«Texnologik ta’lim» kafedrasi " Standartlashtirish, metrologiya, va sertifikatsiya"



Download 4,89 Mb.
bet2/63
Sana23.07.2022
Hajmi4,89 Mb.
#844298
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
Стандарт, қонунлар. амалий

Mundarija
O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan «Metrologiya to‘g‘risida»gi 1004–XII-sonli Qonunini o’rganish.....................................................................................................4
Xalqaro ISO 9000 seriyasidagi standartlar asosida korxonalarda sifat tizimini joriy qilish talablarini o’rganish………………………………………………………….......................................................8
O'zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Standartlashtirish to'g'risida ” gi Qonunini o`rganish……………………………...............................................................................9
Aloqa va axborotlashtirish sohasida standartlashtirish tizimi. Xalqaro normativ hujjatlarning talablari bilan tanishish……………………………………………………………………………..12
O'zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to`g`risida”gi 1006-XII-sonli Qonuni sharxini o`rganish……………………………………………………………………………………………14
O'zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Iste`molchilar huquqini himoya qilish to’g’risida”gi 221-I-sonli Qonunini o’rganish………………………………………..…….20
O'zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda “Tovar belgisi va xizmat ko’rsatish belgilari va Tovar kelib chiqqan joy nomlari to’g’risida”gi 267-II-sonli Qonunini o’rganish ………………………………………………………………………………………………………28
O'zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi 483-I-sonliQonunini o’rganish……………………………………………………..35

1-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabulqilingan «Metrologiya to‘g‘risida»gi 1004–XII-sonli Qonunini o’rganish.
I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatilmoqda:«metrologiya» — o‘lchovlar, ularning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash usullari va vositalari hamda talab qilinadigan aniqlikka erishish yo‘llari haqidagi fan; «yagona o‘lchov birligi» — o‘lchovlarning natijalari qonunlashtirilgan birliklarda aks ettirilgan va xatoliklari berilgan ehtimollikda ma’lum bo‘lgan o‘lchov holati; «o‘lchov vositasi» — o‘lchovlar uchun foydalaniladigan va normalangan metrologik xususiyatga ega bo‘lgan texnika vositasi; «birlik etaloni» — o‘lcham birligini boshqa o‘lchov vositalariga o‘tkazish maqsadida uni qayta hosil qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan o‘lchov vositasi; «davlat etaloni» — vakolat berilgan milliy organning qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘lchov birligining o‘lchami sifatida e’tirof etilgan etalon;«metrologiya xizmati» — davlat organlari va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari tarmog‘i hamda ularning o‘lchovlar yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan faoliyati;«davlat metrologiya nazorati» — metrologiya qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari amalga oshiradigan faoliyat;«o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish» — o‘lchov vositalarining belgilab qo‘yilgan texnik talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari (vakolat berilgan boshqa organlar, tashkilotlar) tomonidan bajariladigan operatsiyalar majmui; «o‘lchov vositalarini kalibrlash» — metrologik jihatlarning haqiqiy qiymatlarini va o‘lchov birliklarining qo‘llashga yaroqliligini aniqlash hamda tasdiqlash maqsadida kalibrlash laboratoriyasi (markazi) bajaradigan operatsiyalar majmui «o‘lchov vositalarini metrologik attestatsiya qilish» — yagona namunalarda ishlab chiqariladigan (yoki O‘zbekiston hududiga yagona namunalarda olib kiriladigan) o‘lchov vositalarining xossalarini sinchiklab tadqiq etish asosida ular qo‘llanish uchun haqqoniy ekanligining metrologiya xizmati tomonidan e’tirof etilishi «o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish» — o‘lchovlarni bajarish uslubiyotining unga qo‘yilgan metrologiya talablariga mosligini baholash hamda tasdiqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazish; «o‘lchovlarning bajarilish uslubiyoti» — operatsiyalar va qoidalar majmui bo‘lib, ularning bajarilishi xatolari ma’lum bo‘lgan o‘lchov natijalari olishni ta’minlaydi. «sinov vositalarini metrologik attestatsiya qilish» — sinov vositalarining normalangan texnik tavsiflari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash;«sinov vositasi» — sinovlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan, normalangan texnik tavsiflari bo‘lgan texnik qurilma, modda va (yoki) material.

Download 4,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish