Mustahkamlash uchun savollar:
1.Chilangarlik qaychilarining vazifasi va turlarini ayting?
2.Dastaki qaychilarning vazifasi va turlari?
3.Richagli qaychilarning vazifasi va turlari?
4.Stul qaychilari va o’tkir jag’’li omburning vazifasi?
Chilangarlik arralari
Ishdan maqsad: Talabalarga chilangarlik arralarining turlari., tuzilishi va ishlatilishini o’rgatish. Arralashni mashq qilish. Asbob-uskuna va moslamalar: Chilangarlik dastgohi, arralari, tiska, nazorat o’lchov asboblari, zagotovka.
Tayanch iboralar: chilangarlik arrasi, dastaki arra, stanokli arra, polotno, tish qadami, ramka.
Nazariy ma’lumotlar
Slesarlik arrasi yordamida har xil qalinlikdagi tunuka va listlarni, polosa va lentalarni. Turli xil profildagi prokatlar arralanadi. Arralash yo’li bilan pazlar, shlisalar ham ochiladi.
Slesarlik arralari dastaki va stanokli arralarga bo’linadi.
Dastaki arra dasta va polotnodan, stanokli arra stanok va polotnodan iborat. Arra stanogi quyidagi qismlardan tashkil topgan: dasta, ramka, tortqi vint va quloqli gayka (barashka).
Stanok ramasi har xil konstruksiyada tayyorlanadi: yaxlit bir butun va ikki qismdan iborat surilma ramkalik bo’lishi mumkin. Qulayligi jihatidan surilma ramkalik arralardan foydalanish maqsadga muvofiqdir, chunki unga har xil uzunlikdagi polotnolarni o’rnatish mumkin.
Arra polotnosining uzunligi 250-300 mm, eni 12-15mm, qalinligi 0,6 mm dan 1 mm gacha bo’lib, ular U10, U10A, U12, U12A markali uglerodli, ShX15, X6VF legirlangan asbobsozlik po’latlaridan va R9, R18 markali tez kesar po’latlardan tayyorlanadi. Polotnolarga qadami 0,8; 1; 1,3; 1,6 mm li tishlar chiqarilgan bo’lib, ularga polotno qalinligidan 0,2-0,5 mm ortiqroq qilib chapara chiqariladi. Mis, latun kabi yumshoq va qovushoq metallarni arralashda tish qadami 0,8-1 mm bo’lgan polotnolardan, qattiqligi yuqori bo’lgan po’lat va cho’yanlarni qadami 1,3 mm li polotnolardan foydalaniladi. Slesarlik arralarining tishlari duradgorlikdagi tiluvchi arralarning tishlariga o’xshash qiyishiq tishli bo’lib, polotnoni stanokkka o’rnatishda tishlarni oldinga –tortqi vint tomonga qaratib o’rnatiladi va tortqi vint yordamida taranglanadi. Polotnoni taranglashda quloqli gayka qo’l bilan buriladi. Ortiqcha tarang tortilgan, shuningdek, salqi o’rnatilgan polotno ish vaqtida uzilib yoki tishlari sinib ketishi mumkin. Shuning uchun uni normal holda taranglash kerak.
Arra polonosi arralanadigan materialning o’lchamiga (uzunligiga) qarab ramka tekisligida yoki ramka tekisligiga tik o’rnatilishi mumkin. Qisqa materiallarni arralashda polotno ramka tekisligida o’rnatilib, uzun o’lchamdagilarini arralashda esa 900 ga burib o’rnatiladi.
Stanokkka yangi polotno rnatish yoki polotnoni holatini o’zgartishda quloqli gayka bo’shatilib, dasta va tortqi vintdagi shtiftlar olinib (ular qisqa o’lchamli mix yoki burama mixdan iborat bo’lishi mumkin), polotno o’rnatiladi va shtiftlar qayta kiritilib, tarangligi sozlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |