Shtangen asboblar:
a – shtangensirkul ShS-I; b – shtangensirkul ShS-II; v – shtangenglubinomer; g – shtangenreysmus; 1 – shtanga; 2 - ramka; 3 - nonius; 4 – shtanga labi; 5 – ramka labi; 6 - sirpangich; 7 va 10 – qotiruvchi vintlar; 8 va 9 – mikrouzatkich gaykasi va vinti; 11 - traversa; 12 - glubinomer; 13 - asos; 14 - tutqich; 15 – chizuvchi oyoqcha; 16 – o‘lchovchi oyoqcha.
Shtangen asboblarning alohida belgisi - ularda ikkita shtrixli shkalaning mavjudligi: asosiy va qo‘shimcha. Shkalali shtanga va shkala-nonius shtangen asboblarning asosiy qismlaridir. Shtanga shkalasi bo‘lak birligi 1mm ga teng bo‘lsa, shkala-nonius bo‘lak birligi 0,1 yoki 0,05 mm ga teng bo‘ladi.
Shtangen asboblarda o‘lchash bajarilganda har ikki shkaladan sanoq olinadi va o‘lcham miqdori quyidagi ifodadan topiladi:
A = n1i1 + n2i2 (1)
bu yerda i1 va n1 - asosiy shkalaning bo‘lak birligi va o‘lchangan butun bo‘laklar soni; i2 va n2 - noniusning bo‘lak birligi va asosiy shkala shtrixi bilan ustma-ust tushgan shtrix tartib soni.
л
O‘lchash vaqtida nonius qurilmasi bo‘yicha hisoblash asosiy shkaladan millimetrning kasr ulushlarini hisoblashdan iborat bo‘ladi. Noniusning nol shtrixi ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi, bo‘linmaning ulshlari esa nonius shtrixlaridan birining asosiy shkala shtrixlaridan biriga to‘g‘ri kelishi bilan aniqlanadi.
Shtangensirkul, 5 va 6 lablari bo‘lgan asosiy chizg‘ich – shtanga 1 bo‘yicha 4 va 7 lablari bo‘lgan ramka 3 suriladi. Asosiy chizg‘ich – shangaga millimetrli bo‘linmalar qo‘yilgan, surilma ramkada esa yordamchi shkala - nonius 8 joylashgan. Nonius bo‘linmasining intervali va bo‘linmalarning soni hisoblash kattaligiga bog‘liq. Agar asosiy shkala bo‘linmasining intervali 1 mm ga teng bo‘lsa, u holda nonius bo‘yicha hisoblash qiymati 0,1 mm bo‘lganda noniusdagi bo‘linmalar soni o‘nta, nonius bo‘yicha hisoblash qiymati 0,05 mm bo‘lganda esa 20 ta bo‘ladi.
4 va 7 labli qo‘zg‘aluvchan ramka 3 ni aniq o‘rnatish uchun mikrometrik surishlarga mo‘ljallangan qurilma bor. Bu qurilmada siqish vinti 9 va aniq surish uchun gayka 2 bor. O‘lchash vaqtida ramkadagi mikrometrik surishni ohistalik bilan, zo‘riqtirmasdan bajarish kerak.
Odatda shtangensirkul bilan ichki o‘lchamlarni o‘lchashda shtangensirkul bo‘yicha aniqlanayotgan o‘lchamga ikkala labning qalinligi qo‘shilishi kerak. Bunday kamchiliklar 0,05 mm gacha aniqlik bilan hisoblaydigan yangi konstruksiyadagi shtangensirkul bilan bartaraf etiladi. Bu shtangensirkulda ikkita shkala va ikkita mustaqil nonius bor (biri tashqi, ikkinchisi ichki o‘lchamlarni o‘lchashda foydalaniladi).
Ishning bаjаrilish tаrtibi
1. ShS-I, ShS-II shtangensirkullari, shtangen chuqurlik o‘lchagich, shtangen reysmuslarning tuzilishi bilan tanishish.
2. Ularning tuzilishidagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlash.
3. Shtаngеntsirkulning аsоsiy qismlаri bilаn tаnishish vа tаhlil qilish.
а) shtаngа;
b) vint gаykаsi;
v) nоnius;
g) jаg’lаr;
d) qisuvchi vint
4.SHtаngеntsirkulning o’lchаsh mumkin bo’lgаn оrаliqlаrini аniqlаsh.
Hisоbаt mаzmuni
1. SHtаngеntsirkullаr vа ulаrning ishlаtish hаqidа qisqаchа mа’lumоt.
2. Аsоsiy qismlаrining vаzifаsi vа tuzilishi.
3. Bеrilgаn dеtаlning (gаbаrit) o’lchаmlаrini аniqlаsh vа jаdvаlni to’ldirish.
4.SHtаngеntsirkulning tuzilishi vа ishlаsh printsipini tushuntiruvchi sхеmаlаr chizing.
№
|
Dеtаl nоmi
|
Fоydаlаnilаdigаn
shtаngеntsirkul turi
|
Dеtаlning o’lchаshdа аniqlаngаn qiymаtlаri
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |