Kuzatish.
Kuzatish ilmiy bilish metodi sifatida shu bilan xarakterliki,
kuzatish jarayonida tadqiqotchi oʻquv jarayonining borishiga aralashmay, faqat
nima sodir boʻlayotganini qayd qilib boradi. Tadqiqotchi oldindan kuzatishning
maqsadi, vazifasi va metodikasini belgilab oladi. SHundan keyingina bevosita
kuzatishlarga kirishadi.
2)
Eksperiment.
Eksperiment kuzatishdan farqli ravishda tadqiqotchi
vujudga keltiradigan jiddiy, aniq sharoitlarda oʻtkaziladi.
Didaktik eksperimentning tipik formalari sifatida odatdagi sharoitda sinf
(oʻquv ustaxonasi) dagi dars va oʻquvchilarning uncha katta boʻlmagan gruppasi
bilan oʻtkaziladigan eksperimental mashgʻulotlar xizmat qiladi.
Ana shu formalardan har birining oʻz afzalligi va kamchiliklari boʻladi.
Tajriba darslari butun sinf (gruppa) bilan ishlashga doir qandaydir tavsiya
tekshirilayotganda ayniqsa samarali oʻtadi.
Obyektiv maʼlumotlar toʻplash uchun eksperimentlar vaqtida har xil pribor
va apparatlar keng qoʻllanadi.
3)
Ilgʻor pedagogik tajribani oʻrganish va umumlashtirish.
Ilgʻor
pedagogik tajriba metodikaning pedagogika fani tarmogʻi sifatida rivojlanishining
muhim manbayi boʻlib xizmat qiladi. Ilgʻor oʻqituvchilarning ish tajribasini
oʻrganish, uni ilmiy analiz qilish oʻquv jarayonini samarali tashkil etishga oid
tavsiyalarni ishlab chiqish imkonini beradi.
4)
Nazariy tadqiqotlar.
Metodikani ishlab chiqishda kuzatish metodlari
yoki eksperiment yoʻli bilan tadqiq qilib boʻlmaydigan masalalarni hal qilishga
ham toʻgʻri keladi.
29
Masalan, oʻquv materialining mazmunini asoslash praktikada toʻplangan
bilim va malakalarning tegishli kompleksini oʻrganishdan boshlanadi. Bu holda
tadqiqot analiz metodi bilan oʻtkaziladi, yaʼni bilim va malakalarning butun
kompleksi alohida elementlarga ajratiladi. SHundan keyin hamma elementlar
ichidan oʻquv programmasi mazmuniga kiradiganlari tanlab olinadi, yaʼni analizga
teskari jarayon — sintez sodir boʻladi. Analiz va sintez nazariy tadqiqot
metodlaridir.
Oʻquv jarayonini tashkil etishda metodika pedagogika, yosh anatomiyasi va
fiziologiyasi, gigiyena va pediatriya maʼlumotlariga tayanadi. Bu fanlarning
maʼlumotlaridan foydalanib ish rejimi, mashqlarning xarakteri masalalari hal
qilinadi, asboblar hamda jihozlarga doir normativlar ishlab chiqiladi va hokazo.
2. Taʼlim va tarbiyani mehnat bilan qoʻshib olib borish haqida ilgʻor fikrlar.
Texnologiya taʼlimining maqsadi oʻquvchilarga faqat tegishli bilimlar,
koʻnikma va malakalar berishdangina emas, balki ularda mehnatga, ijtimoiy va
shaxsiy mulkka, kollektivga va uning alohida aʼzolariga ijobiy munosabatni,
umumiy foyda uchun ishlashga tayyorlikni tarbiyalashdan ham Iboratdir.
Mehnatning tarbiyaviy rolining asosi uning gʻoyaviy-siyosiy yoʻnalishidadir.
Oʻquvchilarga mehnat jarayonida gʻoyaviy-siyosiy yoʻnalishda tarbiya berish
kelajakda shaxsning maʼnaviy sifatlarini shakllantirish jarayonining bir qismi
hisoblanadi.
Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov mehnat unumdorligini oshirishga katta
ahamiyat bergan, —ilgʻor texnikadan foydalanuvchi uyushgan ishchilar
mehnatining yuqori unumdorligi ekanini uqtirgan edi.
1
Mehnatga ijodiy
munosabatni tarbiyalash mehnat tarbiyasining vazifasi va bosh yoʻlidir. Maʼlumki,
mehnatning jamiyat uchun foydali ekanini anglash, mehnat topshiriqlarini
majburan emas, balki ixtiyoriy, qiziqish bilan mehnatning ilgʻor metodlarini va
yangi texnik vositalarni egallab olishga intilgan holda bajarish bilan xarakterlanadi.
Maktab ustaxonalarida oʻquvchilar bilan ishlash jarayoni ularda izchil va planli
ravishda mehnatga ijodiy munosabatni shakllantirish zarur. Mehnat topshiriqlarini
1
Karimov I.A. Yuksak maʼnaviyat yengilmas kuch. T. Maʼnaviyat 2008
30
bajarishda shaxsning javobgarlik vijdonlilik kabi xislatlarini mehnat intizomiga
qatʼiy amal qilgan holda kollektiv boʻlib mehnat qilish malakasini, ijtimoiy mulkka
gʻamxoʻrlik munosabatini tarbiyalash ham oʻquvchilarda mehnatga ijodiy
munosabatni shakllantirish bilan uzviy bogʻliq
Texnologiya taʼlimi jarayonida shaxsning yuqorida koʻrsatilgan
xususiyatlarini oʻquvchilarda qanday shakllantirishni koʻrib chiqamiz.
Topshirilgan ishga javobgarlik hissini tarbiyalash. Oʻrtoqlarcha hamkorlik
va oʻzaro yordamga asoslangan mehnat jarayonida jamiyat kishisi shakllanadi.
SHuning uchun maktab ustaxonalaridagi mashgʻulotlar protsessi oʻquvchilar
kollektiv boʻlib ishlaydigan, yaqin va uzoq vazifalarning umumiyligi bilan
birlashadigan yoʻsinda tashkil qilinadi. Mehnat topshiriqlarini bajarish jarayonida
ular baʼzi ishlarni birgalikda, bir-birlariga yordam berib, fikrlar almashib,
maslahatlashib bajarishlariga toʻgʻri keladi. Bu imkoniyatlardan oʻqituvchi
oʻquvchilarni tarbiyalashda keng foydalanishi kerak. Dam olish paytlarida ishning
bajarilishini kontrol qilishda, yakunlar chiqarishda oʻquvchilarning ijobiy
harakatlari va qiliqlarini taʼkidlab oʻtish kerak.
SHuni
esda
tutish
kerakki,
tarbiya
natijalari
mashgʻulotlarning
mazmunigagina bogʻliq boʻlmay, balki ularning tashkil qilinishi, oʻquvchilar
ishlarini kontrol qilishga ham bogʻliqdir. Koʻnikmalarning shakllanish bosqichida
oʻquvchilarni qistash kerak emas, chunki notoʻgʻri ish usullari mustahkamlanib
qolishi mumkinki, keyin ularni toʻgʻrilash ancha mushkul.
Talabchanlikni oʻquvchilarga ishonish va ularni hurmat qilish bilan birga
qoʻshib olib qorish—ongli intizomni tarbiyalashning muhim shartlaridan biridir.
Bu prinsipni oʻz vaqtida A. S. Makarenko
2
olgʻa soʻrgan. Oʻquvchilarni ongli
intizom ruhida tarbiyalash uchun mehnat jarayonida oʻquvchilarning oʻzaro
talabchanliklarini rivojlantirish kerak.
Sharq mutafakkirlarining pedagogik gʻoyalar uzoq oʻtmishga borib taqaladi.
Oʻrta Osiyodan oʻtgan qadimiy buyuk ipak yoʻli Xitoy, Vizantiya, Hindiston
2
Oʻzbek Pedagogikasi antologiyasi. (tuzuvchilar K.Xoshimov, S.Ochil). T. Oʻqituvchi. 1996
31
shaharlari bilan bogʻlanib, madaniyat va sanoatni rivojlantirishga, ilmga boʻlgan
qiziqishga alohida eʼtibor berishni taqozo etadi.
Bu esa oʻz navbatida mehnat qilishga, munosabatni oʻzgartirib raqobatga
arzigulik qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni koʻp tarmoqli
hunarmandchilik ishlarini takomillashtirib maʼnaviy madaniyatini yuksalishiga
olib keladi.
Farobiyning insoniy fazilatlar toʻgʻrisidagi taʼlimotidan qoʻyidagi maʼlum
xulosalarga kelish mumkin.
1. Inson oʻz mohiyati bilan ijtimoiydir, yaʼni jamiyatda, oʻzaro munosabat,
oʻzaro yordam jarayonida inson boʻlib etishadi. Bu jamiyat insonlarning oʻzaro
birikuvi yordamida insoning oʻz moddiy ehtiyojlarini qondirishga boʻlgan intilishi
natijasida vujudga keladi va jamiyatdan tashqarida insondan kollektividan ajralgan
holda oʻzaro yordamsiz oʻz ehtiyojini qondira olmaydi.
2. Inson oʻzining barcha tugʻma qobiliyatlarini yuksak kamolotga erishishi
uchun, mukammallikka erishish uchun sarf qiladi va bu yoʻlda oʻzini qurshagan
tabiat hodisalaridan foydalanadi, ularni oʻziga xos boʻyin singdiradi, buning uchun
ilm fanni, turli hunarlarni oʻrgatadi.
Farobiy shuning uchun ham taʼlim tarbiya masalalariga juda katta eʼtibor
berib, insoniy fazilatlarga erishish oliy maqsad bilan kamolotga erishish taʼlimda
mehnat va aqliy tarbiyaga ega boʻlish muhim oʻrin tutadi.
Al-Xorazmiy, Al-Roziylarning pedagogik qarashlarida ham jamiyatning
rivojlanishida taʼlim-tarbiya oʻrni yosh avlodlarni tarbiyalashda kasb-korlikning,
hunarmandchilikning ijobiy taʼsiri insonlarning kundalik hayotiy ehtiyojlarini
qondirishga xizmat qilishlari zarurligini targʻibot qilganlar.
IX-XII asr oʻrtalarida turli fan sohalarining keng koʻlamda rivojlanishi,
insoniyat tarixida buyuk ensiklopedik hisoblanadigan olimlar bilan bogʻliqdir.
Ibn Sinoning taʼlim-tarbiyaga oid fikr mulohazalari uning bizgacha etib
kelgan juda koʻp asarlari orasida tarqoq xolda saqlanib qolgan.
3
Ibn Sinoning
tavsiya qilgan asarida tarbiya va taʼlim qoʻydagilarni oʻz ichiga oladi.
3
Oʻzbek Pedagogikasi antologiyasi. (tuzuvchilar K.Xoshimov, S.Ochil). T. Oʻqituvchi. 1996
32
1. Aqliy tarbiya.
2. Jismoniy tarbiya.
3. Estetik tarbiya.
4. Axloqiy tarbiya.
5. Mehnat tarbiyasi(hunar oʻrganish).
Ibn Sino shuni alohida uqtirgan ediki: Oila aʼzolarining hammasi biror
mehnat bilan shugʻullanishi zarur, biror kishi sababsiz bekor yurmasin. Ibn
Sinoning barcha jamiyat aʼzolarining ishlab chiqarish mehnati bilan shugʻullanish
kerakligini talab etadi. Hunarmand dehqonlarining mehnatini ulugʻlaydi va
jamiyatga ham moddiy ham maʼnaviy zarar etkazadigan kishilarni qattiq qoralaydi.
Ibn Sino fikricha bolaga, maʼlum bir kasb-hunar oʻrgatish zarur. Bola kasb-
hunarni maʼlum darajada oʻrganib boʻlgandan keyin uni oʻsha paytlardan boshlab
oʻz kasb-hunaridan foydalanishi va mustaqil hayot kechirishini oʻrgatish lozim.
Beruniy mamlakatning obodonchiligi ilm fanning ravnaqiga bogʻliq
yoshlarning baxt saodati va kamoloti uning bilim va maʼrifatida deb biladi.
Shuning uchun ham olim, yoshlarni ilm-maʼrifatga chorlaydi. Beruniy yoshlardan
rahmdil, mehribon kishilarga iltifotli, xayrixoh boʻlishni, najotsiz odamga qoʻl
choʻzishni, makkorlik ayyorlik adolatsizlik jurʼatsizlik boylikka xirs qoʻyish kabi
sifatlarga yoʻl qoʻymaslikni talab etadi.
XVII-XV asrlar davomida Rumiy, Ulugʻbek Ali-Qushchi, Lutfiy, Jomiy,
Navoiy kabi ulugʻlar tabiiy-matematik fanlarni rivojlantirishda nihoyatda katta
xizmat qilganlar.
XVI-XVIII asrlarga kelib Oʻrta Osiyo xalqlarining boshqa mamlakatlar
bilan savdo-sotiq ishlari, fan va madaniyat sohalarida birmuncha yutuqlarga
erishishiga sababchi boʻldi. Bu oʻzgarishlar jamiyatning taʼlim-tarbiya sohasida
ham maʼlum oʻzgarishlarga olib keldi.
Hamza Hakimzoda Niyoziy, Munavvar qori Abburashidxonov, Oqiljon
SHarafiddinovlar yangi maktablar ochib, u erda taʼlim-tarbiyani texnologiya
taʼlimi bilan olib borganlar.
33
Politexnik prinsip texnologiya taʼlimini oʻquvchilarda hozirgi zamon ishlab
chiqarishining umumiy ilmiy asoslariga doir bilimlar shakllanadigan va ular ishlab
chiqarish texnik faoliyatining koʻp sohalarida qoʻllanadigan umumlashgan
malakalarni egallaydigan yoʻsinda tashkil etishni talab qiladi. Boshqacha aytganda,
oʻquvchilarga ular ustaxonalardagi mashgʻulotlar jarayonida oladigan texnik bilim
va malakalarning universalligini; bu bilim va malakalardan yangi ishlab chiqarish
sharoitlarida foydalana olish (malakalarni koʻchirish) kerakligini koʻrsatish zarur.
Oʻquvchilarni hozirgi zamon sanoati va qishloq xoʻjaligi ishlab
chiqarishining muhim tarmoqlari bilan ikki yoʻl orqali tanishtirish mumkin: a)
ularning har birini izchil oʻrganish; b) ishlab chiqarish jarayonlarini ularning asosi
boʻlgan tabiiy-ilmiy qonuniyatlarga bogʻliq holda klassifikatsiyalash va mazkur
qonuniyatlarni xalq xoʻjaligining bir-ikkita tarmogʻi misolida oʻrganish orqali.
Birinchi yoʻlni maktabda qoʻllab boʻlmaydi, chunki u juda koʻp oʻquv
vaqtini sarflashni talab qiladi. Ikkinchi yoʻl esa maktabda xalq xoʻjaligining eng
muhim tarmoqlarini oʻrganish uchun real imkoniyat yaratadi va didaktik jihatdan
ancha qimmatlidir, chunki u xalq xoʻjaligining oʻquvchilar maktabda oʻrgangan
tarmoqlari bilan oʻrganmagan tarmoqlari orasida uzviy bogʻlanishni taʼminlaydi.
Gap shundaki, turli ishlab chiqarish jarayonlari sirtdan qaraganda xar xilligidan
qatʼiy nazar, anchagina oʻxshashlik va umumiylikka ega, chunki ular koʻpincha
tabiatning bir xil qonun va hodisalaridan foydalanishga asoslangan.
Tabiat qonunlaridan har xil texnik qurilma va texnologik jarayonlarda
ularning ilmiy asosi sifatida foydalanilishidan kelib chiqib, baʼzi pedagoglar
politexnik taʼlim vazifalarini fan asoslariga oid fanlar doirasida toʻla bajarish
mumkin, deb notoʻgʻri xulosaga keldilar. Fan asoslarining politexnik taʼlim
ishidagi katta ahamiyatini inkor etmagan holda buning oʻzi kifoya qilmasligini
koʻrmaslik mumkin emas. Fan asoslariga doir fanlarni texnikadan olingan misollar
bilan boyitish muammoni hal qilmaydi, chunki bunda doimo u yoki bu ishlab
chiqarish hodisasining oʻquv fanining mazkur temasiga bogʻliq bir tomoni koʻrib
chiqiladi. SHu sababli oʻquvchilarda ishlab chiqarish hodisasi haqida umuman
tasavvur hosil boʻlmaydi. Masalan, oʻquvchilarda detal haqida fan asoslarining u
34
yoki bu qonunidan foydalanishning konkret misoli sifatida emas, balki
mashinaning tipavoy qismi sifatida toʻla tasavvur hosil qilish uchun uning vazifasi
va mashinadagi oʻrni haqida, zagotovkasi uchun materiallar tanlash, uni
proyektlash va tayyorlash haqida gapirib berishi kerak. Koʻrinib turibdiki, bunda
fan asoslari boʻyicha maktab fanlarida koʻriladigan masalalar haqidagina emas,
balki ularga kirmaydigan (masalan, detalni tayyorlash) masalalari haqida ham
gapirish kerak. Shunday qilib, ishlab chiqarish hodisasi haqida tabiatdagi u yoki bu
qonunning illyustratsiyasi sifatida gapiradigan boʻlsak bunda faqat uning bittagina
sifatini yoritish mumkin. Agar ishlab chiqarish hodisasi har tomonlama
xarakterlansa, fan asoslari boʻyicha fanlarni oʻrganish mantigʻini buzadi, bu fanlar
mazmuniga ularga bevosita aloqasi yoʻq materialni kiritishga majbur qiladi.
Bundan tashqari, mehnat usullarini egallash (bu politexnik taʼlim
vazifalaridan biridir) didaktikaning asosiy prinsipiga boʻysundirilgan va oʻz
mantigʻiga ega boʻlgan maʼlum bir sistema boʻyicha amalga oshishi kerak. Agar
mehnat usullarini egallashni fan asoslari boʻyicha ayrim fanlar vazifasiga kiritilsa,
ular ana shu fanlarning tuzilishi mantigʻiga boʻysunadi.
Nihoyat, mehnat obyektlarini tanlashda fizika, matematika va boshqa
fanlarning oʻqituvchilari eng avval shu obyektlar oʻtilayotgan tema bilan bogʻliq
boʻlishiga harakat qilishadi, mehnat jarayonining mazmuni esa ikkinchi planga
oʻtib qoladi. Natijada amaliy mashgʻulotlar uchun obyektlar tanlash juda
cheklangan va texnologiya taʼlimi sistemasi talablariga javob bera olmaydigan
boʻlib qoladi.
Shunday qilib, oʻquvchilarni hozirgi zamon sanoati va qishloq xoʻjaligi
ishlab chiqarishining muhim tarmoqlari bilan tanishtirish fan asoslari boʻyicha
fanlar doirasi bilan chegaralanmasligi kerak. Xuddi shuning uchun ham maktab
oʻquv planida texnologiya taʼlimi boʻyicha maxsus fan bor.
Taʼlim jarayonining politexnik yoʻnalishini taʼminlash uchun ayrim konkret
ishlab chiqarish jarayonlari misolida hozirgi zamon sanoati yoki qishloq xoʻjalik
ishlab chiqarishining umumiy asoslari oʻrganiladigan didaktik vaziyatni vujudga
keltirish talab qilinadi.
35
Texnologiya taʼlimi bosqichlari orasidagi izchillik politexnik prinsip uchun
katta ahamiyatga ega. Masalan, ustaxonalardagi mashgʻulotlarda oʻsmirlar quyi
sinflarda oʻzlashtirgan qator politexnik malakalarni qoʻllashi va takomillashtirishi
juda muhimdir. Chunonchi, qogʻozni rejalashda chizgʻich, goʻniya va qalamdan
foydalanish malakasini yogʻoch va metallni rejalashda qoʻllash kerak. Bu jihatdan
oʻquvchilarning andaza rejalash malakalari juda foydali boʻladi. Oʻquvchilar
qogʻozni, gazlamani va listlik metallni qaychi bilan qirqish orasida koʻpgina
umumiylik topadilar. Modellashtirish jarayonida oʻquvchilar yana shu ish boʻyicha
quyi sinflarda olgan bilimlarini qoʻllashi va hokazolar uchun cheklanmagan
imkoniyatlar vujudga keladi.
I—IV sinflarda ustaxona mashgʻulotlari bilan mehnat darslarining
bogʻlanishi oʻz xarakteriga koʻra bir tomonlamadir, yaʼni V—VII sinflardagi
oʻqitish metodikasi I—IV sinflardagi texnologiya taʼlimi mazmunini hisobga olgan
holda tuzilishi kerak. Ustaxonalardagi mashgʻulotlar bilan fan asoslari boʻyicha
fanlar orasidagi bogʻlanish bundan farqli ravishda ikki tomonlamadir: bunday
bogʻlanish natijasida fan asoslari boʻyicha fanlar konkret mazmun bilan boyiydi,
mehnat esa fan asoslarining qonunlari pozitsiyasidan tushuniladi. SHunday qilib,
didaktik bogʻlanishlarni taʼminlash fan asoslari boʻyicha fanlarni oʻqitishning ham,
ustaxonalarda mashgʻulotlar oʻtkazish politexnik saviyasini oshirish uchun ham
muhimdir.
Didaktik bogʻlanishning bir maromda amalga oshirilishi fan asoslari
boʻyicha bilimlarni muvaffaqiyatli oʻzlashtirish uchun ham, texnologiya taʼlimini
amalga oshirish uchun ham zarurdir. Ammo bu ikkala holda ham didaktik
bogʻlanishning yoʻnalishi mutlaqo bir xil degan soʻz emas.
Masalan, fizika, ximiya va matematika darslarida ishlab chiqarish
jarayonlari va hodisalaridan tabiatning u yoki bu qonuni amaliy qoʻllanilishini
koʻrsatish uchun foydalanildi. Bunda ishlab chiqarish jarayonining, hodisaning
darsda oʻrganilgan qonunning amaliy qimmatini tasdiqlaydigan sifati qarab
chiqiladi.
36
Oʻquvchilar, maʼlum fanlarni tayyorlashda oʻrgangan mehnat malakalari
shunga oʻxshash koʻpgina fanlarni tayyorlashlari uchun asos boʻlishini
tushunishlari kerak. Shu maqsadda har bir yangi operatsiyani (ish turini)
oʻrganishga kirishilar ekan, oʻqituvchi bu operatsiyani bajarish usuli bilan bir
nechtagina konkret misollar orqali tanishishlarini, amalda esa oʻrganilayotgan ana
shu operatsiya juda koʻp qoʻllanilishini taʼkidlash lozim. Oʻquvchilarga mazkur
operatsiyani qoʻllab tayyorlanadigan detallar (buyumlar)dan oʻzlari misollar
keltirishlarini tavsiya etish mumkin. yogʻoch va metallga qoʻlda ishlov berish
tugallanadigan VII sinfda bu tema boʻyicha maxsus suhbat oʻtkazish,
oʻquvchilarga tayyorlashda maʼlum operatsiyani (kesish, arralash, qirqish va
hokazolarini) qoʻllashlariga toʻgʻri kelgan hamma fanlarni aytib chiqishni taklif
qilish kerak.
Politexnik taʼlim nuqtai nazaridan har xil kasblarga doir mehnat usullari
(operatsiyalari)ning izchilligini koʻrsatish ham muhimdir. Hozirgi zamon sanoat
ishlab chiqarishining xarakterli xususiyatlaridan biri mehnat qurollarining tez
almashinuvi, yangi mashinalarning va shunga koʻra yangi kasblarning vujudga
kelishibdir.
SHunday qilib, ustaxonalardagi mashgʻulotlarda har bir texnik obyektga,
ishlab chiqarish jarayoniga oʻz holicha emas, balki boshqa oʻxshash obyektlar,
oʻxshash jarayonlarga bogʻliqlikda hozirgi zamon ishlab chiqarishi asosini biror
jihatdan xarakterlovchi zanjirning bir halqasi sifatida qaralishi kerak.
Savol va topshiriqlar:
1. Mehnatga axloqiy tayyorlash deganda nimani tushunasiz?
2. Oʻquvchilarda ish unumi qanday oshiriladi?
3. Oʻquvchilarda mehnat koʻnikmasi qanday hosil qilinadi?
4. Mehnatga bolalarni muammoli tayyorlash nima?
5. Muammoli masalalarni hal qilishga qanday oʻrgatiladi?
6. Texnologiya taʼlimini oʻqitishdan maqsad nima?
7. Texnologiya taʼlimida amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlarga nimalar
kiradi?
37
8. Mehnat tarbiyasining vazifalariga nimalar kiradi?
9. Texnologiya taʼlimiga oʻquvchilarni nazariy tayyorlashda nimalarga
ahamiyat beriladi?
10. Sinfdan tashqari ishlar orqali tarbiyalashdan maqsad nima?
11. Texnologiya taʼlimi va tarbiyasini takomillashtirishdagi muammolarga
nimalar kiradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |