Mustahkamlash uchun savollar:
1.Metchiklarning vazifasi, tuzilishi va turlarini ayting?
2.Tashqi rezba qirquvchi asboblarni tushuntiring?
3.Vorotok va plashka tutkichning vazifasi, tuzilishi va turlarini aytng?
4.Rezba qirqishni mashq qilib ko’rsaning?
AMALIY MAShG’ULOT № 9
Mavzu: Kavsharlash. Kavshar va koviyalar. Kavsharlashni mashq qilish
Ishdan maqasad: Kavsharlash xususiyatlari bilan tanishish va kavsharlash va kavsharlash usullarini urganish.
Asbob-uskuna va jixozlar: Elektr kavsharlagich, yumshoq kavshar, ombur, egov, qaychi, flyus, xar xil simlar.
Topshiriq: Xar xil simlarni detalga yumshoq kavshar bilan kavsharlash.
Tayanch iboralar: kavshar, yumshoq kavshar, qattiq kavshar, flyuslar, kanifol, koviya.
Nazariy ma’lumotlar.
Slesarlik o’quv ustaxonalarida buyum tayyorlashda biriktirishning kavsharlash usuli ham qo’llaniladi.
Kavsharlashda qismlar kavshar deb ataluvchi maxsus metall qotishmalar bilan ajralmaydigan qilib biriktiriladi.
Kavsharlashning payvandlashdan farqi shundaki, payvandlashda biriktiriluvchi va biriktiruvchi metallar suyuqlantiriladi, kavsharlashda biriktiruvchi metall-kavshvrgina suyuqlantirilib, biriktiruvchi metallar suyuqlantirilmaydi.
Yumshoq va qattiq kavsharlar bo’ladi. Yumshoq kavsharlarning suyuqlanish temperaturasi 3000 dan past bo’lib, ularni oson suyuqlanuvchi kavshar deb yuritiladi. Qattiq kavsharlarning suyuqlanish temperaturasi 7000 dan yuqori bo’lib, ularni qiyin suyuqlanuvchi kavsharlar deb yuritiladi.
Qattiq kavsharlar puxta birikmalar hosil qilishda, yumshoq kavsharlar puxtaligi uncha yuqori bo’lmagan va germetik birikmalar hosil qilish uchun ishlatiladi.
Qattiq kavsharlar bilan kavsharlash murakkab ish bo’lib, bunda yuqori temperatura hosil qiluvchi maxsus qizdirgich asboblar ishlatiladi.O’quv ustaxonalarida bunday qizdirgich asboblar bilan ishlash noqulay va xavflidir. Shuning uchun o’quv ustaxonalarida oson suyuqlanuvchi yumshoq kavsharlar bilan ishlash tavsiya etiladi. Bularni suyuqlantirish uchun ishlatiladigan qizdirgich asboblar uncha yuqori temperatura hosil qilmaydi, ular bilan ishlash qulay va uncha xavfli emas.
Yumshoq kavsharlar ikki turga bo’linadi: 1) qalay-qo’rg’oshinli va 2)tarkibiga qalay, qo’rg’oshindan tashqari, vismut, kadmiy va boshqa metallar qo’shilgan kavsharlar.
Yumshoq kavsharlarning markalari, tarkibiga qo’shiluvchi metallarning turlari va ularning miqdori prosent hisobida ko’rsatilgan.
Markalardagi P-pripoy (kavshar), O—olovo (qalay), S-svines (qo’rg’oshinni)ni ifodalaydi. “POS”-qalay-qo’rg’oshinli kavshar degani. Bu harflardan keyingi raqamlar miqdorini prosentlarda ifodalaydi.
Bu kavsharlarni quyidagi hollarda ishlatish tavsiya etiladi. POS-90-gigiyena talablari yuqori bo’lgan oziq-ovqat sanoatida va ro’zg’orda ishlatiladigan idish-tovoqlarning ichki choklari uchun; POS-40-jez, mis, temir, oq tunuka va boshqalarni, shuningdek radiator , elektr va radio apparatlari, fizika-texnika asboblarini kavsharlash, simlarni montaj qilish uchun; POS-30-jez, mis, temir, ruxlangan buyum va boshqa keng iste’mol buyumlarini kavsharlash va podshipniklarni qalaylash uchun; POS-18-chokning mustahkam bo’lishi talab etilmagan hollarda qo’rg’oshin, ruh, ruhlangan temir, po’lat, jez, qalaylangan tunukalarni kavsharlash uchun; POS-4-6 chokning mustahkam bo’lishi talab etilmagan hollarda POS-18 o’rnida ishlatiladi. Rux va ruxlangan tunukani kavsharlash uchun yaramaydi.
Oson suyuqlanuvchi kavsharlar alohida maqsadlardagina ishlatiladi
(7-jadval).
Qalay
|
Tarkibi, % qo’rg’oshin
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |