“texnologiya va uni o’qitish metodikasi” fanidan


Ogʻzaki bayon qilish usuli ikki shaklda mavjud boʻlishi mumkin



Download 4,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/83
Sana10.05.2023
Hajmi4,69 Mb.
#936715
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   83
Bog'liq
TEXNOLOGIYA VA UNI O‘QITISH OQUV qollanma(1)

Ogʻzaki bayon qilish usuli ikki shaklda mavjud boʻlishi mumkin: 
1. Monologik bayon qilish. Bunda faqat oʻqituvchi gapiradi, oʻquvchilar esa 
uning nutqini idrok etib, anglab oladilar. Qoʻl mehnati darslarida u tushuntirish va 
hikoya qilish, instruktaj koʻrinishida boʻladi.
2. Mavzuni muammoli bayon qilish. Bu oʻqituvchi va oʻquvchilarning 
oʻzaro yaqinlashuvini keltirib chiqaradi.
Hikoya qilish dastur matnini jonli va oʻquvchilar tushuntirilayotgan 
narsalarni qanchalik oʻzlashtirayotganliklarni aniqlash maqsadida ularga savollar 
berish bilan murojaat etish maqsadga muvofiqdir. Hikoya aslida bajarilgan ishlar, 
namunalar, rasmlarni koʻrsatib qilinsa ancha tushunarli boʻladi. Bu oʻrinda 
tushuntirayotganingda koʻrsat va tushuntir, degan qoida bajariladi. Yangi mavzuni 
bayon qilishda, oʻquvchilar bir xil emasligini nazarda tutish lozim. Tushuntirishda 
boʻsh oʻzlashtiruvchilarga alohida eʼtibor berish lozim. Hikoya qilish jarayonida 
ularning idroklarini faollashtirish maqsadida tushuntirilayotgan mavzu yuzasidan 
ularga 1–2ta savol berish mumkin.
Oʻqituvchi hikoyasi quyidagi talablarga javob berishi kerak
:

mazmunga koʻra; 

bayon etilishiga koʻra; 

material qiziqarli va oʻquvchilarning fikrini faollashtiradigan; 

hikoya oʻqituvchi oʻquvchilar tushunchalariga asoslanishi lozim; 


41 

hikoya jarayonini oʻquvchilar yaxshiroq tushunib olishlari uchun 
koʻrgazmali qurollar – tikuvchilik, rasmlar va boshqa vositalardan foydalanishi 
muhim ahamiyatga egadir.
Qogʻoz va karton faqat polegraf sanoatidagina emas, balki xalq xoʻjaligining 
hamma tarmoqlarida ham keng qoʻllaniladi. Hozirgi kunda ishlab chiqarish 
sanoatida qogʻoz va kartonning 200 ga yaqin turi ishlab chiqarilmoqda.
Turli xil qogʻozlardan kitoblar, oynomalar, roʻznomalar chiqarish uchun 
foydalanilishini barcha oʻquvchilar yaxshi biladilar. SHuning uchun ham 
texnologiya taʼlimi darslarida oʻqituvchi oʻquvchilarning diqqat eʼtiborini ular 
foydalaniladigan qogʻozning turmushda tez-tez uchraydigan va qoʻl mehnati 
darslarida ishlatiladigan turlariga jalb qilib borish lozim.
Bu qogʻozlarning turlari quyidagilardan iborat:
Roʻznomalar qogʻozi – eng koʻp tarqalgan qogʻoz turlariga kiradi.
Sifatiga koʻra unchalik pishiq emas, namlikni, yelimni tez oʻziga singdiradi.
Yozuv qogʻozi – sathi silliq, yelim singdirilgan, namlikni kamroq singdiradi. 
Narsalarni ixtiro qilishda, muqovalashda, kartondan yasalgan narsalarni 
yelimlashda juda qulaydir.
Chizmachilik qogʻozi – eng pishiq va qalin qogʻozdir. Lattadan 
tayyorlashadi, uning oliy navi qoʻlda qoʻyiladi. Undan bayramlar uchun qiziqarli 
niqoblar tayyorlashda foydalaniladi.
Rasm qogʻozi – 2-nomerli boʻlib, sellyulozadan tayyorlanadi. Oliy naviga 25 
foiz latta qoʻshiladi. CHizmalar chizishda shuningdek qoʻl mehnati darslarida 
foydalaniladi. Rangli va jiloli qogʻoz mehnat darslarida keng qoʻllaniladi. Turli xil 
rangda muqovalash ishlarida foydalaniladi va turli xil rangda qogʻozlar toʻplami 
chiqariladi.
Yelimlangan qogʻoz – jilo berilgan qogʻoz boʻlib, bir tomoniga yelim 
surtilgan. Mehnat darslarida ishlatish juda qulay materialdir. Rangli jild qogʻozi 
turli ranglarda boʻlgan, jilo berilgan rangli qogʻozning oʻrnini bosa oladi. Qoʻl 
mehnati darslarida koʻp ishlatiladi. “SHagrenʼ naqshdor” qogʻozi – 


42 
muqovasozlikda 
va 
tayyor 
narsalarning 
ustidan 
yopishtirishda, 
archa 
oʻyinchoqlarini yasashda foydalaniladi.
Gul qogʻoz – rangli va guli turlicha boʻlib muqovalashda, narsalarning 
ustidan yelimlash, bezash ishlarida keng foydalaniladi.
Millimetrli qogʻoz – sathi bosma tur shaklida tayyorlanadi.
Filtr qogʻoz – yelimlanmagan qogʻoz.
Karton qogʻozi – deb 1 kv. metr 250 grammdan ortiq boʻlgan qogʻozga 
aytiladi. Kartonlarning turlariga taʼrif beradigan boʻlsak. Oq karton –uni qirqish 
oson. Oʻzi unchalik pishiq emas, tez sinadi. Bu karton yelimni koʻp shimadi, 
(koʻpincha yelimdan shishadi ham). Undan mayda narsalarni muqovalashda 
foydalaniladi.
Sariq karton –oq kartonga koʻra pishiqroq, egiluvchan, yaxshi qirqiladi. 
Yelimdan shishmaydi. Turli ishlarda foydalaniladi. Kul rangli karton –oq va sariq 
kartondan pishiqroq, qirqish qiyin. Kartonning bu navidan oʻta pishiqlikni talab 
qiluvchi narsalar tayyorlanadi.
Rangli karton – bu yupqa egiluvchan sathiga turli rangda jilo berilgan. 
Ishlov berish oson va koʻrinishi chiroyli. Undan hajmi kichik narsalar, papkalar, 
muqovalar tayyorlash maʼqul. Uning ustidan boshqa narsa yopishtirishga hojat 
boʻlmaydi.
Boshlangʻich sinflarda qoʻl mehnatga oʻrgatish qogʻoz va karton turlaridan 
tashqari quyidagi ish turlariga boʻlinadi.

Turli materiallar bilan ishlash; 

gazlama bilan ishlash 

Loyihalash va modellash ishlari.

qishloq xoʻjalik ishlari.
a) Applikatsiya va mozaika ishlari.
B) loy va plastilin bilan ishlash
V) tabiat materiallari bilan ishlash.
Bu ish turlarini barchasi boshlangʻich sinflarda qoʻl mehnati jarayonida 
oʻquvchilardagi kasb tanlash ishlariga qaratilgan.


43 
Savol va topshiriqlar:
1. Mehnat darsida qanday metodlardan foydalanish lozim?
2. Qoʻl mehnatida qaysi usuldan foydalaniladi?
3. Mehnat tarbiyasi deganda nimani tushunasiz?
4. Mehnat darsida qanday muammoli oʻqitish metodlari bor?

Download 4,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish