MA’RUZA № 2
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING O‘QUV FANI SIFATIDA SHAKLLANISHI
Reja:
Pedagogik texnologiyalarning vujudga kelishi.
Pedagogik texnologiyalarning fan sifatida shakllanishi.
Tayanch so’zlar: pedagogik texnologiya, kasbiy mahorat, texnologiya tushunchasi, o’qitish texnologiyasi, pedagogik usullar.
Pedagogik texnologiyalarning vujudga kelishi
“Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” fanining predmeti o‘quvtarbiya jarayonini texnologiyalashtirish va kasbiy mahoratni tashillashtirishning ilmiy-nazariy va amaliy-metodik jihati hisoblanadi. Bu ta’rifning mazmunini aniqlashtirish uchun “Pedagogik texnologiya” va “Pedagogik mahorati” tushunchalarining mohiyatini izohlash darkor.Ma’lumki “Pedagogika” tushunchasi, o‘rta asrlardan boshlab tarbiya, ta’lim ma’lumot to‘g‘risidagi fan sifatida istemolga kirib kelib, yosh avlodni tarbiyalash, o‘qitish, ma’lumotli qilishning qonuniyatlari, qoidalari, shakllari, usullari, vositalarini o‘rganuvchi fan deb e’tirof etiladi. “Texnologiya” tushunchasi X1X asrning ikkinchi yarmidan boshlab moddiy ishlab chiqarish, xom-ashyoni qayta ishlashga texnologik yondashish zaruriyatining vujudga kelishi munosabati bilan fanga kirib keldi va yunoncha “Texnik” – mahorat, san’at hamda “Logos” – fan ta’limot ma’nosini anglatadi.
Ma’lumki, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda moddiy ishlab chiqarish jarayonini texnologiyalashtirish, ya’ni sanoat, qishloq xo‘jalligi, transport, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini texnik xizmat asosida tashkil etish va bu sohalarda ishlatadigan mutaxassislarni texnik savodxonligini yo‘lga qo‘yish yuksaltirish ta’limga texnologik yondoshish ehtiyojini paydo qildi. SHu munosabat bilan XX asrning 30-40 yillarida ta’lim texnologiyasi ya’ni yoshlarni o‘qitish, ularni hayotga , mehnatga tayyorlash uchun o‘quv-tarbiya jarayonini texnologik yondashuv asosida tashkil etish ishlari nuqtai nazaridan qo‘llanila boshlandi.
Professor N.N.Avliyoqulovning ta’kidlashicha “Texnologiya”ning fan sifatida vujudga kelishida ishlab chiqarishga texnik xizmat ko‘satish sabab bo‘lgan. Uning fikricha:”texnalogiya” fan sifatida vujudga kelishiga – XVII- asirda, sanoat ishlab chiqarishining paydo bo‘lishi metallurgiya, mashina sozlik, jumladan, sanoat jixozlari, paroxod, parovoz, o‘q otuvchi qurollarni ishlab chiqarish jadal rivojlanishi sabab bo‘ldi”. (pedagogik texnologiyalar, 2008,12-bet)
Ammo, ko‘pincha ilmiy manbalarda qayd etilishicha “Texnologiya” tushunchasi 1872 yild fanga kiritilgan va u texnika taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan. CHunonchi, moddiy ishlab chiqarishda xom ashyoga ishlov berish, uni qayta ishlash jarayoni ko‘rgina tarorlanadigan, ketma-ketlikda amalga oshiriladigan, o‘zaro bog‘liq, yaxlit butunlikni tashkil etuvchi texnologikjarayonlardan tashkil topgani singari o‘quv jarayonini ham aniq ashkil etilgan ta’lim operatsiyalarni (ta’lim shakllari, usullari, vositalari)dan iborat bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |