33
K I R I S H
Sizning barkamol avlod bo‘lib
voyaga yetishingiz, puxta bilim olishingiz, iqti do-
ringizni to‘la namoyon qilishingiz, barcha qobiliyatlaringizni yuzaga chiqarishingiz
hamda jamiyatda o‘z o‘rningizni topishingizda boshqa fanlar qatori “Texnologiya”
darsligi ham muhim o‘rin tutadi.
Mazkur fanni o‘zlashtirish davomida turli xomashyo
materiallaridan foydalanish,
ularni amalda qo‘llash, ishlov berishga oid bilimlaringizni boyitasiz. Ular zamonaviy
ishlab chiqarishning bozor munosabatlariga asoslangan talablari asosida kasbiy
tayyorgarligingizni oshirishga va jismoniy mehnat turlaridan samarali foydalanishga,
bu boradagi ko‘nikma va malakangizni oshirishga xizmat qiladi. Tabiiyki, bularning
barchasi fan yuzasidan o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalaringizni amaliyotda to‘g‘ri
qo‘llay bilishning asosi sanaladi.
Aziz o‘quvchilar! O‘tgan yillar davomida Siz ushbu fan yuzasidan ko‘plab
boshlang‘ich bilimlarni o‘rgandingiz va mustaqil ijodiy ishlarni amalga oshirdingiz.
Endi esa quyi sinflarda olgan bilim, ko‘nikma va malakalaringizni mustahkamlagan
holda turli xil materiallardan yanada chiroyli buyumlarni, turli mexanizmlar asosida
harakatlanuvchi sodda jihozlar yasash texnologiyalarini ham o‘rganasiz.
Bilingki, fan-texnika har qanday sohada taraqqiyot asosi sanaladi. Fan va texnika
bir-birini o‘zaro to‘ldirib, rivojlanishi asosida ishlab chiqarishni tashkillashtirish
da rajasi, texnologiyasi doimiy ravishda yangilanib va takomillashib borishini ta’-
minlaydi. Shunday ekan, yangi materiallar va ularning xossalari, xususiyatlarini hamda
texnik obyekt va texnologik jarayonlarga oid ma’lumotlarni o‘rganish talab etiladi.
Chunki intellektual qobiliyatlarni shakllantirishda texnik obyekt hamda texnologik
jarayonlarni, maxsus va umummehnat operatsiyalarini bilish,
mahsulotlarni tayyorlash
ketma-ketligini, tayyor mahsulot sifatini tahlil qila olish zarur bo‘ladi. Zero, texnologik
jarayonlarning bajarilishiga oid tegishli xulosalar chiqarish, mehnat operatsiyalarini,
mahsulot sifatini baholay olish katta ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda zamonaviy
texnika va texnologiyalar, asbob-uskuna, moslama va stanoklardan foydalana olishni
o‘rganish, avtomatlashtirilgan mashina va mexanizmlar asosida ishlarni tashkil etish va
boshqarish bo‘yicha dastlabki bilimlarga ega bo‘lasiz.
Mamlakatimiz ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan
islohotlar asosida Sizga
zamonaviy texnika va texnologiyalar, oziq-ovqat mahsulotlariga, materiallarga ishlov
berish texnologiyasi, energiya ishlab
chiqarish va undan foydalanish, mexatronika
hamda ijtimoiy-iqtisodiy texnologiya asoslarini o‘rgatish, xalqimizning boy ma’naviy
44
qadriyatlari asosida ta’lim-tarbiya berish, axloqiy tushunchalarni shakllantirish bu-
gungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Binobarin, bilingki, har qanday
davlat va jamiyatning taraqqiyotini, kelajagini bilimli, tarbiyali yoshlarsiz
tasavvur etib
bo‘lmaydi.
Qo‘lingizdagi 5-sinf “Texnologiya” darsligi Sizning kelajak hayotingizda muhim
o‘rin egallaydigan amaliy mehnat faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rishingizda hamda
o‘zingiz qiziqqan kasb-hunar turlaridan birini to‘g‘ri tanlashingizda katta ahamiyat
kasb etadi.
Bu yil Siz nafaqat mustaqil, balki o‘quv ustaxonalarida guruhlarga bo‘linib ish-
laysiz. Sinfdoshlaringiz bilan vazifalarni muhokama qilasiz, ularni amalga oshirish
bosqichlarini aniqlaysiz, jamoaviy yoki mustaqil ravishda amaliy ishlarni belgilangan
xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilgan holda olib borasiz.
Darslikda berilgan topshiriqlarni bajarish jarayonida ma’lumotlarni qidirish, ba-
jarish
tartibini eslash, axborotlardan foydalanish, sinfdoshlar va kattalar bilan o‘zaro
muloqot qilishni va bir-biringizga yordam berish, kelishib ishlashni o‘rganasiz. Shu
orqali texnologiya va uning rivojlanishi haqida tasavvuringiz yanada kengayadi.
Shuningdek, Siz darslikda o‘zingizning loyihalaringizni yaratishni, tayyorlagan
ish laringizga texnologik mezonlar asosida baho berishni o‘rganasiz. Zamonaviy tex-
nika va texnologiyalar, turli yog‘och, metall va kompozit materiallarga ishlov berish,
harakatlanuvchi oddiy mexanizmlardan foydalanib turli buyumlar yasash usullarini
o‘zlashtirasiz. Albatta, o‘rgangan bu bilimlar Sizga oila ishlariga ko‘maklashishga,
kasb malakalarini egallashga xizmat qiladi.
Aziz o‘quvchilar! Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
islohotlarni va bozor
munosabatlarining rivojlanib borayotganligini, yangi texnika va texnologiyalar, zamo-
naviy materiallar yaratilayotganligini hamda inson mehnatini yengil qilishda mexa-
tronik qurilmalarning hayotimizga kirib kelishini inobatga olgan holda ular haqidagi
dastlabki bilim, ko‘nikma va malakalarni oshirib, kelajakda yurtimiz taraqqiyotiga,
farovonligiga o‘z hissangizni qo‘shasiz deb umid qilamiz.
M u a l l i f l a r