Kurs ishining maqsadi. O’quvchilarga “Metallarni kesish va unda ishlatiladigan asboblar" mavzusini o’qitish metodikasi orqali bolalarga yaxshi bilim berish.
Metallarni kesish haqidagi fan XIX yuzyillikning birinchi yarmida shakllana boshladi. Metallarni kesish jarayonlarini haqiqiy ilmiy tekshirishi 1870 yilda I.A.Timening “Soprotivlenie metallovi dereva rezaniyu” kitobi nashr etilishidan boshlanadi deb xulosa qilish mumkin. Bu kitob fizik asoslarini nazariy o`zgarishga asos soldi. I.A.Timening nazariy xulosalari rus olimlari Malqshev (1877), P.A. Afanas’ev (1884) , A.V. Gadolin (1888), K.A.Zvorqkin (1893), A.A. Briks (1896) tomonidan to`ldirilgan, aniqlangan va rivojlantirilgan. K.A. Zvorqkin shu fanni o`rganishda eng ko`p mehnatini sarf qilgan. Uning 1893 yilda “Rabota i usiliya, neobxodimiye dlya otdeleniya metolicheskix strujek” kitobi nashrdan chiqib , yuqori mukofotga sazovor bo`lgan.
Eng yirik, chet el ishlaridan 1880-1906 yillarda AQSHda o`tkazilgan F. Teylor tadqiqotlari bo`lgan. Teylorning metallarni kesish va ishlab chiqarishni tashkil etish bo`yicha qilgan ishlari natijasida hozirgi paytda ham qo`llanilayotgan, kesish maromlarini va kesish kuchlarini aniqlash uchun eksperimental formulalarni yaratadi.
XX asrlar boshida kesish kuchini o`rganish bilan bir qatorda kesuvchi asbobning turg`unligini va kesishdagi issiqlik hodisalarini tekshirish ham o`tkazilgan.
METALLARGA ISHLOV BERISH O’QUV USTAXONASI HAQIDA.
Bugungi kunda kupgina shaharlarda ham, qishloqlarda ham maktablar, ihtisoslikka yunaltirilgan litsey, kasb – hunar kollejlar kurilishiga katta e’tibor berilmoqda. Demak, bugungi kunda mehnat va hunar ta’limining moddiy bazasini tubdan yahsxilash uchun barcha zaruriyatlar mavjuddir. Shu maqsadda davlat tomonidan ajratilgan mablag’lardan ham, shuningdek, otalik qiluvchi tashkilotlar va korxonalarning ko’rsatayotgan yordamidan ham unumli foydalanish mumkin.
O’quv ustaxonalari va kabinetlarining maydoni, mavjud loyihalarga ko’ra, 70—90 m2 ni tashkil etadi. Ustaxonalar bir qavatli alohida binoga joylashgan bo’ladi. Ular sinflarda va kabinetlarda ortiqcha shovqin bo’lmasligi uchun maktabning asosiy binosidan bir oz nariroqda kuriladi.
Tipovoy o’quv ustaxonalari materiallar, yarim fabrikatlar, tayyor buyumlar, shuningdek asboblar va moslamalarni saqlash uchun zarur yordamchi xonalarga ega bo’ladi. Ustaxonalarning poli tahtadan tayyorlanishi, ular yaxshi tabiiy va sun’iy shamollatiladigan bo’lishi, normal tabiiy va sun’iy yoritilgan ish o’rni 100—150 lyuks bo’lishi, havo temperaturasi kishda 14—16, yoz davrida esa 20°S dan oshmasligi kerak. Yoritish uchun kunduzgi yorug’lik lampalaridan foydalangan ma’qul.
Ustaxona devorlari sillik bo’lib, yorqin bo’yoqlar bilan, shipi oq bo’yoqlar bilan boyalishi kerak. Bular xonaning yaxshi yoritilishini ta’minlaydi. Ustaxonadagi jihozlarning rang jihatdan bezatilishiga ham e’tibor berish kerak. Yorqin, fiziologik jihatdan asoslangan bo’yoqlar jihozlarning turli qismlari, ishlanuvchi ob’yektlar bilan ustaxonaning umumiy foni urtasida yaqqol fark bo’lishini ta’minlaydi.
Ustaxonalardagi shovqin va tebranishning kamayishiga shovqin yutuvchi va tebranishni yo’qotuvchi jihozlardan, eng ratsional mehnat va hunar usullaridan foydalanish yo’li bilan erishilishi mumkin.
yog’och va metallga ishlov berish bo’yicha har bir o’quv ustaxonasi kamida 25 ish o’rniga mo’ljallangan bo’lishi zarur. O’quv ustaxonalarida jihozlarning asosiy qismini tashkil etuvchi yog’ochsozlik, metallsozlik va boshqa urgatilayotgan kasb-hunar dastgohlaridan tashqari, stanoklar jihozlarining boshqa turlari ham mavjud bo’lishi kerak. Jumladan metallsozlik ustaxonasida 2—3 ta toqarlik vint qirqish stanogi, 1—2 ta vertikal parmalash stanogi, bitta kichik gabaritli, kundalang randalash frezer stanogi (shering), bitta ikki tomonlamali jilvir kayroq, mufel pechi va nuktaviy payvandlash uchun kichik gabaritli elektr payvandlash apparati bo’lishi kerak. Sho’nga uhshab har soha va kasblar bo’yicha o’ziga hos asbob-uskunalar bo’lishi kerak.
O’quv ustaxonalaridagi asbob-uskunalarni joylashtirish vaqtida yonginga karshi choralarga, mehnatni muhofaza qilish va sanoat sanitariyasi talablariga rioya qilish zarur, ya’ni ustaxonalar asbob-uskuna va inventarlar bilan tuldirib yuborilmasligi kerak. Dastgohlar, stanoklarlar va ularning orasidagi utish yo’llari belgilangan normativlar darajasida bo’lishi lozim. Dastgohlar, stanoklarlarning oxirgi qatorlari bilan ustaxona devorlari orasidagi masofa kamida 0,5 m bo’lishi kerak.Asbob-uskunalardan jilvir qayroq, parmalash stanoklarlari o’qituvchining ish o’rniga yaqinroq joylashtirilishi va qo’shimcha viklyuchatelga ega bo’lishi kerak. Toqarlik, frezerlik stanoklarlari va jilvir kayroq pleksiglasdan kilingan himoya ekranlari va elektr bloqirovka bilan jihozlangan bo’lishi lozim.
Slesarlik dastgohlari himoya qiluvchi turlar, alohida o’rindiq va asboblar xiliga ega bo’lgan planshet bilan ta’minlanishi kerak. Stanoklarlarning va boshqa asbob-uskunalarning O’quvchilar uchun ish vaqtida xavfli bo’lgan qismlari himoya jihozlari bilan tusib qo’yilgan bo’lishi kerak.
Ustaxonalarning maydonidan oqilona foydalanish, ularning toza bo’lishi, asbob-uskunalarning to’g’ri turishi, estetika talablariga rioya qilish va namunali tartib, bularning hammasi o’quvchilarni intizomlilik va davlat mulkini ehtiyot qilish ruhida tarbiyalash uchun katta ahamiyatga egadir. Mavjud ustaxonalarning kuplari yuqorida aytib o’tilgan talablarga tulik, javob bera olmasligini hisobga olib mehnat va kasb ta’limi o’qituvchisi, ustasi bu talablarni bilishi va ularning so’zsiz bajarilishiga harakat qilishi zarur.
Ish o’rni deganda ustaxonaning bir o’quvchi tomonidan o’quv ishlab chiqarish ishlarini bajarish uchun zarur bo’lgan asbob-uskunalar (dastgoh, stanoklar) va moslamalar maqsadga muvofiq joylashgan maydonchasi tushuniladi. Ish o’rnining o’quvchi ish vaqtida o’z gavdasini ancha qulay tutib turadigan, ortiqcha harakatlar qilmaydigan darajada tashkil etilishi maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. Ayniqsa, tisqilar o’quvchining buyiga qarab to’g’ri balandlikda o’rniitilishi katta ahamiyatga ega. Bu talablarning bo’zilishi ish natijalarining kamayishiga, to’g’ri mehnat malakalarining sust tarkib topishiga, ba’zan esa kasb kasalliklarining paydo bo’lishiga olib keladi.
O’qituvchi, usta o’quvchilardan ish o’rnini tashkil etish qoidalariga amal qilishni doimo talab qilib turishi lozim. Ish asboblari, ayniqsa kontrol o’lchov asbobi ish o’rniga quyib quyilishi mumkin emas, bunday holda ulardan foydalanish QIYIN bo’libgina qolmasdan, shu bilan birga noto’g’ri foydalanish va saqlash orqasida u tezda ishdan chiqadi.
Usta, o’qituvchining ish o’rni tashqi ko’rinishi va tashkil etilishi jihatidan namunali bo’lishi kerak. Ko’rsatiladigan ko’rsatma qurollari o’quvchilarga yaxshiroq ko’rinishi uchun usta, o’qituvchining ish o’rniga taaluqli bo’lgan barcha narsalar yuqoriroq joyda turgani ma’qul. Narsalarni ko’rsatib turadigan dastgoh o’quvchilarga qaratilgan bo’lishi kerak, bu esa ularning ko’rsatilayotgan ish usullarini yaxshiroq idroq qilishlarini ta’minlaydi.
Ko’rsatma qurollari uchun mo’ljallangan yashikda plakatlar, sxemalar, jadvallar, chizmalar va texnologiya kartalari, asboblar, buyumlar, hajmdor qo’llanmalar namunali tartibda va sistemada saqlanishi kerak.
Har bir o’quvchining alohida dastgohi, asboblar komplekt i bo’lishi kerak. Mashg’ulotlarda bu ish o’rnidan va asbobdan shu O’quvchilar o’zigina foydalanishi lozim. Mashg’ulotlar boshlanishidan oldin O’quvchi navbatchidan ish joyini va mavjud asboblarni kabul qilib olishi, dars tamom bo’lganda esa xuddi shu holatda navbatchiga topshirishi kerak.
Ustaxonalarda ish joylarining va aniq tashkil etilishi, O’quvchilarning ichki tartib-qoidalarni o’z vaqtida bajarishi ularda yuksak mehnat madaniyati malakalarini hamda jamoat mulkini saqlash uchun yuksak mas’uliyat tuyg’usini tarbiyalashga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |