Texnologiya umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik



Download 33,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/148
Sana23.07.2022
Hajmi33,06 Mb.
#843489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   148
Bog'liq
5-texnologiya

Shartli belgilar
– ِAmaliy mashg‘ulot
(Texnologiya va dizayn 
yo‘nalishi)
– ِMustahkamlash uchun savollar
(Texnologiya va dizayn 
yo‘nalishi)
– ِAmaliy mashg‘ulot
(Servis xizmati yo‘nalishi)
– ِMustahkamlash uchun savollar
(Servis xizmati 
yo‘nalishi)
Jihozlar
– Loyiha ishi
– Diqqat qiling!
– Diqqat qiling!
– Ishni bajarish tartibi
DIQQAT!
Darslikni to‘ldiruvchi raqamli 
tashkil etuvchilarga o‘tish uchun 
QR Code
yoki 
Web saytdan
foydalaning.
TEXNOLOGIYA 5


33
K I R I S H
Sizning barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishingiz, puxta bilim olishingiz, iqti do-
ringizni to‘la namoyon qilishingiz, barcha qobiliyatlaringizni yuzaga chiqarishingiz 
hamda jamiyatda o‘z o‘rningizni topishingizda boshqa fanlar qatori “Texnologiya” 
darsligi ham muhim o‘rin tutadi. 
Mazkur fanni o‘zlashtirish davomida turli xomashyo materiallaridan foydalanish, 
ularni amalda qo‘llash, ishlov berishga oid bilimlaringizni boyitasiz. Ular zamonaviy 
ishlab chiqarishning bozor munosabatlariga asoslangan talablari asosida kasbiy 
tayyorgarligingizni oshirishga va jismoniy mehnat turlaridan samarali foydalanishga, 
bu boradagi ko‘nikma va malakangizni oshirishga xizmat qiladi. Tabiiyki, bularning 
barchasi fan yuzasidan o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalaringizni amaliyotda to‘g‘ri 
qo‘llay bilishning asosi sanaladi.
Aziz o‘quvchilar! O‘tgan yillar davomida Siz ushbu fan yuzasidan ko‘plab 
boshlang‘ich bilimlarni o‘rgandingiz va mustaqil ijodiy ishlarni amalga oshirdingiz. 
Endi esa quyi sinflarda olgan bilim, ko‘nikma va malakalaringizni mustahkamlagan 
holda turli xil materiallardan yanada chiroyli buyumlarni, turli mexanizmlar asosida 
harakatlanuvchi sodda jihozlar yasash texnologiyalarini ham o‘rganasiz.
Bilingki, fan-texnika har qanday sohada taraqqiyot asosi sanaladi. Fan va texnika 
bir-birini o‘zaro to‘ldirib, rivojlanishi asosida ishlab chiqarishni tashkillashtirish 
da rajasi, texnologiyasi doimiy ravishda yangilanib va takomillashib borishini ta’-
minlaydi. Shunday ekan, yangi materiallar va ularning xossalari, xususiyatlarini hamda 
texnik obyekt va texnologik jarayonlarga oid ma’lumotlarni o‘rganish talab etiladi. 
Chunki intellektual qobiliyatlarni shakllantirishda texnik obyekt hamda texnologik 
jarayonlarni, maxsus va umummehnat operatsiyalarini bilish, mahsulotlarni tayyorlash 
ketma-ketligini, tayyor mahsulot sifatini tahlil qila olish zarur bo‘ladi. Zero, texnologik 
jarayonlarning bajarilishiga oid tegishli xulosalar chiqarish, mehnat operatsiyalarini, 
mahsulot sifatini baholay olish katta ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda zamonaviy 
texnika va texnologiyalar, asbob-uskuna, moslama va stanoklardan foydalana olishni 
o‘rganish, avtomatlashtirilgan mashina va mexanizmlar asosida ishlarni tashkil etish va 
boshqarish bo‘yicha dastlabki bilimlarga ega bo‘lasiz.
Mamlakatimiz ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar asosida Sizga 
zamonaviy texnika va texnologiyalar, oziq-ovqat mahsulotlariga, materiallarga ishlov 
berish texnologiyasi, energiya ishlab chiqarish va undan foydalanish, mexatronika 
hamda ijtimoiy-iqtisodiy texnologiya asoslarini o‘rgatish, xalqimizning boy ma’naviy 


44
qadriyatlari asosida ta’lim-tarbiya berish, axloqiy tushunchalarni shakllantirish bu-
gungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Binobarin, bilingki, har qanday 
davlat va jamiyatning taraqqiyotini, kelajagini bilimli, tarbiyali yoshlarsiz tasavvur etib 
bo‘lmaydi.
Qo‘lingizdagi 5-sinf “Texnologiya” darsligi Sizning kelajak hayotingizda muhim 
o‘rin egallaydigan amaliy mehnat faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rishingizda hamda 
o‘zingiz qiziqqan kasb-hunar turlaridan birini to‘g‘ri tanlashingizda katta ahamiyat 
kasb etadi.
Bu yil Siz nafaqat mustaqil, balki o‘quv ustaxonalarida guruhlarga bo‘linib ish-
laysiz. Sinfdoshlaringiz bilan vazifalarni muhokama qilasiz, ularni amalga oshirish 
bosqichlarini aniqlaysiz, jamoaviy yoki mustaqil ravishda amaliy ishlarni belgilangan 
xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilgan holda olib borasiz.
Darslikda berilgan topshiriqlarni bajarish jarayonida ma’lumotlarni qidirish, ba-
jarish tartibini eslash, axborotlardan foydalanish, sinfdoshlar va kattalar bilan o‘zaro 
muloqot qilishni va bir-biringizga yordam berish, kelishib ishlashni o‘rganasiz. Shu 
orqali texnologiya va uning rivojlanishi haqida tasavvuringiz yanada kengayadi.
Shuningdek, Siz darslikda o‘zingizning loyihalaringizni yaratishni, tayyorlagan 
ish laringizga texnologik mezonlar asosida baho berishni o‘rganasiz. Zamonaviy tex-
nika va texnologiyalar, turli yog‘och, metall va kompozit materiallarga ishlov berish, 
harakatlanuvchi oddiy mexanizmlardan foydalanib turli buyumlar yasash usullarini 
o‘zlashtirasiz. Albatta, o‘rgangan bu bilimlar Sizga oila ishlariga ko‘maklashishga, 
kasb malakalarini egallashga xizmat qiladi. 
Aziz o‘quvchilar! Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni va bozor 
munosabatlarining rivojlanib borayotganligini, yangi texnika va texnologiyalar, zamo-
naviy materiallar yaratilayotganligini hamda inson mehnatini yengil qilishda mexa-
tronik qurilmalarning hayotimizga kirib kelishini inobatga olgan holda ular haqidagi 
dastlabki bilim, ko‘nikma va malakalarni oshirib, kelajakda yurtimiz taraqqiyotiga, 
farovonligiga o‘z hissangizni qo‘shasiz deb umid qilamiz. 
M u a l l i f l a r



Download 33,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish