Texnologik ketma ketlikni tanlash va uni asoslash


Tanlangan assortimentlar tavsifi



Download 0,6 Mb.
bet3/7
Sana20.06.2022
Hajmi0,6 Mb.
#679434
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs loyiha Xalilov M (3)

Tanlangan assortimentlar tavsifi
Futer assortimenti
Futer- trikotaj matosi bolalar kiyim uchun ishlatiladi sababi, nihoyatda yumshoq va momiq tabiiy mato hisoblanadi. Futer matosi o’z shaklini o'zgartirmasligi va cho'zilishning mustaxkamligi uzoq yillarga xizmat qiladigan trikotaj matosi xisoblanadi. Yumshoqlik, chidamlilik vanafas olish kombinatsiyasi orqali ko'pincha bolalar kiyimi ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan va nozik terili odamlar uchun mukammal hisoblanadi. Bu tabiiy mato har qanday teri uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan havo o'tqazishga qodir.


Interlok assortimenti

Interlok so’zi inglizcha so’z bo’lib. “krest shaklida kesishish” degan ma’noni bildiradi va u ikki lastik aralashmasidan iborat bo’lib uning protajkalari o’zaro krest shaklida kesishadilar. Yuza va orqa tomoni bir xil bo’ladi. Ikkala tomoni ham yuza xalqalaridan tashkil topgan.



Ribana
Bu mato 100 % paxtadan tayyorlangan, yoki material egiluvchanligini berish uchun tarkibiga 5 % viskoza, laykra, polister qo`shilgan holda tayyorlanadi. Bu turdagi materialdan asosan yumshoq va mayin bo`lganligi uchun chaqaloqlar uchun mo`ljallangan kiyimlar va ichki kiymlar uchun tayyorlanadi.

Trikotaj (fransuzcha, tircoter toʻqimoq) — bir yoki bir necha iplardan xalqalar hosil qilib, ularni oʻzaro biriktirish (oʻrish) natijasida olinadigan mato yoki buyum. Trikotaj iplarning tarkibiga, ishlatilishi, pardozlash usuli va tuzilishiga qarab turlarga boʻlinadi. Tarkibiga qarab, paxta ipi, jun, ipak va kimyoviy tola aralashgan iplardan toʻqilgan xillarga boʻlinadi. Ishlatilishiga qarab, trikotaj buyumlar yoki matolarga boʻlinadi. Trikotaj buyumlariga kostyum, jemper, kofta, palto, qoʻlqop, koʻylak, ichki kiyim, paypoq va boshqa matolariga sunʼiy moʻyna, sunʼiy charm kiradi, bular texnik maqsadlarda va turli xil kiyimlar tayyorlashda ishlatiladi. Pardozlash usuliga qarab, dagʻal, oqartirilgan, tekis va boʻyalgan xillarga boʻlinadi. Trikotajning asosiy fizik-mexanik xossalari uning tuzilishiga, xalqalarning shakli va oʻlchamiga, ipning yoʻgʻon va ingichkaligiga, qalinligi va pishiqligiga bogʻliq. Tuzilishi (strukturasi) ga qarab, koʻndalang toʻqilgan, tanda oʻrilishli, bir qavatli va ikki qavatli boʻladi. Trikotaj yumshoqligi, elastikligi, gijimlanmasligi, yengilligi, oson yuvilishi bilan boshqa toʻqima matolardan ustun turadi. Trikotaj oʻrilish boshqa oddiy gazlamalar oʻrilishidan farq qiladi. Bir yoki bir necha uzluksiz ip xalqalarini birbiriga birlashtirib hosil qilinadi. Trikotaj halqalarining qanday hosil boʻlishiga qarab, koʻndalang toʻqilgan (kulir) va boʻylama (tandadan toʻqilgan) trikotaj farqlanadi.


Koʻndalang toʻqilgan (kulir) trikotaj matodagi hamma halqalar qatori bitta ipning birin ketin egilib bukilishidan hosil boʻladi. Boʻylama (tandadan toʻqilgan) trikotajda esa har bir xalqa alohida ipdan hosil boʻladi. Trikotaj oʻrilish bir qavatli va ikki qavatli boʻlishi mumkin. Bir qavatli trikotajning oʻng tomoni bir tomonda, teskari tomoni boshqa tomonda joylashadi. Ikki qavatli trikotajda esa ikkala oʻng tomoni yoki ikkala teskari tomoni bir yoqda joylashgan boʻladi. Ikki qavatli trikotaj qalinroq, pishshiqroq va ogʻirroq. Trikotaj oʻrilish asosiy, hosilaviy va gulli oʻrilishga boʻlinadi. Asosiy oʻrilishlar guruhiga bir xil halqa beradigan oddiy oʻrilishlar kiradi. Bunday oʻrilishlarga kulir toʻqimasi, triko zanjir, atlas misol boʻla oladi. Hosilaviy oʻrilish asosiy oʻrilishni oʻzgartirish yoʻli bilan hosil qilinadi. Bunday oʻrilishlarga hosilaviy kulir toʻqimasi, movut va boshqa misol boʻladi. Gulli oʻrilishlar guruhiga asosiy oʻrilishlar bazasida gul shakli hosil bo`ladigan oʻrilishlar kiradi, bularni tayyorlash uchun mashinaga qoʻshimcha mexanizm kiritiladi hamda hosil qilish jarayonini oʻzgartirish yoʻli bilan mato sirtida gul hosil qilinadi. Bunday oʻrilishlarga pressli, arqoqli, jakkard, futer va boshqa gulli oʻrilgan trikotaj misol boʻladi.
Trikotaj trikotaj mashinasida toʻqiladi. U dumaloq va tekis trikotaj mashinalariga boʻlinadi. Trikotaj mashinasining asosiy detali halqa hosil qilish mexanizmining ignasi hisoblanadi. Ignaning tilli, ilgakli, oʻyiqli va boshqa turlari bor. Ignalar poʻlat sim yoki lentadan 25–100 mm uzunlikda, 0,3—1,0 mm yoʻgʻonlikda ishlab chiqariladi. Ignaning yoʻgʻon ingichkaligi trikotaj halqalarining oʻlchamiga qarab tanlanadi: halqalar qancha mayda boʻlsa, shunchalik ingichka igna olinadi. Trikotaj mashinalari, asosan, trikotaj sanoati uchun ishlab chiqariladi, lekin maishiy qoʻl mashinalari va apparatlari ham bor.
Loyihada korxona 1 yilda 3000-tonna mato ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu hajmning sutkadagi va soatdagi miqdori kuyidagicha xisoblanadi:

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish