«Texnologik ta’lim» kafedrasi " Standartlashtirish, metrologiya, va sertifikatsiya"



Download 4,89 Mb.
bet52/63
Sana23.07.2022
Hajmi4,89 Mb.
#844298
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   63
Bog'liq
Стандарт, қонунлар. амалий

Kontaktli o‘lchash metodi bilan o‘lchashda o‘lchanadigan buyum va o‘lchash asbobining sirti bir-biriga tegadi (masalan, shtangensirkul bilan o‘lchashda).
Kontaktsiz o‘lchash usuli bilan o‘lchaganda o‘lchanayotgan buyum va o‘lchash asbobining sirti bir-biriga tegmaydi (masalan, optik yoki pnevmatik o‘lchash asboblari bilan o‘lchashda).
Detallarning yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini aniqlash maqsadida ishlab chiqarishda detallarni nazorat qilish tushunchasidan foydalaniladi. Nazorat deganda detal o‘lchamining haqiqiy qiymati emas, balki detalning o‘lchami yo‘l qo‘yilgan eng katta va eng kichik o‘lchamlardan, ya'ni dopusk chegaralaridan chetga chiqmasligini qayd qilish tushuniladi (masalan, seriyali ishlab chiqarishda detallarni kalibrlar bilan tekshirishda).
Ishni bajarish tartibi
1. Shtrixli o‘lchash asboblarining tuzilishi bilan tanishish
2. Shtrixli o‘lchash asboblari yordamida o‘lcham olish usullari bilan tanishish
3. O‘lchash metodlari bilan amalda tanishish
4. Har xil detallarning o‘lchamlarini o‘lchash metodlarini qo‘llab o‘lchashni mashq qilish

Nazorat savollari
1. Qanday o‘lchash asbobi shtrixli o‘lchash asbobi deyiladi?
2. Qaysi o‘lchash metodlarini bilasiz?
3. O‘lchash asbobining metr ologik ko‘rsatkichlariga nimalar kiradi?
10-Mavzu: Detallarning geometrik shakllardan og’ishlarini shtangensirkulda nazorat qilishni o’rganish

Ishdan maqsad: shtangensikullarning turlari va tuzilishi, ularda o‘lchash usullarini o‘rganish.
Kerakli asboblar: shtangensirkul, shtangen chuqurlik o‘lchagich, shtangen reysmus, o‘lchamlarini olish uchun mo‘ljallangan detal namunalari.
Nazariy qism
Tashqi va ichki o‘lchamlarni o‘lchash uchun keng tarqalgan asboblar quyidagi shtangen asboblardan iborat: tashqi va ichki o‘lchamlarni o‘lchash uchun shtangensirkullar, chuqurliklarni (teshiklarning, pazlarning chuqurliklarini, chiqiqlarining balandliklarini) o‘lchash uchun shtangen chuqur o‘lchagichlar, detallarning balandilik o‘lchamlarini o‘lchash uchun shtanganreysmuslar. Quyidagi jadvalda chiqariladigan shtangen asboblarning xarakteristikalari keltirilgan.


Nomi

Hisoblash qiymati, mm

O‘lchash chegaralari, mm

Yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar, mm

Shtangensirkullar

0,05

300 gacha
300 – 500

20
50

0,1

1000
1000 – 2000
4000 gacha

100
200

Shtangen chuqur o‘lchagichlar

0,05

300 gacha

50

0,1

300 gacha
400 – 500

100
150

Shtangenreysmuslar

0,05
0,1

200 – 500
300 – 1000
3000 gacha

50
100
-

Shtangen asboblar har bir bo‘linmasi 1 mm bo‘lgan chizg‘ich (shtangen ) va asosiy chizg‘ich - shtanga bo‘yicha siljidigan yordamchi shkala - noniusdan tuziladi. Yordamchi shkala - nonius asosiy shkala bo‘linmasining ulushlarini hisoblashga imkon beradi. Nonius qurilmasi asosiy shkala va nonius shkalasi bo‘linmalari intervallarining farqiga (ayirmasiga) asoslangan.


Misol. Agar asosiy shkala bo‘linmasining intervali 1 mm ga, nonius shkalasi bo‘linmasining intervali iymati 1,0 – 0,9 = 0,1 mm ga teng.
Agar noniusning nol bo‘linmasi (shtrixi) asosiy shkalaning nol bo‘linmasi (shtrixi) bilan bir- biriga to‘g‘ri keltirilsa, u holda noniusning birinchi bo‘linmasi asosiy shkala (shtanga) ning birinchi bo‘linmasidan shkalalar intervallarning ayirmasi qiymatiga, ya'ni 0,1 mm ga siljiydi (orqada qoladi); ikkinchi bo‘linma 0,2 mm ga va hokazo, noniusning o‘ninchi bo‘linmasi esa 1 mm ga siljib, shtanga asosiy shkalasining to‘qqizinchi bo‘linmasiga to‘g‘ri keladi. Noniusni yana davom ettirish foydasizdir, chunki bu ish nonius shtrixlarining asosiy shkala shtrixlariga nisbatan siljishining qaytarilishiga olib keladi xolos. Nonius bo‘yicha hisoblash qiymatini asosiy shkalaning intervalini noniusdagi bo‘linmalar soniga bo‘lish yo‘li bilan ham topish mumkin. Yuqorida ko‘rilgan misolimizda bu quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: 1mm/10=0,1 mm.
Shtangen asboblarning asosiy turlari quyidagi rasmda ko‘rsatilgan.


Download 4,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish