IX. Ish usullari yo’zasidan mashqlar (10-15 daqiqa)
Egovni ushlash.
Yassi yyzalarni egovlash.
Egovlanadigan yo’zani tekshirish.
O`quvchilar vazifani mustaqil bajarishi (40-45 daqiqa)
Kamchiliklarga barham berish maqsadida ish o`rnini tashkil etish,yassi yo’zalarni egovlash usullarini bajarishdagi kamchiliklarni aniqlash va ularning sifatini tekshirish,xavfsizlik texnikasi qoidalarini,shuningdek birmuncha orqada qolayotgan o`quvchilarga sistemali yordam ko`rsatish maqsadida ish o`rinlarini aylanib chiqish.
Ancha yaxshi o`zlashtirayotgan o`quvchilarga qo`shimcha ishlar berish va ularga ularga yakka tartibda yo`l-yo`riq ko`rsatish.
O`quvchilar bajargan ishlarni qabul qilib olish va baho qo`yish.
Navbatchi o`quvchilar nazorati ostida ish joylarini yig`ishtirish va tashkil etish.
X. Mashg`ulotga yakun yasash (5-10 daqiqa)
1. Bajarilgan ish uchun o`quvchilarga qo`yilgan baholarni ma`lum qilish.
2. Eng yaxshi natijaga erishgan,shuningdek ayrim kamchiliklarga yo`l qo`ygan o`quvchilarning
ishlarini qisqacha tahlil qilish.
3. Navbatchilarning ustaxonani yig`ishtirishi va uni mehnat o`qituvchisiga topshirishi.
Rejaga mashg`ulotni muvoffaqiyatli o`tkazish uchun zarur bo`lgan asboblar,moslamalar, materialllar va boshqa narsalarning ro`yxatini ,shuningdek darsning batafsil konspektini ilova qilishi kerak.
XULOSA
Prezidentimiz I.A.Karimovning Respublika Oliy majlisi IX sessiyasida so’zlagan nutqida boshqa ta’lim turlari qatori umumiy o’rta ta’lim maktablari faoliyati ҳam jiddiy tanqid ostiga olingan edi. Bunda asosiy jihat maktab bitiruvchilarida kasbga yo’naltirish va mehnat ko’nikmalari shakllanmay qolayotganligi yigit va qizlarimiz o’z qobilyatlari, istaklari ijodiy va mehnat moyilliklariga monand ҳolda hayot yo’llarini belgilab olishda qiyinchiliklar sezilayotganligi ta’kidlangan va shu bilan birga umumiy o’rta ta’lim tizimini isloh qilish bilan bog’liq vazifalar belgilab olingan edi.
Mehnat ta’limi buyicha Davlat ta’limi maktablarda mehnat ta’limi va kasb tanlashga yo’naltirishning tayanch mazmuni hamda maktabni bitirgan o’quvchilarning mehnat ta’limi fanidan tayyorgarlik darajasining me’yorlari ifodalanadi.
Yoshlarimizni tarbiyalash uchun birinchi galda sharq mutafakkirlarinining duru javohirga teng ma’naviy me’roslari misol bo’ladi. Abu Nasr Farobiy , Ahmad Yassaviy , Bahouddin Naqshband , Ismoil al-BUXORIY,Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Al –Xorazmiy, Al Farg’oniy, Firdavsiy, Amir Temur, Navoiy va Bobur singari jahonga taniqli va shular singari boshqa aql-zakovat sohiblarining ijtimoiy-siyosiy,falsafiy ta’limotlariga tayanib ish ko’rilsa tarbiya ta’sirchanligi yanada mukammallik kasb etadi.
Bu yo’nalish bo’yicha tashkil qilingan ta’lim jarayonida o’quvchilar turli materiallar (yog’och , metal ,qog’oz ,shisha , plastmassa va boshqalar ) ning xususiyatlari to’g’risida boshlang’ich bilimlarga ega bo’ladilar , ularni rejalash yo’nish arralash , teshish pardozlash ishlari va bu ishlarni bajarishda ishlatiladigan asboblarning tuzilishi ishlashi ,dastgohlar , elektr va mehanizasiyalashtirilgan jihozlar ,mashinalar elementlari ,yangi texnika va ilg’or texnologiya asoslari ;texnologik xaritalar ularni to’zish va ular bilan ishlash , mehnat qonunchiligi va xavfsizligi, sanitariya gigiyena qoidalari to’g’risida va shu kabi nazariy bilimlarga ega bo’ladilar .
Texnik mehnatni o’rganish jarayonida o’quvchilar turli kurs asboblari bilan ishlash ,ro’zg’orbop va xaridorgir buyumlarni ishlab chiqarish bo’yicha asosiy tushuncha va amaliy ish malakalarini egallashlari lozim .
Mehnat ta’limining. xususan, V—VII sinflardagi vazifalarini ifodalashda texnik mehnat ta’limi maktab ta’limi sistemasida qanday o’rin olgani nazarda tutiladi. Shu sababli texnik mehnat ta’limi metodikasi ustaxonalarda o’tkaziladigan mashg’ulotlar bilan boshqa o’quv predmetlarni (ijtimoiy-siyosiy, tabiiy-matematik) o’qitishning o’zaro didaktik bog’liqligini ochib beradi, shuningdek, quyi, o’rta va yuqori sinflardagi mehnat ta’limining izchilligini ta’minlash yo’llarini ko’rsatadi.
Mehnat ta’limi protsesida o’quv materialining mazmuni bilan belgidanadigan o’ziga xos ta’limiy vazifalar, ya’ni metall ishlov beradigan turli asboblardan foydalanish usullarini, ular bilan ishlashdagi xavfsizlik qoidalarini o’rgatish vazifalari ham hal qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |