Texnologik jihozlarga TXK va ta’mirlash ishlarini tashkil etish. Texnologik jihozlarni o’rnatish, texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash jihoz ishlab chiqargan firma vakillari yoki avtoservis korxonasi bosh mexanik xizmatchilari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Bosh mexanik bosh muxandisga bo’ysunadi. Ushbu xizmat xodimlari texnologik jihozlarning umumiy ro’yxatini olib boradi, TX va ta’mir o’tkazish rejalarini tuzadi, hisobotlar tayyorlaydi, jihozlarni qabul qilish va topshirish dalolatnomalarini tuzadi. Bundan tashqari, xodimlarni yangi jihozlar bilan ishlashga o’qitadi, malakasini oshiradi hamda xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilishni ta’minlaydi.
Jihozlarni ta’mirlashni tashkil etish usulini tanlash korxonadagi mavjud bir xil jihozlar soniga qarab tanlanadi. Bunda jihozlarni o’z kuchi bilan yoki boshqa tashkilotda ta’mirlash mumkin.
Bosh mexanik shtati avtokorxonadagi jihozlar soni, murakkabligiga qarab aniqlanadi va ular, asosan 2-6 malakali (razryad) chilangar-mexaniklar va elektriklardan tashkil topadi va ular texnologik jihozlarning doim texnik soz holda ishga shay bo’lishini ta’minlaydilar.
O’rni kelganda shuni ta’kidlash kerak-ki, xorijiy davlatlarning kichik va o’rta tadbirkorlari texnologik jihozlarni ta’mirlashni o’zlari amalga oshirishdan ko’ra, maxsus firmalar bilan shartnoma tuzishni foydaliroq deb biladilar.
5. Avtokorxonalarda jihozlarni xavfsiz ekspluatastiya qilish qoidalari
Qarash chuqurlarining devorlari(tokchalari)ga, ish joylarini yaxshilab yoritish maqsadi (shaxmat tartibi)da 127 yoki 220 V kuchlanishli, yorug’lik tarqatuvchi (lyuminesstent) lampalar o’rnatildi. Buning uchun qarash chuquri nam bo’lmay, balki quruq bo’lishi hamda uning devorlariga (nam o’tkazmaydigan, yorug’lik qaytaruvchi) lappakchalar qoplangan bo’lishi kerak, tokchalari ta’mirlangan oynalar bilan, elektr o’tkazgichlar esa namdan himoyalagich (gidroizolyastiya) bilan qoplangan bo’ladi. Bundan tashqari, yoritish uchun 42 va 12V kuchlanishli odatdagi lampalardan foydalaniladi. Qarash chuqurlari (uning ostidagi, devorlari orqasidagi) yo’lakcha teshiklar orqali shabadalatiladi va isitiladi. Qarash chuquridagi havo harorati 160S atrofida bo’lishi kerak. Gidravlik ko’targichda avtomobil ostida ishlashga, faqat tirgak tushirilgandan keyin yoki tushirilgandan keyin yoki boshqa ehtiyotkorlik moslamasi qo’yilgandan so’ng ruxsat etiladi. Avtomobil (kuzovi) ko’tarilgan holda turganda, uning ustida odam bo’lishi mumkin emas. Elektromexanik ko’targichda ham (gidravlik ko’targich singari) umumiy talablar mavjud.
Qo’zg’aluvchan gidravlik ko’targichlardan foydalanishda, uni faqat tekis qiya bo’lmagan maydonga o’rnatib, (o’z-o’zidan tushib ketmasligi uchun) ko’tarishdan oldin tushirish klapani ignasi jips (mahkamlab) berkitib qo’yiladi. Domkratda ko’tarilgan avtomobil ostida uzoq muddat ishlash taqiqlanadi. Ko’tarish-tashish vositalarining texnik holatini (talab darajasida ekanligini) maxsus hay’at tekshirib, qabul qilib olmaguncha, undan foydalanish qoida-yo’riqnomalari hamda texnik hujjati (pasporti) yo’q bo’lganda, bu jihozlardan foydalanish mumkin emas. Pol yuzasi bilan baravar balandlikda harakatlanayotgan (siljiyotgan) konveyer (siljitgich)larning uzatma va tortish mexnaizmlarini, shuningdek boshqa yurish mexanizmlari va roliklarini himoya g’iloflari bilan qoplab qo’yish darkor.
Quyidagilar taqiqlanadi: ko’targichni yuk bilan ko’tarig’lik qoldirish, qiya maydonchalarda qo’zg’aluvchan (er ustidagi)kranlarda yuk ko’tarib olib tashish, ishlab turgan paytda siljitgich (konveyer)ni tuzatish. Elektr uzatmali kranlarning metall o’zagi (korpusi) er bilan ulangan (zazemlenie) bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |