengaytirish va
chuqurlashtirish, koʻnikma va malakalarini mustahkamlash uchun “Mohir qoʻllar”
toʻgaraklarida, sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Koʻnikma — bu kishining bilim va tajriba asosida egallangan, maʼlum
harakatni ongli bajarishga boʻlgan qobiliyatidir. Masalan: kartonni kesa bilish
koʻnikmasi, qaychini toʻgʻri ishlata olish, harakatni aniq muvofiqlashtirish,
yoʻnalish, kuch va bosimning tengligini saqlash.
Malaka — bu faoliyatdagi mashq qilishlar jarayonida yetilgan,
mujassamlashgan tajribadir. Bu tez va aniq bajarish, mashq qilish tufayli tarkib
topgan koʻnikma yoki bu maʼlum miqdordagi mashq va usullar bajarilganda
koʻnikmadan sakrab oʻtish degan maʼnoni anglatadi. SHunung uchun mazkur
koʻnikma agarda malakani yuzaga keltirishni nazarda tutgan mashq va usullar
toʻgʻri tuzilgan boʻlsa u toʻgʻri malakaga aylanishi mumkin. Biroq malakaning
takomillashuv darajasi oʻqitishning turli bosqichlarida turlichadir. Uning
strukturasi ham oʻzgaruvchandir. Mashqlar jarayonida oʻquvchilar bajarilayotgan
harakatlar murakkablashib borgan sari, asta-sekin oddiy malakalarning murakkab
malakalarga birlashuvi sodir boʻladi.
Mehnat malaka va koʻnikmalarini shakllantirish quyidagicha asosiy
bosqichlardan tarkib topadi:
a)
boshlangʻich tushuncha berish;
b)
mehnat harakatlarini sinov uchun bajarish;
c)
ish harakatlari natijasi;
d)
yakuniy xulosa chiqarish.
Mehnat malakalari va koʻnikmalarini shakllantirishga moʻljallangan amaliy
ishlar faqat vaqtga koʻra taqsimlanganda hamda maʼlum tizim asosida
oʻtkazilgandagina ijobiy natija beradi.
Amaliy ishlar tizimi quyidagi asosiy talablarni oʻz ichiga oladi:
1.
Amaliy ishlarni bajariladigan topshiriqning murakkabligi oshib borishini
nazarda tutgan holda joylashtirish lozim.
46
2.
Bajarilayotgan amaliy ish mazmuni toʻliq tarzda oldingi amaliy ishga
asoslanishi lozim.
3.
Amaliy ish jarayonida mustaqil ishlash darajasi ortib borishi kerak.
Mehnat malakasining muvaffaqiyatli boʻlishi bir qator ishlarga bogʻliq.
Oʻquvchi oʻz faoliyatini mustaqil rejalashtirmas ekan, uning malakasi hech qachon
toʻliq boʻlmaydi. Nazoratning yoʻqligi koʻpincha xato va nuqsonlarning amaliy
ishlar jarayonida ortib borishiga olib keladi. Bu esa oʻz navbatida yetilmagan
harakat va usullarning shakllanishiga sabab boʻladi.
Boshlangʻich sinf oʻqituvchisi texnologiya taʼlimi boʻyicha ishlami amalga
oshirayotganda oʻquvchilar u yoki bu ishni bajarish natijasida qanday koʻnikma,
bilim va malakalarni egallashlarini aniq bilishi kerak. Ana shunday holda
oʻqituvchi sinf uchun shu vaqtda zarur boʻlgan materiallarni tanlash imkoniyatiga
ega boʻladi. Bu oʻrinda muhimi oʻquvchilar mazkur materiallarni tayyorlash
jarayonida dastur nazarda tutgan bilim va malakalami egallab olishlaridan iborat.
Boshlangʻich sinf texnologiya taʼlimi darslaridagi taʼlim-tarbiyaviy vazifalar
umumtaʼlim maktablaridagi texnologiya taʼlimining umumiy vazifalaridan kelib
chiqib, quyidagi mashgʻulot turlari jarayonida amalga oshiriladi:
1.
Qogʻoz va karton bilan ishlash.
2.
Gazlama va tolali materiallar bilan ishlash.
3.
Turli va tabiiy materiallar bilan ishlash:
a)
plastilin va loy ishi;
b)
urugʻlar bilan ishlash;
c)
applikatsiya va mozaika ishlari;
4.
Loyihalash va modellashtirish:
a) badiiy qurish-yasash.
5.
Qishloq xoʻjalik mehnati.
47
Do'stlaringiz bilan baham: |