Kesish burchaklari. Zagotovkani kesishda quyidagi burchaklar hosil bo’ladi:
- charxlash burchagi, r bu keskichning old va ketingi qirralari orasida;
- kesish burchagi, a bu keskichning old qirrasi bilan kesish tekisligidan hosil bo’ladi;
- old burchak, u bu keskichning qirrasi bilan perpendikular kesish tekisligi orasida;
- ketingi burchak, a bu keskichning ketingi qirrasi bilan kesish tekisligidan hosil bo’ladi.
Burchaklarni kesish tekisligiga perpendikular va keskichning harakat yo’nalishiga mos keladigan tekislikda o’lchash qabul qilingan. Aylanadigan keskich bilan ishlaganda berilgan har bir nuqtada kesish tekisligiga urinma chiziq keskichning harakat yo’nalishi deb qabul qilinadi.
6-mavzu. Birikmasiz to’g’ri burchak shaklidagi buyumlar tayyorlash texnologiyasi (2 soat)
Ishdan maqsad: Yog’och materiallarini kesish to’g’risida umumiy tushunchalarni aytib berish.Yog’och kubik tayyorlash texnologiyasi.
Nazariy ma’lumotlar:
Kesish holatlari.
Keskichning harakat yo’nalishi yog’och tolalarining yo’nalishiga nisbatan qanday joylashganligiga qarab, kesish holatlari uchga bo’linadi: torsaviy kesish, bo’ylamasiga kesish va tolalarga ko’ndalang yo’nalishda kesish.
6-rasm. Kesish holatlari:
a-torsaviy kesish, b-tolalar yo’nalishida (bo’ylamasiga) kesish, d-tolalar yo’nalishiga ko’ndalang kesish, e-ko’ndalang torsaviy kesish, f-torets bo’ylamasiga kesish, g-ko’ndalang bo’ylamasiga kesish.
Torsaviy kesishda kesish tekisligi yog’och tolalariga nisbatan perpendikular yo’nalgan bo’ladi, bunda qirindi sinib, bir-biriga salgina ilinib yoki ayrim bo’laklar holida ajralib chiqadi.
Tolalarni bo’ylamasiga kesishda kesish yo’nalishi tolalar yo’nalishiga mos keladi; qirindi tasmasimon bo’ladi, ba’zan sinib, bo’laklarga ajraladi.
Tolalar yo’nalishiga ko’ndalang kesishda keskich kesish tekisligida tolalarning bo’yiga nisbatan perpendikular yo’nalishda harakatlanadi; qirindi bir-biriga bo’sh bog’lanib turadi.
Bir xil sharoitda kesganda yog’ochning kesishga ko’rsatadigan qarshiligi torsaviy kesishda eng katta, ko’ndalang kesishda esa eng kichik bo’ladi.
Kesishning asosiy turlaridan tashqari, ko’ndalang - torsaviy kesish, torsaviy bo’ylamasiga kesish ko’ndalang-bo’ylamasiga kesish va boshqa holatlar mavjud.
Yog’ochga keskich bilan ishlov berilganda bitta kesish sirti hosil bo’lsa, ochiq kesish deyiladi. Bunda ishlov berilayotgan sirtning hamma joyidan qirindi chiqadi, keskichning tig’i zagotovka enidan birozgina enliroq yoki zagotovka eniga teng bo’lishi mumkin. Agar ikki yoki uch kesish sirti hosil bo’lsa, bunday kesish yarim ochiq yoki yashirin kesish deyiladi.
Bu holatda keskichning old raxi (1) bilan old qirrasi o’yiqning tubi (2) ni (bitta kesish sirti), keskichning yon raxlari esa uning devorlari (3) (ikkinchi va uchinchi kesish sirtlari) ni hosil qiladi, keskich harakatlanganda uning old qirrasi qirindi (4) ni deformatsiyalaydi.
7-rasm. Yashirin kesish:
1-keskich, 2-o’yiqning tubi, 3-o’yiqning devori, 4-qirindi.
Keskich yog’ochni chuqurroq kesib, unda darz hosil qilib, tolalarni siqib parchalaydi. Darzlar uzun bo’lsa, qirindi ko’chib, uzilib chiqadi, natijada ishlov berilayotgan sirtda darzlar, g’adir-budurlar hosil bo’ladi.
8-rasm. Tirgak (a) va qirindi sindirgichni (b) о’rnatish:
1-tirgak, 2-qirindi sindirgich, v-keskich harakati
Ishlov berilayotgan sirtda uzun darzlar hosil bo’lishiga yo’l qo’ymaslik uchun dastgohlar konstruksiyasida keskich oldiga tirgak (1) o’rnatish ko’zda tutilgan. Tirgak keskich oldida qirindini bosib, unitig sinishiga yordam beradi, binobarin, yog’och tolalarining parchalanish uzunligini cheklaydi.
Qirindilarni sindirish uchun dastgohning pichoqlari kallagiga hamda vallanga maxsus qurilma-qirindi sindirgich (2) o’rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |