Texnologik ketma ketlikni tanlash va uni asoslash



Download 0,6 Mb.
bet1/7
Sana20.06.2022
Hajmi0,6 Mb.
#679434
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs loyiha Xalilov M (3)



MUNDARIJA

  1. Kirish……………………………………………………………………….2

  2. Texnologiya qismi:

Ish tartibini belgilash……………………………………………………........8
Assortiment tanlash va ularning tavsifi……………………………………...10
Texnologik ketma ketlikni tanlash va uni asoslash………………………….13
Asosiy va yordamchi kimyoviy moddalar hisobi............................................16
Texnologik jihozlarni tanlash va ularning hisobi............................................26
Energetik hisoblar (suv, bug’, elektroenergiya)..............................................30

  1. Xisoblash:

Xulosa……………………………………………………………………. .34
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………35

Kirish
Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uning eksport salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida : Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori: Respublika toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida yuqori va barqaror oʻsish surʼatlarini taʼminlash, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va oʻzlashtirish, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish, modernizatsiya qilishning strategik muhim ahamiyatga ega boʻlgan loyihalarini amalga oshirish hisobiga yuqori texnologiyali yangi ish oʻrinlarini yaratish, korxonalarni texnik va texnologik yangilash, ilgʻor “klaster modeli”ni joriy etishga qaratilgan tarkibiy qayta tashkil etishni yanada chuqurlashtirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati rivojlanishining har tomonlama tahlili, raqobatning kuchayishi sharoitida jahon bozorining oʻzgaruvchan konʼyunkturasi sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, yanada barqaror va jadal rivojlanishi mexanizmlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishni taqozo etmoqda.Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, sohani jadal rivojlantirish va diversifikatsiya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, toʻqimachilikda yarim tayyor mahsulotlarni chuqur qayta ishlashga investitsiyalar hajmini va tayyor mahsulotlar eksportini oshirish maqsadida: - 2019 yil 1 apreldan shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq: - 2019-2021 yillarda ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotning kamida 80 foizini eksport qiladigan tikuv-trikotaj korxonalariga tijorat banklarining kreditlari boʻyicha foizlarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan quyidagi tartibda qoplanadi: aylanma mablagʻlarni toʻldirish (tayyor toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun ip-kalava, trikotaj mato, ip gazlama va boshqalar xarid qilish) maqsadida tijorat banklari tomonidan milliy valyutada beriladigan kreditlar boʻyicha belgilangan foiz stavkasining 25 foizi miqdorida, ammo 5 foizli punktdan yuqori boʻlmagan holda; ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish (bino va asbob-uskunalarni sotib olish) maqsadida tijorat banklari tomonidan xorijiy valyutada beriladigan kreditlar boʻyicha belgilangan foiz stavkasining 50 foizi miqdorida; - nol stavkani qoʻllash natijasida vujudga kelgan qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish zarur boʻlgan hujjatlar toʻliq taqdim etilgan kundan eʼtiboran 7 ish kuni davomida soliq toʻlovchiga tezkorlik bilan qaytariladi. Bunda davlat soliq organlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar, shu jumladan, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha taqqoslash dalolatnomasi hamda qoʻshilgan qiymat soligʻi hisob-kitoblarini taqdim etish tartibi bekor qilinadi
-   Birja savdolari orqali paxta tolasini sotishda qatʼiy talab qilinadigan bank kafolatlari bekor qilinadi. Bunda taraflar oʻrtasida majburiyatlar bajarilishini taʼminlash tartibi shartnoma asosida belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tijorat banklari tomonidan tikuv-trikotaj korxonalariga berilgan kreditlar boʻyicha foizlarni qoplash uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni 2019-2021 yillar davomida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasiga ajratsin. - Belgilab qoʻyilsinki, 2019 yil hosilidan boshlab respublika tashkilotlariga paxta tolasini sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻi jahon bozorlarida shakllangan narxlardan qatʼiy nazar, paxta tolasining amaldagi sotish narxidan kelib chiqqan holda hisoblanadi. - Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish hamda samarasiz soliq va bojxona imtiyozlari va preferensiyalarni bekor qilish boʻyicha ishchi komissiya (B.M.Mavlonov) Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahririga ushbu qarorning 1-bandida nazarda tutilgan qoidalar kiritilishini taʼminlasin. - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasidan vujudga kelgan nol stavkadagi qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish toʻgʻrisida taqdim qilgan arizalarini koʻrib chiqish boʻyicha avtomatlashtirilgan dasturni ishlab chiqsin va amaliyotga tatbiq etsin. - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi 2019-2025yillarda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlasin: kompleks yondashuv asosida xom ashyoni qayta ishlash, tayyor mahsulotni, shu jumladan, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish hamda qoʻllab-quvvatlash asosida ishlab chiqarish va eksport qilish, toʻqimachilik mahsulotlarini sotishning ichki va tashqi bozorlarini tadqiq qilishб ichki va tashqi bozorlarda mahsulotlar raqobatbardoshligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, qoʻshimcha qiymat yaratishning yagona zanjirini tuzish; respublikada ishlab chiqariladigan paxta ip-kalavalarning butun hajmini qayta ishlash hisobiga 2025 yilga borib toʻqimachilik mahsulotlari eksporti hajmini 7 milliard AQSH dollariga yetkazish. - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi: 2020 oʻquv yilidan boshlab Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida yetakchi xorijiy oliy oʻquv yurtlarining qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil etsin; ikki oy muddatda 2019 yil oxiriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy kompaniyalarning oʻquv-ishlab chiqarish klasteri ishtirokida ishlab chiqarish obyektlarida taʼlim jarayonini bevosita amalga oshirishni tashkil etish boʻyicha taklif kiritsin; Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti kadrlarining buyurtmachilari bitiruvchining bazaviy kontrakt toʻlovini ikkinchi bosqichda kamida 50 foiz, uchinchi bosqichda kamida 75 foiz, toʻrtinchi bosqichda 100 foiz miqdorida toʻlab bergan taqdirda, bitiruvchining buyurtmachi korxonasida mehnat faoliyatini amalga oshirish majburiyati toʻgʻrisida shartnoma tuzilishi tartibini belgilash choralarini koʻrsin; bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti faoliyatini takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xarita”si loyihasini kiritsin. - Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda: Oʻzbekistonda bir yilda kamida bir marotaba toʻqimachilik tadbirlarini jahon kalendariga kiritgan holda toʻqimachilik va moda industriyasi xalqaro koʻrgazmalari oʻtkazilishi choralarini koʻrsin; Yevropa Ittifoqi, Turkiya, Koreya, Xitoy va boshqa mamlakatlar bilan koʻrib chiqilayotgan kelishuvlarga milliy toʻqimachilik mahsulotlariga nisbatan bojxona toʻlovlarini kamaytirish va tartibga solishning notarif choralarini soddalashtirish masalalarini kiritsin. - “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarining yagona axborot portalini (keyingi oʻrinlarda – portal) ishlab chiqsin va ishga tushirilishini taʼminlasin: tarmoqning tender savdolari (tanlovlar), koʻrgazma va yarmarkalar, shu jumladan, xorijiy koʻrgazma va yarmarkalar roʻyxatini eʼlon qilish; kichik tadbirkorlik subyektlarini toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlarini eksport qilishning toʻliq jarayoniga masofaviy oʻqitish; butun dunyo mamlakatlari boʻyicha toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlarini olib kirish va olib chiqish tahlili yuzasidan toʻliq hisobotlar bilan tanishish; “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash navigator choralari”ni joylashtirish; toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati ishlab chiqaruvchilar va xizmatlar, materiallar va xom ashyo yetkazib beruvchilar joylashuvi koʻrsatilgan Oʻzbekistonning interaktiv xaritasini yaratish; toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish uchun Oʻzbekistonning qiyosiy ustunliklarini eʼlon qilish; toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan onlayn-dasturiy mahsulotlarni xorijiy analoglar bilan integratsiya qilish; moliya xizmatlarini, shu jumladan, lizing kontraktlari boʻyicha qarz mablagʻlarini, uskunalarni hamda sugʻurta xizmatlarini jalb qilish boʻyicha yetkazib beruvchilarni aks ettirish; milliy toʻqimachilik korxonalari uchun ishlab chiqariladigan va talab qilinadigan xizmatlar, materiallar va xom ashyolar nomenklaturasi va hajmini joylashtirish. - “Oʻzstandart” agentligi “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda: 2019 yil 15 fevralga qadar toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlariga ularni sinovdan oʻtkazish usullariga talablarni belgilovchi standartlar boʻyicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazsin va xalqaro meʼyorlarni hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan standartlarni belgilasin; 2019 yil 1 martga qadar toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlariga va ularni sinovdan oʻtkazish usullariga xalqaro standartlar roʻyxatini belgilasin va ularni bosqichma-bosqich qabul qilish jadvalini tasdiqlasin. 10. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor tashkilotlar va tijorat banklari bilan birgalikda ikki oy muddatda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarining amaldagi eksport shartnomalari garovi evaziga ularning mahsulotlarini eksportoldi moliyalashtirish mexanizmini tatbiq etsin. - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda respublika hududiga tayyor toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini noqonuniy olib kirishga qarshi kurashishni kuchaytirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin. - Iqtisodiyot va sanoat vazirligi “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin [1].

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish