Darsning namunaviy rejasi.
Darsning mavzusi: Listli metallni qaychi bilan qirqish.
Darsning maqsadi:O`quvchilarni listli metallni qirqish asboblari bilan tanishtirish va ularga qirqish usullarini o`rgatish.Rejalash bo`yicha dastlabki malakalarni mustahkamlash.
Isn ob`ekti:Qum uchun bolalar ko’rakchasi.
Jihozlar:Rejalash sirqo’li,masshtabli chizg`ich,bolg`,kerner chizg`ich,qo`l qaychi,zagatovkani rejalash uchun andaza,o`quv plakatlari,qora tunuka,tayyor buyum namunasi.
Darsning borishi:
1. Mashg`ulot boshlanishidagi tashkiliy qism (2-3 daqiqa)
2. Kirish instruktaji (10-12 daqiqa)
a)tunuka qirqiladigan qaychining tuzilishi (o`quvchilar I-IV sinflarda ishlatgan idora qaychining tuzilishi haqidagi bilimlardan foydalanish);
b)tunuka qirqiladigan qaychi bilan ishlash usullari (o`quvchilarning qog`oz va karton qirqish malakalaridan foydalanish);qaychini tiskiga mahkamlash;qo`lning qaychi dastasidagi holati;qaychi dastasiga qo`yilgan qo`lning harakati;zagatovkaning to`g`ri holati;
c)zagatovkani rejalash (suhbat va o`quvchilarga rejalash asboblaridan foydalanish qoidalarini va rejalash usullarini takrorlash maqsadida ish usullarini namoyish qilish);o`quvchilarga savollar;rejalash sirqo’lining tuzilishi va undan foydalanish qoidalari;chizg`ich bilan ishlash usullari;o`zaro perpendiqo’lyar to`g`ri chiziqlar o`tkazish usullari;rejalash sirqo’li yordamida egri chiziq chizish.
3.Ko’rakcha yoyilmasini rejalash bo`yicha o`quvchilarning mustaqil ishlari (Ish frontal yo`sinda bajariladi).
4.Joriy frontal instruktaj (4-7 daqiqa).O`quvchilar yo`l qo`yadigan tipik xatolarni namoyish qilish, (belgi chiziqchalari bir tyokis o`tkazilmagan,ular aniq ko`rinmaydi,belgi chiqchalari o`zaro kesishguncha davom ettirilmagan va hokazo) xatolarning sabablarini va ularni bartaraf qilish usullarini tushuntirish.
5.O`quvchilarning ko’rakcha yoyilmasini rejalash bo`yicha mustaqil ishlarini davom ettirish.
6.O`quvchilarga o`zlari bajargan rejalash aniqligini andaza yordamida qanchalik to`g`ri tekshira olishlarini sinash bo`yicha joriy individual instruktaj berish (3-5 daqiqa).
7.Ko’rakcha uchun zagatovka qirqish bo`yicha mustaqil ish.Topshiriqni boshqalardan oldin bajarib bo`lgan o`quvchilar ko’rakcha dastasi mahkamlanadigan mixlar uchun teshikchalarni rejalaydilar.
8.Yakuniy instruktaj (10-12 daqiqa).
O`quvchilarning xatolarini tahlilqilish,bajarilgan ishni umumiy baholash.
Hozirgi zamon sanoati sharoitida listli metallni qirqish qanday amalgam oshirilishi bilan o`quvchilarni tanishtirish (gil`oltinli va rolikli mexva aniq qaychilarning sxemasi va ishlash printsipi).
9.Ish o`rnini yig`ishtirish (5-7 daqiqa)
Do'stlaringiz bilan baham: |