Pedagogik texnologiyalarning fan sifatida shakllanishi
“Pedagogik texnologiyalarning maqsadi – uzluksiz ta’lim sharoitida bo‘lajak pedagog tarbiyachilarni o‘qitish va tarbiyalashning zaruriy samaradorligini ta’minlovchi pedagogik texnologiyalar va kasbiy kompetentlikning mazmun-mohiyati, ularni egallash va amalga qo‘llash yo‘llari bo‘yicha muayyan bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirishni nazarga tutadi.
Talabalarga pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat to‘g‘risida ma’lumotlar berib, ularning ilmiy-nazariy va amaliy-metodik asoslari haqida bilim, ko‘nikma, malakalarini shakllantirish.
Xorijiy, MHD, va Respublikamizda to‘plangan pedagogik texnologiyalar va kasbiy kompitentlikni egallash bo‘yicha to‘plangan ilmiy-metodik tajribalarni o‘rganish va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan talabalarni qurollantirish.
Bo‘lajak o‘qituvchi-murabbiylarga zamonaviy pedagogik texnologiyalar, pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari haqida tushuncha berib, ularni egallash va shxsiy faoliyatida qo‘llash malakalarini hosil qilish.
Zamonaviy ta’diya-tarbiya jarayoniga yondashuvlar, pedagogik texnikaning mazmun-mohiyati bilan talabalarni tanishtirib, ularni takomillashtirish yo‘llarini o‘rgatish.
5.”Pedagogik texnologiya”, “Ta’lim texnologiyasi”, “Ilg‘or pedagogik texnologiyalar”, “Zamonaviy pedagogik texnologiyalar”, “Ta’limiy texnologiyalar”, “Tarbiya texnologiyalari”, “Pedagogik mahorat”, “Pedagogik qobiliyat”, “Pedagogik texnika” tushunchalariga berilgan ta’riflar, bu tushunchalar haqida talabalarga ma’lumot berib ulardan o‘quv-tarbiya jarayonida unumli foydalanish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish.
6. Egallangan ilmiy-nazariy bilimlarni shaxsiy faoliyatga mustaqil qo‘llash, ularni takomillashtirish, yangilarini yaratish ko‘nikmasini hosil qilish.
E’tirof etish joizki, hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichida mamlakatimiz iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, ma’rifiy jihatdan rivojlanib jahon hamjihatligida o‘z mavqeiga ega bo‘ldi. Rivojlangan demokratik davlatlarga tenglashib. Ular bilan raqobatga kirisha olish darajasiga etdi. Buning yagona omili
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning o‘z vaqtida qabul qilinib, ta’lim islohotlari va milliy dasturning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi bo‘ldi. Ushbu hujjatlar yuksak umumiy madaniyatga va kabhunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, siyosiy hamda ijtimoiy hayotda to’g‘ri yo‘l topa olish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarni ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodlarini shakllantirish, shuningdek har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moalashgan, ta’lim va kab-hunar dasturlarini ongli ravishda puxta o’zlashtirgan, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalshni nazarda tutgan pedagogik g‘oyani ilgari suradi.
Shunday ekan, sog‘lom va har tomonlama barkamol avlodni yetishtirish oily ta’lim tizimida mehnat qilayotgan pedagogning saviyasiga, tayyorgarligiga va fidoyiligiga, uning yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash ishiga bo‘lgan munosabatiga bog‘liqdir.
Shu sababli o‘qituvchilar o‘z mahoratlarini uzluksiz oshira borishga, hozirgi kunning yuksak talablariga mos zamonaviy bilim va tajribalarni o‘zlashtirishga, ijodiy mehnat qilishga intilmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |