1 va 2-rasmlar
Yog’och uch xil yo’nalishda kesib tekshiriladi. a) daraxt tanasining ko’ndalang kesmasi;
daraxt tanasining markazidan uning radiusiyoki diametri bo’ylab uzunasiga o’tgan radial kesmasi; O’sib turgan daraxt tanasining markazidan o’tmay, aylana daraxt qismlari vatari bo’ylab uzunasiga o’tgan tangental kesmasi.
Shu bilan birga yog’och to’qimalari o’zida tegishli moddalarni to’plab o’sib boradi. Yog’ochning o’sishi uning ko’ndalang qismidagi yillik halqalaridan ko’rinadi (2-rasm).
Bu halqalar soni shu yog’ochning yoshini bildiradi. Har bir daraxtning yog’ochi uning og’irligini ko’tarib turish, turli ta’sirlarga chidamliligini ta’minlash vazifalarini ham bajaradi. Daraxtning tanasi, butoqlari, shohlari, novdalari va ildizi uning yog’och qismini tashkil qiladi.
Daraxtning tanasi uning asosiy yo’g’on yog’och qismi bo’lib, ildizlar bilan barglar orasidagi modda almashinuvini ta’minlash hamda daraxtning yerdan ustki qismini ko’tarib turish vazifalarini bajaradi.
Yog’ochlarning tashqi ko’rinishi, yaroqlilik va yaroqsizlik belgilari 2-rasm. Yog’och tanasining ko’ndalang qirqimi: 1-o“zak, 2-o“zak nurlari, 3-yadro, 4-po“kak qatlami, 5-lub qatlami, 6-po“stloqosti, 7-kambiy, 8-yillik qatlamlar.
Xodalarni tilish (bichish) yoli bilan arralangan materiallar olinadi, ulardan esa arralangan tanavorlar (zagotovkal) tayyorlanadi. Arralangan detallar tanavorlardan xodalarning o’zini arralab (tilib) olinadi.
Arralangan materiallar (3-rasm) muayyan o’lchamli va sifatli arralangan mahsulot bo’lib, ikkita parallel yassi yuzasi (qatlami) bo’ladi. Arralangan materialar radial va tangentsial ko’rinishda tilingan bo’lishi mumkin.
3-rasm. Arralangan materiallar assortimenti:
a-plastinka; b-choraktalik;d-tozalab qirqilgan taxta; e-cheti qirqilgan reyka; f-ikki qirrali brus; g-tozalab qirqilgan brus; h-kapantaxta; i-uch qirrali brus; g’-shpala.
Randalangan taxta deb, loaqal bitta yuzasi yoki chetiga randalab yoki frezalab ishlov berilgan materialni aytiladi.
Sinab ko’rish usuli bilan yog’ochning ko’rinishi va yaroqliligi va yaroqsizligi hamda qattiq-yumshoqligi, zichligi, hamda xar turli tashqi ta’sirlarga chidamliligi aniqlanadi.
Yog’ochning qattiqligini unga o’zidan qattiq buyumlarning uchini, tig’ini, qirrasini ma’lum miqdordagi kuchlar bilan botirib ko’rish orqali, aniqlanadi. Bunda har bir maqsad uchun ishlatiladigan eng qulay qattiqlikdagi yog’och sifatli hisoblanadi.
Yog’ochning qancha og’irlikni egilmasdan ko’tarib tura olishini, undan imoratlar, ko’priklar va shu kabilar qurishda asosan tajriba yo’li bilan hamda tegishli hisob-kitoblar orqali aniqlanadi. Bunday tajriba va hisob kitoblar asosida xar bir maqsad uchun qanday yo’g’onlikdagi va uzunlikdagi yog’ochni ishlatish kerakligi aniqlanadi.
Yog’och daraxtni hosil qiluvchi asosiy material bo’lib, daraxt tanasidagi suv va boshqa moddalarni kerakli yo’nalishlarda o’tkazib turish xususiyatiga ega, ham da uziga tushayotgan og’irlikni ko’tarib turish vazifasini bajaradi. Daraxt kesilgandan keyin yog’och tuqimalari orasidagi suv harorat ta’sirida tashqariga chiqish natijasida yog’och Quriy boshlaydi. Bunda suv yog’ochning hamma to’qimalari orasidan bir tekisda va bir xil vaqt oraliqlarida chiqib tursa, yog’och tanasi yorilmasdan quriydi. Agar aksincha yog’ochning biror qismidagi to’qimalari orasidan suv ko’proq, boshqa qismidan esa kamroq tashqariga chiqa boshlasa hamda bundan tashqari, yog’ochning turli qismlaridagi suv tashqariga bir vaqtda chiqmasa, yog’och tanasi bir tekis qurimaydi. Buning natijasida yog’och tanasida yoriqlar paydo bo’lishi, yog’ochning buralish yoki bukilish hodisalari kelib chiqadi (39-rasm). 39-rasm. Yog’ochning yorilishi. Bunday hollarning oldini olish uchun yog’ochni to’g’ri quritish qoidalariga rioya qilinadi. Buning uchun xo’l yog’ochni to’g’ri holatda kerakli og’irlikdagi yuk bilan bostirib quyish va uning sirtiga havo oqimi bir tekisda tegadigan bo’lishini ta’minlash hamda to’liq qurigincha shunday holatda saqlash kerak.
Bundan tashqari, agar yog’ochni biror buyumni yasash uchun kerakli shaklda etarli xolatga keltirish lozim bo’lsa, xo’l yog’ochni kerakli shaklini hosil qilgan xolatga keltirib, tegishli og’irliqdagi yuk bilan bostirib yoki tegishli moslamalar bilan mahkam uning sirtiga havo oqimi bir tekisda bo’lishini ta’minlab, qurigancha shunday xolatda saqlanadi.
Yog’ochning qattiqligini aniqlashning eng oddiy usuli unga mix qoqib ko’rishdan iborat. Oddiy mixni qayrag’och, eman, shamshod, nok, akastiya kabi qattiq yog’ochlarga qoqib bo’lmaydi, tol, terak, qarag’ay kabi yumshoq yog’ochlarga esa asosan qoqiladi.
Hamma yog’och turlari yaxshi yonadigan material xisoblanadi. Shuning uchun yog’ochdan tayyorlangan maxsulotlarni yong’indan saqlash choralari ko’riladi. Ustaxonada yong’in chiqishiga qarshi barcha talablarni vaqti bilan bajarib borish shart.
4-mavzu. Duradgorlikda ishlatiladigan yog’och turlari va xossalari (2 soat)
Do'stlaringiz bilan baham: |