Texnologiya ta’limi praktikumi fanidan o’quv uslubiy majmua



Download 13,16 Mb.
bet77/130
Sana22.04.2022
Hajmi13,16 Mb.
#572744
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   130
Bog'liq
TEXNOLOGIYA TA\'LIM PRAKTIKUM

Tayyorlanadigan buyumlar:
1) Taxtalardan, bruslardan to’g`ri chiziqli reykalar tilish.
2) Pushtaxtadan taxtalar yoki qalin taxtadan yupqa taxtalar tilish.


Mustaqil ta’lim uchun topshiriqlar:
Diskli arra tishlari shakli va ularni charxlash.


DISK ARRA

Duradgorlik o’quv ustaxonalarida yog’och materiallarni arraashda disk arradan foydalaniladi Disk arraning asosiy qismlari: 1 stanina, 2 plita, 3 arra diski, 4 yo’naltiruvchi lineyka va 5 arra to’poni to’plagich dan iborat.


Stanina arraning qo’zg’almas qismi bo’lib, uning ustiga plita o’rnatiladi. Plita stanokning ish stoli hisoblanadi. Arralanadigan taxta material shu plita bo’ylab suriladi. Plitadan arra diski chiqib turishi uchun unda tirqish ochilgan bo’ladi. Staninaga val o’rnatilib, uning bir uchiga shkiv, ikkinchi uchiga arra diski mahkamlanadi. Arra diski arralanadigan taxta materialning qalinligiga va arralash usuliga qarab har xil diametrli, to’g’ri va qiyshiq tishli bo’ladi.
Arra vali elektrodvigateldan tasma orqali harakatga keltiriladi. U minutiga 2000-3000 martagacha aylanadi. Arralash vaqtida hosil bo’lgan to’pon atrofni ifloslamasligi, ishchining ko’ziga tushmasligi uchun to’pon to’plagichni pastga o’rnatish va himoya ko’zoynagi taqib ishlash, stanokda hamma vaqt ikki kishi turib arralashi, yog’ochni surib turuvchi odam uni oxirigacha qo’l bilan surmasligi talab etiladi.
Disk arralar yordamida tilish va qirqish bilan bir qatorda zakrov, chok, konish ochish ishlari ham bajariladi. Bu maqsadda vintlar yordamida plitani ko’tarip yoki tushirish yo’li bilan arra diskining tirqishdan chiqib turuvchi ismini yo’naltiruvchi lineyka bilan arra diski orasidagi masofa zarur o’lchamga sozlanadi.

1-stanina: 2- ish stoli: 3- arra diski: 4-yo’naltiruvch lineyka: 5- to’pon to’plagich


Dumaloq arrali dastgohlar
Dumaloq arrali dastgohlar arralangan materiallar, taxta materiallar (faner, yog’och tolasidan, yog’och qipig’idan tayyorlangan plitalar)ni arralash uchun ishlatiladi. Bajaradigan operatsiyalarga qarab dastgohlar ko’ndalangiga va bo’ylamasiga arra­laydigan dastgohlarga bo’linadi.


28-rasm. Zagotovkani disk arralar bilan kesishda kinematik uchrashish burchagining o’zgarishi (u surish harakati vektori, i — kesish harakati vektori).

Ko’ndalangiga arralash uchun PAN HANS - 690 sharnir-mayatnikli ko’ndalang arralash dastgohi va arrasi to’g’ri chiziqli harakatlanuvchi ALTENDORF ko’ndalang arralash dastgohi ishlatiladi. 500 mm dan kalta taxtalar andazalar yordamida ko’ndalangiga arralanadi Arra diski avtomatik ishlaydigan to’siq bilan shunday jihozlanmog’i kerakki, arra tishlari arralanadigan material qahnhgida ochiladigan bo’lsin Dastgohda ishlayotgan ishchi arra diskidan kamida 300 mm narida turishi lozim.
Duradgorlik o’quv ustaxonalanda yog’och materiallarni arralashda disk arradan foydalaniladi Disk arraning asosiy qismlari, stanina, plita, arra diski, yo’naltiruvchi chizg’ich va to’pon to’plagichdan lborat
Stanina arraning qo’zg’almas qismi bo’lib, uning ustiga plita o’rnatiladi. Plita dastgohning ish stoli hisoblanadi Arralanadigan taxta material shu phta bo’ylab suriladi Plitadan arra diski chiqib tunshi uchun unda tirqish ochilgan bo’ladi Staninaga val o’rnatilib, uning bir uchiga shkiv, lkkinchi uchiga arra diski mahkamlanadi Arra diski arralanadigan taxta materialning qalinligiga va arralash usuliga qarab har xil diametrli, to’g’ri va qiyshiq tishli bo’ladi.
Arra vali elektrodvigateldan tasma orqali harakatga keltiriladi. U minutiga 2000-3000 martagacha aylanadi. Arralash vaqtida hosil bo’lgan to’pon atrofni ifloslamasligi, ishchining ko’ziga tushmasligi uchun to’pon to’plagichni past o’rnatish va himoya ko’zoynagini taqib ishlash, dastgohda hamma vaqt ikki kishi turib arralashi, yog’ochni surib turuvchi odam uni oxirigacha qo’l bilan surmasligi talab etiladi.
Disk arralar yordamida tilish va qirqish bilan bir qatorda zakrov, chok, ariqcha ochish ishlari ham bajariladi. Bu maqsadda vintlar yordamida plitani ko’tarish yoki tushirish yo’li bilan arra diskining tirqishdan chiqib turuvchi qismini yo’naltiruvchi chizg’ich bilan arra diski orasidagi masofa zarur o’lchamga sozlanadi.
Arralangan material dastgohga yo’naltiruvchilar bo’ylab gusenitsali konveyer vositasida uzatiladi, bu yo’naltiruvchilar material to’g’ri tilinishini ta’minlaydi. Arralangan materialni uzatish tezligi variator vositasida konveyer to’xtatilmasdan rostlanadi. Tilinayotgan materialning qalinligiga qarab support staninaning yo’naltiruvchilarida balandlik bo’yicha harakatlanadi. Tilinayotgan material uzatuvchi konveyerga supportdagi roliklar bilan siqib qo’yiladi Arralangan material dastgohdan orqaga otilib chiqmasligi uchun dastgoh tirnoqli himoya vositasi bilan ta’minlangan Dastgohda eni 315 mm gacha, qalinligi 6-120 mm gacha bo’lgan materiallarga ishlov berish mumkm Arralangan matenallarni uzatish tezligi 8-60 m/ mm, eng katta qirqish tezligi 61 m/s, arrali valning aylamsh chastotasi 2940 ayl/min n max. 5000300 x 3,2/2,8 x 30HW Z 30
Dumaloq arrali dastgohlarda dumaloq yassi arralar ishlatiladi, ular aylanasiga tishlar qirqilgan diskdan lborat (33-rasm) Arralar lkki turda bo’ladi 1-turi tihsh uchun, 2-turi ko’ndalangiga arralash uchun mo’ljallangan 1-ijrodagi 1-tur arralarining diametri 200-1500 mm, 2-ijrodagilariniki esa 160-250 mm bo’ladi 1-ijrodagi 2-tur arralanning diametn 360-1500, 2-ijrodagilarniki esa 1125-1500 mm m tashkil etadi Barcha turdagi arralarnmg qalinligi 1-1,55 mm
Diametri 250 mm gacha bo’lgan arralardan frezalash dast- gohlarida ishlash uchun, 500 mm gacha bo’lganlaridan dumaloq arrali dastgohlarda, 700 mm gacha bo’lganlaridan esa tepkih ko’ndalang dastgohlarda ishlash uchun foydalaniladi
Yog’ochni ko’ndalangiga arralashda arralarnmg tishlan lkki tomonlama qiya charxlanadi, bu hol ular bilan lkki tomonga arralash imkonini beradi, tilish arralarming tishi esa to’g’ri charxlanadi, shu bois ular bilan bir tomonga arralash mumkin. Arra rnaterialda tiqilib qolmasligi uchun tishlari chaparasta qilinadi yoki yassilanadi. Chaparasta qilishda arra tishlari taxminan balandligining 2/3 qismicha egiladi (tishlarni chaparasta qilish kattaligi yog’ochning turli namligiga bog’liq).
Tishlarning uchlari egovlab tekislanadi. Arra diskini turg’un qilish uchun unga cho’kichlab (bolg’alab) ishlov beriladi, keyin charxlanadi, bunda tishlarning shakli o’zgartirilmaydi. Arralash sifatiga yuqori talablar qo’yiladigan hollarda diametri 160-400 mm, qalinligi 1,2-3,5 mm bo’lgan dumaloq randalash arralari ishlatiladi.
Yog’och, faner va plita materiallarni arralash uchun qattiq qotishmadan yasalgan plastinalari bo’lgan yog’och kesuvchi diskli arralardan foydalaniladi. Ular bichimi dumaloq arrali dastgohlar va avtomatik liniyalarga o’rnatiladi.
Ko’ndalangiga arralash dastgohlari rolikli va tirgak chizg’ichli stollar bilan jihozlanadi; roliklar va chizg’ichlar bevosita dastgoh yaqiniga joylashtirilib, bunda stol chap tomonining uzunligi 7 m, o’ng tomoni esa eng uzun zagotovkadan biroz uzunroq taxminan 3 m ga yetkaziladi. Ishni boshlashdan oldin arraning stolga nisbatan vertikal tekislikdagi vaziyati va yo’naltinivchi chizg’ich to’g’ri o’rnatilganligi tekshiriladi.
Taxtalar reja chiziq yoki tirgaklar bo’yicha arralanadi, bunda taxtaning nuqsonli joylari arralab tashlanadi va birinchi navbatda, uzun bo’laklar olinadi; arralash jarayonida taxta yo’naltiruvchi chizg’ichga zich tegib turishiga e’tibor berish kerak, chunki zich tegib turmasa, u qiyshiq arralanadi. Arralash paytida ishchilar taxtani tirgakkacha surib borishadi, keyin ishchilardan biri chap qo’li bilan taxtani yo’naltiruvchi chizg’ichga qisib turadi, o’ng qoii bilan esa taxtaga arrani ravon, siltantirmasdan surib boradi.
Taxtalar bo’ylamasiga zagotovkaning eni bo’yicha belgilangan o’lchamlarda arralanadi (tilinadi), buning uchun yo’naltiruvchi chizg’ich diskdan zagotovkaning eniga arra chaparastasining yarmi qo’shilgan oraliqda o’rnatiladi. Taxta belgilangan o’lchamda emas, balki eni bo’yicha boshqa o’lchamlarda tilinadigan bo’lsa, maxsus qistirmalardan foydalaniladi: ular yo’naltiruvchi chizg’ichga mahkamlab qo’yiladi.
Dastgohda ikki ishchi ishlaydi. Birinchi ishchi taxtalarni dastgohga uzatib turadi, ikkinchi ishchi esa ularni olib qo’yadi yoki qayta arralash uchun birinchi ishchiga uzatadi.
Tilish paytida taxtani turtmasdan va siltantirmasdan ravon uzatish hamda zagotovka o’lchamlarining to’g’rihgini vaqti-vaqti bilan tekshirib turish kerak.
Agar ko’ndalangiga arralashda taxta eni bo’yicha qiyshiq kesilsa, bu hol yo’naltiruvchi chizg’ichning noto’g’ri holatda ekanligini bildiradi, basharti taxta qalinligi bo’yicha qiyshiq kesilsa, demak, arra vali o’qining stol sirtiga perpendikularligi yo’qolgan bo’ladi. Arra vali tepib ishlaganda zagotovkaning uchlari uzuq-yuluq chiqadi.
Agar yo’naltiruvchi chizg’ich to’g’n o’rnatilmagan bo’lsa, dastgohning arra izlari (arra yo’li) noparallel chiqadi, arra valining o’qi uzatuvchi zanjirning harakat yo’nalishiga perpendikular bo’lmasa, arra yo’li tukli chiqadi, arra valining gusenitsa zanjiri bo’g’inlari tekisligiga perpendikularligi buzilsa, arralangan yuza bilan qirra o’rtasidagi burchak buziladi. Dumaloq arrali dastgohlarda arra diski yuqoridan avtomatik ishlaydigan to’siq bilan himoyalangan bo’lmog’i lozim, u faqat arralash jarayonida arrani old tomondan yopadi. Tilish dast- gohlarining diski pastdan himoya to’siqlari bilan to’sib qo’yiladi. Arra tishlari tiqilib qolishining oldini olish maqsadida arra diskining ortiga 8 mm gacha oraliqda kerib turuvchi pichoq o’rnatiladi.

Download 13,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish