2.2. ASBOB-USKUNALAR VA ULARDAN FOYDALANISH
QO‘L ISHLARI UCHUN ASBOB-USKUNALAR VA
ULARDAN FOYDALANISH TARTIBI
1. Stulda o‘tirganimizda oyoqlarimiz yerga tegib turishi kerak, aks holda
qon aylanishi buzilishi mumkin.
2. Qaddimizni to‘g‘ri tutib, boshimizni biroz egib ishlashimiz lozim.
3. Ishlayotganda muk tushib olmang.
4. Tirsaklarimizni bukkan holda, lekin ularni stolga qo‘ymasdan ishlashimiz
lozim.
5. Bajarayotgan ishimiz bilan ko‘zlarimiz orasidagi masofa 30
cm
bo‘lishi
talab etiladi.
6. Ish stolimizga yorug‘lik chap tomondan yoki to‘g‘ridan tushib turishi
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |