Mahalliy hududda o’sadigan daraxtlar va ulardan olinadigan yog’och turlarini o’rganish
Mamlakatimiz o’rmonlarida daraxtning 100 dan ortiq turlari o’sadi. Daraxtning hamma turlari ikkiga: ignabargli (qora qarag’ay, qarag’ay, tilog’och, archa va hokazo) hamda bargli (eman, qora qayin, qayin, tog’terak va xokazo) daraxtlarga bo’linadi. 4- rasmda daraxtning tashqi ko’rinishi tasvirlangan. Xar bir turining yog’ochligida o’ziga xos guli (teksturasi) bo’ladi (4- va 5- rasm).
Bargli daraxt yog’ochliklarining gullari ignabargli daraxt yog’ochliklarining gullariga nisbatan xilma-xil va chiroylidir.
Ishlov berish qiyinligi jihatdan yog’ochlik: yumshoq (tog’terak, jo’ka, qarag’ay va hokazo), qattiq (eman, qayin va hokazo), juda qattiq (oq akas, qora qayin va hokazo) yog’ochlarga bo’linadi.
Yog’ochlik yuqori darajada mustahkam bo’lib, unga kesuvchi asboblar bilan yaxshi ishlov bersa bo’ladi. Yog’ochdan yasalgan detallarni osongina elimlash, mixlar va burama mixlar yordamida biriktirish mumkin. Yog’ochdan yasalgan buyumlarning tashqi ko’rinishi chiroyli chiqadi. Lekin yog’ochning 4- rasm. Daraxtning kamchiliklari ham mavjud bo’lib, u namlik tashqi ko’rinishi. ta’sirida buziladi, quriganida qiyshayadi, tezroq
4- rasm. Yog’och tekisturasi.
qorayadi. Yog’ochning ko’zlari va qurt teshgan joylari ham uiing nuqsonlari hisoblanadi. Bu kamchiliklar sanoat ishlab chiqarishida yog’ochdan foydalanish imkoniyatlarini cheklaydi, ammo ular bezakdor buyumlar tayyorlashda katta yordam berishi mumkin.
Quyidagi qurilish va duradgorlikda ishlatiladigan ba’zi bargli va igna bargli yog’ochlarning turlari, tashqi belgilari va xossalari bilan tanishib o’tamiz.
Archa. Archa daraxtining pustlog’i qalin, qoramtir kul rang bo’lib, yog’achi serbutoq bo’lganligi uchun ishlash qiyin. Mayin qatlamli bo’lgani uchun o’zak nurlari ko’rinmaydi. Kam smolali, nam ta’siriga chidamsiz. Archa qurilishda, stellyuloza-qog’oz sanoatida, oddiy mobellar, tarralar tayyorlashda ishlatiladi. Tilog’och. Tilog’ochning po’stlog’i qalin, qoramtir-sarg’ish rangli bo’ladi. Yog’ochi mayin qatlamli, yillik xalqalari aniq bilinadigan, qizg’ish jigarrang, qarag’ayga qaraganda puxta bo’ladi. Ortiqcha smolali bo’lgani uchun ishlash qiyin. Uni gidrotexnik inshoatlarda, yer osti qurilishlarida, shpal tayyorlashda foydalaniladi. Qurilish va vagonsozlikda eman yog’ochining o’rnida ishlatsa bo’ladi.
Shamshod och sariq rangli va taramli bo’ladi. Juda qattiq va ishlov berish qiyin. Shamshod daraxti 3000 yilgacha yashaydi.
O’rik qizg’ish rangdagi serjilo yog’och. Tarmlari yaqqol ko’rinadi qattiq va zich, ishlov berish qiyin. Taramlari kam seziladi. O’rtacha qattik va zich yog’och. Ishlov berish uchun qulay. 15-20 yilgacha yashaydi.
O’zbekistonda o’sadigan boshqa daraxtlarning yog’ochlari ham o’ziga xos xususiyatlarga ega va ulardan tegishli xususiyatlarini xisobga olgan xolda foydalaniladi.
Yong’oq. Yong’oq daraxtining po’stlog’i ko’kimtir, qalin, silliq. Keksa yong’oq daraxtlarida tananing pastki qismida po’stlog’ning chatnog’i bo’ladi. Yog’ochi qoramtir rangli, puxta-pishiq, qattiq, ishlash qiyin, tabiiy guli chiroyli, yaxshi pardozlanadi. Undan randalangan faner, qimmatbaho mebel tayyorlanadi, o’ymakorlik, pardoz ishlarida foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |