METALLARGA ISHLOV BERISH O’QUV USTAXONASI HAQIDA.
O’quv ustaxonalarida mashg’ulotlarni tashkil etish hamda o’tkazish mehnat va kasb ta’limini chorakka, yarim yilga muljallab rejalashtirish va usta, o’qituvchining mashg’ulotga va aniq tayyorgarlik ko’rishidan boshlanadi. O’qituvchi, usta kalendar mavzu rejasi, o’quv ishlab chiqarish ishlari ro’yhati va yigma-mavzu reja asosida darsning reja va konspektini to’zadi. Darsda takrorlash uchun savollarni va fanlararo aloqalarni belgilaydi, O’quvchilar tayyorlaydigan mehnat ob’yektining namunasini hozirlaydi, bunda o’zi mehnat va hunar usullarini takomillashtirish maqsadida mashq qilib oladi, zagotovkalar, asboblar va moslamalarni darsga tayyorlaydi, asbob-uskunalarning ishga yaroqli ekanligini tekshiradi, texnologiya hujjatlarini hozirlaydi va mashg’ulotni o’tkazish metodikasini o’ylab ko’radi.
Mashg’ulotning metodik tomoni mazkur mashg’ulotning tashkiliy shaklini (dars, amaliy laboratoriya ishi, ekskursiya yoki kino darsi, O’quvchilarning ishini frontal yoki zveno tarzida tashkil qilish) va aniqlab olishdan iborat bo’ladi. O’qituvchi, usta mazkur o’quv materialini or’ganish vaqtida mehnat ta’limining qaysi metodlaridan (og’zaki bayon qilish, suhbat, mehnat usullarini amaliy tarzda ko’rsatish, bilimlarni muammoli bayon etish va hokazolardan) foydalanish maqsadga muvofiqligini va aniqlab oladi, O’quvchilar ilgari o’zlashtirgan umumiy ta’lim fanlari (fizika, ximiya, matematika, chizmachilik va hokazolar) bo’yicha olgan bilimlaridan qaysilari mehnat va kasb darsida ish berishini, oldingi mavzuni qanday qilib mustahkamlash, bunda O’quvchilarning e’tiborini nimalarga jalb qilish kerakligini va aniqlab oladi.
Usta, o’qituvchi urganilayotgan operatsiya bo’yicha mashqlar o’tkazish metodikasi, moslamalar va trenajyorlardan maqsadga muvofiq foydalanilishini puhta o’ylab olishi lozim. O’qituvchi, usta mehnat usullarida yo’l qo’yilgan kamchiliklarni osonlik bilan va aniqlash va ularga barham berish choralarini ko’rish imkonini beradigan nazorat sistemasini ham ishlab chiqishi zarur. Topshiriqni mustaqil bajarish jarayonida o’qituvchi, usta o’quvchilarning ishini diqqat bilan ko’zatib borishi lozim, chunki mashg’ulotning bu elementi o’nga o’quvchilar yo’l qo’ygan xatolarini va aniqlashdagina yordam berib qolmasdan, shu bilan birga bu xatolar orqali o’zining ishidagi ayrim kamchiliklarini ham ko’rishga yordam beradi.
O’quvchilarning topshiriqni mustaqil bajarish davri ham mashg’ulotning juda muhim elementi hisoblanadiki, bu vaqtda har bir o’quvchining olgan bilimlaridan amalda foydalana olish, konstruktorlik-texnologik vazifalarini hal qilishda ijodiy va bilish faoliyatining darajasi, qiyinchiliklarni mustaqil enga olish, do’stlik, o’rtoqlik, o’zaro yordam tuyg’usi va boshqa fazilatlar qaror topadi.
Mehnat mashg’ulotining so’nggi elementi yakunlovchi instruktajdir. Ayrim o’qituvchilar bu instruktajga ba’zan yetarli e’tibor bermaydilar, ayrim hollarda esa uni butunlay inkor qiladilar. Mashg’ulotning yakunlovchi bosqichida o’quvchilarning har biri o’zi olgan bahoni bilishi uchun va ana shu baho orqali o’zining erishgan muvaffaqiyatlarini, yo’l qo’ygan kamchiliklarini ko’rishi, bu kamchiliklarga olib kelgan sabablarni bilishi va ularni tuzatish yo’llari hamda usularini va aniq tasavvur qilishi uchun o’qituvchi, usta ular bajargan ishlarni har tomonlama tahlil qilib berishi lozim. Shunday qilib, o’quv ustaxonalarida mashg’ulotlarni yaxshi tashkil etish, ularni o’tkazishning to’g’ri metodikasini qo’llanish O’quvchilarning texnikaviy bilimlarini, mehnat malakalari va ko’nikmalarini muvaffaqiyatli egallashlari uchun imkon yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |