Nusxa oluvchi (kalka) qog‘oz
– buyumdan nusxa olish uchun foydalaniladi.
Chizg‘ich
– chizma chizishda, andaza tayyorlashda, qisqa o‘lchov larni olishda,
izma ilmoq va tugma o‘rnini belgilashda foydalaniladi.
Qog‘oz qirqish uchun qaychi
– andazaning asosiy qismi va detallarini qirqishda
foydalaniladi.
Gazlama qirqish uchun tikuvchilik qaychisi
– gazlamalarni bi chishda ish-
latiladigan maxsus qaychilar 8 raqamli bo‘ladi. Qaychining raqami bajariladigan
operatsiyaga va bichiladigan gazlamaga qarab tanlanadi.
To‘g‘nag‘ich va ignalar
– 3–4
cm
uzunlikda bo‘ladi. Ular ingichka, o‘tkir, silliq
bo‘lishi lozim. Gazlamaga andazani joylash tirishda, gazlama detallarini vaqtincha
birlashtirishda ishlatiladi.
Tikuvchilik bo‘ri
– andazani gazlamaga joylashtirib bichishda ishlatiladi.
Qo‘l ignalari
– ignalar har xil qalinlikda va uzunlikda bo‘ladi. Gaz lamaning yupqa-
qalinligiga, chok turiga qarab igna tanlanadi. Furnitura buyumlarini birlashtirishda,
kalta qaviqqatorda ingichka ignadan, yengli qaviqqatorlarda qalin ignadan foyda-
laniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |