Elеktrotеxnika ishlari
|
4 soat
|
61-62
|
Elektr montaj ishlarida ish o`rnini tashkil qilish. Elektr o`tkаzish simlarining turlari.
|
2
|
63-64
|
Elektr o`tkаzgichlаrni montaj qilish izolyatsiyalаsh ishlari. Elektr asboblari. Sohaga oid kasb-hunarlar to`g`risidа ma`lumot.
|
2
|
|
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash
|
4 soat
|
65-66
|
Pol qoplamalari hamda mebellarning laklangan va qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik tа`mirlаsh ishlari. NI-8
|
2
|
67-68
|
Oyna romlarini kichik ta`mirlash va qishda issiqlikni saqlash usullari. Хizmat ko`rsаtkich sohalariga oid kasb-hunar turlari.
|
2
|
Nazorat ishlarini o`tkazish jadvallari
I-II Chorak
|
Nazorat ishi tartib raqami
|
Nazorat ishi-1
|
Nazorat
ishi-2
|
Nazorat
ishi- 3
|
Nazorat
ishi -4
|
Nazorat ishi o`tkazish muddati
|
5-6 dars
|
11-12 dars
|
23-24 dars
|
29-30 dars
|
Nazorat ishi o`tkazish shakli
|
Amaliy ish
|
Ishning o`quvchilar tomonidan bajarilishiga belgilangan vaqt
|
80
|
80
|
80
|
80
|
Ishda tekshirish lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malaka elementlari soni
|
5
|
5
|
5
|
5
|
Nazorat ishining bali (NIB)
|
5
|
5
|
5
|
5
|
III- IV Chorak
|
Nazorat ishi tartib raqami
|
Nazorat ishi - 5
|
Nazorat
ishi - 6
|
Nazorat ishi - 7
|
Nazorat
ishi - 8
|
Nazorat ishi o`tkazish muddati
|
41-42 dars
|
47-48 dars
|
59-60 dars
|
65-66 dars
|
Nazorat ishi o`tkazish shakli
|
Amaliy ish
|
Ishning o`quvchilar tomonidan bajarilishiga belgilangan vaqt
|
80
|
80
|
80
|
80
|
Ishda tekshirish lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malaka elementlari soni
|
5
|
5
|
5
|
5
|
Nazorat ishining bali (NIB)
|
5
|
5
|
5
|
5
|
Mehnat va kasb ta`limini rejalashtirish o`quv jarayonini aniq tashkil etishdan iborat bo`lib,u didaktika printsiplariga va o`quvchilarning mehnat tayyorgarligi dasturi talablariga to`la-to`kis mos keladigan bo`lishi kerak.Mehnat va kasb ta`limi boshqa umumiy fanlardan farq qilib,ta`limni tashkil etishda o`ziga xos xususiyatlarga egadir (5-jadval).Shuning uchun u rejalashtirishga tag`in ham ko`proq e`tibor berishni talab qiladi,busiz ta`lim-tarbiya ishida yaxshi natijalarga erishib bo`lmaydi (6-jadval).
“Texnik mehnat” (V- sinf) bo`yicha umumlashgan mavzu rejasi 5-jadval
Texnik ma`limotlar
|
Amaliy ishlar
|
Yog`och va metallarga ishlov berishga oid umumiy mavzular
|
Yog`och va metall buyumlar ishlash
|
Metallarga ishlov berish
|
Mavzu
|
Ajratilgan soat
|
Mavzu
|
Ajratilgan soat
|
Mavzu
|
Ajratilgan soat
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
1.Konstruktorlik-texnologik ma`lumotlar
|
1. I
|
Asosan yog`ochdan iborat bo`lgan buyumlarning konstruksiyasini ishlash va uni tayyorlash
|
3
|
Asosan metallardan iborat bo`lgan buyumlarning konstruksiyasini ishlash va uni tayyorlash
|
3
|
Mehnat va kasb ta`limi mashg`ulotlarida nazariy va amaliy bilim,ko`nikma va malakalar hosil qilishni rejalashtirish.
Nazariy dars va mashg`ulotlarda 6-jadval
№
|
Asosiy mavzular
|
Politexnik va didaktik printsiplar asosida bilim,ko`nikma va malakalar hosil qilishni rejalashtirish
|
texnik-texnologik asos bo`yicha
|
chizmachilik va tasviriy san`at bo`yicha
|
asboblar nazariyasi bo`yicha
|
uskunalar va mashinalar nazariyasi bo`yicha
|
moslamalar nazariyasi bo`yicha
|
informatika va hisoblash texnikasi nazariyasi bo`yicha
|
umumiy mehnat va kasb ta`limi nazariyasi bo`yicha
|
soha va korxonalar bo`yicha
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
|
|
II. Amaliy dars va mashg`ulotlarda
|
№
|
Asosiy mavzular
|
|
mehnat va harakat usullarini o`zlashtirish
|
mehnat va hunar opertsiyasini o`zlashtirish
|
asboblar bilan ishlashni o`zlashtirish
|
uskuna va mashinalarni boshqarishni o`zlashtirish
|
moslamalardan unumli foydalanishni o`zlashtirish
|
informatika va hisoblash texnikasi usullaridan foydalanish
|
ixtirochilik usullarini o`zlashtirib olish
|
Tovatorlik usullarini o`zlashtirish
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
Mehnat va kasb ta`limini rejalashtirish har bir o`qituvchining ta`lim rejasi va dasturini bajarilishini; mehnat va hunar bo`yicha o`quv materialining mazmuniga to`liq javob beradigan ta`lim-ishlab chiqarish ob`ektlarini to`g`ri tanlashni,mehnat va kasb ta`lim bilan boshqa umumiy ta`lim fanlari o`rtasidagi,birinchi navbatda fizika,matematika,kimyo,chizmachilik,biologiya va boshqa fanlar o`rtasidagi aloqani;o`quv-moddiy bazadan (ustaxonalar,kabinetlar,o`quv-tajriba uchastkalari,qurilish maydonchalari,asbob uskunalar,materiallardan) oqilona foydalanishni;mehnat va ta`lim bazasini rejali ravishda moddiy-texnika (asbob-uskunalar,materiallar,ko`rgazmali va o`quv qo`llanmalari,texnologik hujjatlar) bilan ta`minlash uchun shart-sharoitlarni,o`quvchilarning rejalashtirilgan mehnat ob`ektlarini belgilangan muddatlarda bajarishlari va o`z vaqtida buyurtmachilarga topshirishlarini;o`rinlar yetishmaganda hamda zarur asbob-uskunalar tanqis bo`lib qolganda,o`quvchilarni ish o`rinlariga o`zgaruvchan grafik asosida qo`yib chiqishni;ilmiy-texnik bilimlarning,mehnat ko`nikmalari va malakalarining yuqori darajada bo`lishini;mehnat va kasb ta`limiga oid mashg`ulotlarni,mehnatni ilmiy asosda tashkil etish talablariga muvofiq ravishda oqilona yo`lga qo`yishni ta`minlash kerak.
Mehnat va kasb ta`limini rejalashtirish vaqtida quyidagi hujjatlar to’zib chiqiladi:
Mehnat bo`yicha yarim yilga,istiqbolga mo`ljallangan calendar-mavzu rejasi.
Har bir mehnat turi bo`yicha yarim yilga yoki bir yilga mo`ljallab to’zilgan o`quv-ishlab chiqarish ishlarining ro`yxati.
Tabiiy-ilmiy turkumdagi fanlarning yig`ma-mavzu rejasi;unda fanlararo bog`lanishlar aks etishi lozim (yarim yilga mo`ljallab to’ziladi).
Aniq mavzu yo’zasidan batafsil konspektga ega bo`lgan dars rejasi.
Bu hol ko`rib chiqilayotgan rejaning boshqa bo`limlariga ham taaluqli bo`lib,ularda belgilangan buyumlarni tayyorlash uchun texnik va texnologik hujjatlar ro`yxati albatta aks etgan (mehnat o`qituvchisi,usta tomonidan oldindan tayyorlangan) bo`lishi lozim.Ma`lumki,mehnat va kasb ta`limi dasturida mavzular mavzuchalarga va darslarga bo`linmaydi,ularda soatlar miqdori ajratib ko`rsatilmaydi.Bu ish mehnat ta`limi o`qituvchisi yoki ustaga yo’qlanadi,u har bir mashg`ulot uchun o`quv materialining hajmini shunday taqsimlab chiqadiki,bu material mazmun jihatdan ham,shakl jihatdan ham mantiqan tugallangan bo`lishi kerak.Shu bilan birga o`qituvchi (usta) ajratilgan mavzuchalardan har biriga kiradigan o`quv materialining xususuyati va mazmuniga mos keladigan nom berishi kerak.
Kalendar-mavzu rejasida amaliy-labaratoriya ishlarining ro`xati albatta berilishi lozim,zarur asbob-uskunalar,materiallar,hujjatlar ana shu ro`yxatga muvofiq ravishda tayyorlanadi.
Bunday rejada o`rganilayotgan jarayonlarni o`zlashtirishning samarali bo`lishini ta`minlaydigan maxsus moslamalarni ko`rsatmasdan o`tib bo`lmaydi (ular oldindan tayyorlanib qo`yilishi losim).
Ayrim metodistlar kalendar-mavzu rejasining soddalashtirilgan sxemasini yoqlab chiqmoqdalar.Ular bu ishni endi boshlayotgan mehnat o`qituvchilari,ustalari muhim,lekin ko`p vaqt talab qiladigan tayyorgarlik ishining uddasidan chiqmaydilar,deb tushuntirmoqchi bo`ladilar.Lekin ishni rejalashtirishni har qanday soddalashtirish yoki yyetarli darajada aniq rejalashtirmaslik,ma`lumki, ta`lim jarayonini tashkil etishning bo’zilishiga,ta`lim ishida sifatning pasayishiga va nuqsonlar sodir bo`lishiga olib keladi.
Kalendar-mavzu rejasini to’zish vaqtida mehnat va kasb ta`limi o`qituvchisi (ustasi) o`quv-ishlab chiqarish ishlari ro`yxatiga qanday mehnat ob`ektlari kiritilishi lozimligini oldindan bilishi kerak.Demak,kalendar-mavzu rejasi o`qituvchi (usta) tomonidan o`quv-ishlab chiqarish ishlari ro`yxati bilan bir vaqtda ishlab chiqarilishi lozim,chunki bu rejalashtirilayotgan har ikkala hujjat bir-biriga chambarchas bog`liqdir.
Mehnat bo`yicha kalendar-mavzu rejasini ishlab chiqish o`qituvchi (usta) dan faqat maxsus masalalarni bilishni,yuqori malakaga ega bo`lishnigina emas,balki durustgina metodik,pedagogik tayyorgarlikni ham talab qiladi.Masalan,agar o`qituvchi (usta) maxsus metodik tayyorgarlikka ega bo`lmasa,agar o`quv materiali bilan uning mazmuni,ta`limning tashkiliy shakllari va metodlari o`rtasidagi o’zviy bog`liqlikni aniqlashda qiynalsa,u mehnat bo`yicha aniq mashg`ulotlarni tashkil etish shaklini,ta`limning eng maqsadga muvofiq metodlarini ishlab chiqishga muvaffaq bo`lishi gumon.
O`qituvchi (usta) tomonidan mehnat va kasb ta`limi bo`yicha barvaqt to’zib chiqilgan kalendar-mavzu rejasi (bu reja o`qituvchining otpuskaga chiqishidan oldin to’zilgan bo`lishi lozim) zarur bo`lgan asbob-uskunalar,materiallar,ko`rgazmali qo`llanmalar,o`quv va ma`lumotnoma adabiyotlar, mehnat va kasb ta`limi darslarini to`g`ri o`tkazish uchun zarur bo`ladigan adabiyotlar olish uchun ustaxona mudiriga topshiriladigan o`ziga xos batafsil buyurtmadan iborat bo`ladi.
Mehnat va kasb ta`limi bo`yicha batafsil ishlab chiqilgan kalendar-mavzu rejasi dastur asosida o`qituvchining mashg`ulotga tayyorlanishida,ayniqsa dars rejasini to’zib chiqishda,mehnat ob`ektlarini tanlashda va mashg`ulotlarni zarur narsalar bilan boyitishda uning ishini ancha osonlashtiradi (8-jadval).
8-jadval
Sana
|
Soat
|
Dasturdagi mavzuchalar nomi
|
Mashg`ulot o`tkasish shakli
|
Mehnat ta`limi metodlari
|
Ish ob`ekti
|
Materiallar
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
.IV.
|
2
|
Elektr haqida dastlabki ma`lumotlat va elektrotexnika materiallari (o`tkazgichlar) va izolyatorlar
|
Amaliy-mashg`ulotlar
(frontal tashkil etish)
|
Suhbat,tushuntirish, namoyish qilish, amalda ko`rsatish (mashqlar)
|
Montaj simlari, izolyatsiyasi plastinalari
|
PV,APV,PPB simlari, tekstolit,birlashtiruvchi similar
|
Mehnat va kasb ta`limi bo`yicha kalendar-mavzu rejasi dastur asosida yarim yilga mo`ljallab to’zib chiqiladi.Reja mehnat o`qituvchilarining metod birlashmasida ko`rib chiqilishi,o’nga tuzatishlar kiritilib,mulohazalar hisobga olinishi kerak (agar bunday tuzatishlar va mulohazalar mavjud bo`lsa),shundan keyin maktab,o`quv-ishlab chiqarish kombinati va hunar-texnika bilim yurti direktorlarining tasdig`iga taqdim etiladi.
Kalendar-mavzu rejalari har xil mehnat turlari (yog`ochga,metallga ishlov berish,qishloq xo`jalik mehnati va hokazolar) uchun alohida-alohida to’zib chiqiladi.
O`quv jarayonini rejalashtirish o`qituvchining mashg`ulotlarga tayyorlanishida asosiy o`rin tutadi.
O`quv jarayonini rejalashtirish tufayli o`qituvchi va o`quvchilarning ustaxonadagi mashg`ulotlarda mehnat ta`limining vazifalari va maqsadlariga,uning prinsplariga va o`quvchilar bilan ishlashga qo`yiladigan boshqa talablargamuvofiq hamma ishlarni oldindan ko`rish mumkin.O`quv jarayonini rejalashtirishda o`qituvchi quyidagi asosiy didaktik vazifalarni hal qiladi:
O`quv jarayonini moddiy jihatdan o`z vaqtida ta`minlash imkoniyati yaratiladi.Xususan,ustaxonalarni turli materiallar va asboblar bilan ta`minlash muddatlari oldindan ma`lum bo`ladi.Buning ahamiyati katta,chunki ta`minot ma`lum qiyinchiliklar bilan bog`liq,shuno’ngdek har doim biror vaqt rezerviga ega bo`lish kerak.
Mehnat mashg`ulotlarining mazmuni bilan boshqa o`quv predmetlarining mazmuni orasidagi bog`lanish yoritiladi.O`qituvchi o`quv materialini alohida darslarga taqsimlab,mehnat bo`yicha mazkur mavzuni o`rganishgacha o`quvchilar fizika,kimyo,matematika va boshqa predmet darslarida qanday bilimlar olganliklarini aniqlaydi;shundan kelib chiqib mehnat ta`limi bilan fanlarning asoslarini o`rganish orasidagi didaktik bog`lanishni ta`minlash mumkin.
Yog`ochga ishlov berish va metallga ishlov berish ustaxonalarining o`zaro muvofiq ish olib borishiga erisxiladi.Ustaxonalardagi mashg`ulotlar jarayonida,xususan modellashtirishda yog`och va metall detallardan iborat kompleks buyumlar yasalishi mumkin.Buday hollarda o`quvchilarning ishlashini vaqt bo`yicha moslashtirish juda muhim bo`lib,bunda esa rejalashtirishda erisxiladi.
Chorak,yarim yillik va yillik yakunlari chiqarishda o`qituvchi uchun o`quv rejasining bajarilishini tekshirish oson.Buning uchun rejalashtirilgan ish bilan amalda bajarilgan ishni taqqoslash yetarli.
O`quv bo`limi va xalq maorifa organlari tomonidan ta`lim jarayonini nazorat qilish yengillashadi.
O`qituvchining mehnat mashg`ulotlariga tayyorlanishini uchta bosqichga ajratish mumkin.Bu bosqichlar tartibi bilan qarab chiqamiz.
O`qituvchining o`quv yiliga tayyorlanishi
O`quv yili tugashi bilan o`qituvchining navbatdagi o`quv yiliga tayyorlanishi boshlanadi.
O`quv ishini rejalashtirish maktab dasturini va undagi tushuntirish xatini o`rganishdan boshlanadi.Tushuntirish xatini o`rganishda mashg`ulotlarning vazifalarini,shuningdek,o`quv jarayonini tashkil qilishga,ko`rsatmali qo`llanmalardan foydalanishga,o`quvchilar faoliyatini tekshirish,baholash va hokazolarga oid metodik ko`rsatmalarni sinchiklab tahlil qilish kerak. Shuningdek,dasto’rning mazmuni bilan ham sinchiklab tanishib chiqish lozim,unda har qaysi sinf o`quvchilariga o`zlashtirishi kerak bo`lgan bilim,ko`nikma va malakalar,bo`limlar va mavzular,u yoki bu mavzuga ajratilgan soatlar miqdori mehnat ob`ektlarining taxminiy ro`yxati ham ko`rsatilgan.
Maktab dasturini o`rganish va tahlil qilishni tamomlab o`qituvchi o`quvchilarning ish ob`ektlari sifatida xizmat qiladigan buyumlarni tanlashga kirishadi.
Buyumlarni tanlash o`qituvchi mashg`ulotlarni o`tkazishga tayyorlanishida mas`uliyatli bosqich hisoblanadi,chunki buyumlar o`z vazifalariga ko`ra ijtimoiy-foydali bo`lishi kerakligidan tashqari,ularga yana qator talablar ham qo`yiladi:
Buyumlarga ishlov berish o`quv dasturidagi mavjud operatsiyalardan iborat bo`lishi lozim.
Buyumni tayyorlash bilan bog`liq ish talab qilinayotgan aniqlik jihatdan ham,rejalashtirilgan vaqt normasi jihatidan ham o`quvchilarning kuchlari etadigan bo`lishi kerak.Bu talab o`qituvchiga katta mas`uliyatni yo’qlaydi,chunki vaqt normasini,ko`pincha ishlov berish aniqligini ham o`qituvchining o`zi belgilaydi.
Buyum vazifasi va konstruksiyasiga ko`ra o`quvchilar tushuna oladigan bo`lishi kerak.Bu talab ayniqsa o`quvchilar har xil modellarni tayyorlayotganida muhim.
Maktab rahbarlari darslardagi mehnat mashg`ulotlarini har xil korxonalarning buyurtmalari asosida tashkil qilishga intiladilar,chunki bu holda o`quvchilarning unumli mehnatini yo`lga qo`yish mumkin.Ammo bunda o`quvchilarni faqat ishlanadigan detallar bilangina emas,balki bu detallarning vazifalari va mashinadagi o`ni bilan tanishtirish ham kerak bo`ladi.Bunda o`quvchilardan detallarni tayyorlash bo`yicha talablarnigina emas,balki ularni asoslab berishni talab qilish ham mumkin bo`ladi,chunki har bir talab detalning mashinada bajaradigan funksiyasidan kelib chiqadi.Sho’nga ko`ra o`quvchilarning mehnati ongli mehnatga aylanadi,bu esa butun ta`lim-tarbiya isining natijalariga ijobiy ta`sir qiladi.
Mehnat va kasb ta`limi mashg`ulotiga (darsiga) tayyorgarlik ko`rish va uning rejasini to’zish usta va mehnat ta`limi o`qituvchisining ko`radigan butun tayyorgarlik ishining yakunlovchi bosqichi bo`ladi.O`quvchilarga mehnat va kasb ta`limi berish va ularni tarbiyalashning natijalari ana shu tayyorgarlikning to`liq va puxta bo`lishiga bog`liqdir.
Usta mehnat ta`limi o`ituvchisi mashg`ulotga tayyorgarlik ko`rar ekan, o`tgan darsning mazmuni va natijalarini tahlil qilishi,uning ijobiy va salbiy tomonlariga e`tabor berishi kerak.Ana shu tahlil va yangi mavzu vazifalari asosida navbatdagi mashg`ulotning o`quv maqsadi belgilab olinadi.Mahg`ulotlarning maqsadi aniq va qisqa belgilanishi:o`quvchilarda ayni shu darsda qanday ilmiy-texnik bilimlar,mehnat ko`nikmalari va malakalari tarkib topishi lozimligi ifodalanishi shart.
Ko`pincha mashg`ulot maqsadini aniqlashda qo`pol xatolarga yo`l qo`yiladi,bunda aniq dars vazifalari emas,balki bir nechta mashg`ulotga mo`ljallangan butun mavzu vazifalari ifodalanadi.Darsning bunday maqsadiga erishib bo`lmasligi o`z-o`zidan ravshsndir.Usta,mehnat o`qituvchisi mashg`ulotning belgilangan maqsadiga muvofiq ravishda o`quvchilarga insrtuktaj shaklida ma`lum qilinadigan yangi bilimlarning mazmuni va hajmini,ish (buyum) ob`ektni belgilab chiqadi.O`quvchilar bu ish (buyum) ni tayyorlash vaqtida zarur mehnat ko`nikmalari va malakalari hosil qiladilar.Shu bilan birga,o`quvchilar o`zlari bajargan ishni taqqoslash imkoniyatiga ega bo`lishlari uchun o`qituvchi “etalon” shaklidagi ish ob`ektini shaxsan o`zi tayyorlashi kerak.
O`qituvchi darsga tayyorlanish vaqtida zarur metodik adabiyotlarni,darslik va o`quv qo`llanmalarining tegishli mavzularini,ma`lumotnomalarni,shuningdek,o`rganilayotgan mavzu bilan bog`liq bo`lgan,ilg`or tajriba va eng yangi yutuqlar yoritiladigan boshqa manbalarni ko`rib chiqishi kerak. So`ngra, mehnat o`qituvchisi,usta dars tipini,uno’ng tuzilishini,mashg`ulotning har bir qismini o`tish metodikasini aniqlab olishi,o`quv materiali mazmuniga muvofiq ravishda mehnat ta`limining qanday metodlaridan foydalanish kerakligini hal qilib olishi lozim.Shu bilan birga,o`qituvchi,usta takrorlash uchun beriladigan savollarni (agar o`rganilgan material o`tgan mavzu bilan bog`liq bo`lsa) aniq to’zib chiqishi,yangi mavzu bo`yicha muhim masalalarni (o`zi uchun) aniqlab olishi va yangi materialni mustahkamlash uchun beriladigan savollarni belgilab chiqishi kerak,chunki bayon qilish tartibi bo’zilmasligi lozim.
Oquvchilarning mustaqil ishlashi jarayonida usta va o`qituvchining vazifasi ularning faoliyatini nazorat qilib turishdan va mehnat usullaridan,ish o`rnini tashkil etishda,xavfsizlik qoidalariga rioya qilishda erisxilgan ijobiy natijalarni va yo`l qo`yilgan kamchiliklarni aniqlashdan hamda darhol ularga barham berishdan iborat bo`ladi.O`qituvchi,usta o`quvchilarning mustaqil ishlashi jarayonida ularning faoliyatini ko’zatar ekan,o`z kundaligiga har bir o`quvchini uning mehnat intizomi,mehnat madaniyati,bajarayotgan ishining sifati nuqtai nazaridan tavsiflab beradigan mulohazalarni yozib qo`yadi va hokazo.Shunday qilib darsning oxiriga borib o`qituvchi,usta har bir o`quvchining mehnat natijalari haqida tasavvurga ega bo`ladi,bu esa uning ko`p vaqt sarflamasdan har bir o`quvchiga ob`ektiv baho qo`yishiga imkon beradi.
Oqituvchi,usta mashg`ulotning yakunlovchi qismida o`tilgan darsga yakun yasaydi, o`quvchilarning olgan baholarini ma`lum qiladi,ishdagi ijobiy tomonlarni aytadi va yo`l qo`yilgan kamchiliklar ustida alohida to`xtalib,ularning sabablarini ma`lum qiladi.
O`qituvchi,usta dars oxirida uyga vazifa beradi.
Mehnat ta`limiga doir ma`lumotnomalar,o`quv qo`llanmalari va ta`lim-tarbiya jarayonini rejalashtirish masalalarini xarakterlovchi boshqa manbalar bilan ishlash,bundan maqsad : 1) ehnat ta`limida ta`lim-tarbiya jarayonini rejalashtirish masalalarini o`rganish va ularda tub muammolarning ahamiyatini idroq qilish; 2) exnik,uy-ro`zg`or va qishloq xo`jalik mehnati o`quv dasturlarining kalendar-mavzu rejalarini ishlab chiqish; 3) ars aniq mavzuning reja-konspekti modelini to’zish maqsadida ta`lim-tarbiya jarayonini rejalashtirish masalalarini ifodalovchi boshqa manbalar bilan ishlash; 4) ehnat ta`limida rejalashtirishning mohiyati va ahmiyati.Mehnat ta`limida rejalashtirish tamoyillari.Mehnat ta`limini rejalashtirish sistemasidagi mavjud prinsiolar; 5) `qituvchining o`quv yiliga moddiy-texnik tayyorgarligi hamda mashg`ulotlar va o`quv ustaxonalari sistemasini rejalashtirish; 6)mehnat ta`limi dasturi talablariga muvofiq o`quv-ishlab chiqarish ishlari ro`xatida o`quvchilar uchun ish ob`ektlarini tanlash; 7)mazkur sinfda o`rganilayotgan barcha mehnat operatsiyalarini qamrashni hisobga olib,yarim yil uchun shunday ishlar ro`xatini to’zish; 8)har bir operatsiya hajmida o`quvchilar mehnatini normalash va bajariladigan ishlar murakkabligini asta-syokin oshib borish talablariga rioya qilish; 9)mehnat ta`limida rejalashtiruvchi hujjatlarning turlari; 10)mavzularni kichik mavzularga va darslarga bo`lib,o`quv materialining mazmuniga,material va texnika bilan ta`minlanishiga qarab,o`qitishning tashkiliy shakllari va metodlarini tanlab,mehnatga oid mashg`ulotlarni va shu kabilarni hisobga olib,yarim yil uchun mehnat bo`yicha kalendar-mavzu rejasini to’zish; 11)tabiiy-ilmiy turkum o`quv fanlari yig`ma-mavzu rejasini ishlab chiqish,bunda o`quv fanlari o`rtasidagi aloqa va,avvalo,mehnat ta`limi,fizika,matematika kimyo,chizmachilik va boshqa fanlar o`rtasidagi aloqa o`z aksini topishi losim; 12)mehnat o`qituvchisining darsgs har tomonlama moddiy-texnik tayyorgarligini hisobga olib,darsning aniq mavzusi yo’zasidan mashg`ulotlar rejasi va konspektini to’zish.
Do'stlaringiz bilan baham: |