2. Texnologik jihozlarni tanlash
Avtomobillarning TXK va T ishlarining mehnat hajmi, narxi va sifatiga korxonaning qanday uskunalangani, ya’ni mexanizastiya darajasi katta ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun “Texnik ta’minlanganlik” tushunchasi kiritilgan bo’lib, korxona texnologik jihozlar bilan to’liq yoki kamchilik bilan uskunalanganlini ko’rsatadi. Noto’g’ri tanlangan jihoz iqtisodiy yo’qotishga sabab bo’lishi mumkin, ya’ni quvvat ortiqcha sarflanadi, bekor turishlar ko’payadi, xizmatchilarning soni ortadi. Shuning uchun yangi jihoz sotib olishdan oldin mavjud jihozdan samarali foydalanish yo’llarini izlash lozim. Imkon bo’lsa, borlarini takomillashtirish choralarini qo’llash kerak.
Texnologik jihozlarni tanlashda juda ko’p texnik, iqtisodiy, ishlab chiqarish, ekspluatastiya talablari hisobga olinadi va bu omillar quyidagilar:
- korxonaning quvvati;
- korxonaning ixtisoslashganligi (yuk, engil, avtobus, maxsus aralashma);
- avtomobillar konstrukstiyasi, (ishlab chiqargan firmasi, rusumi, turi, o’rnatilgan qo’shimcha jihozlari);
- ishchi postlar va ustaxonalar soni (amaldagi, kelajakdagi yoki hisobiy);
- ustaxonalar va postlarning o’lchami, joylashishi;
- quvvat-suv-havo ta’minoti;
- korxonadagi TXK va T ni tashkil etish tizimi;
- TXK va T ishlarining texnologiyasi va tarkibi;
- TXK va T postlarining ixtisoslashganligi;
- TXK va T postlarining jihozlash tamoyili;
- xavfsizlik texnikasi;
- jihozning tavsifi, qo’llash doirasi, narxi, ishonchliligi, o’lchamlari, ishlatish qulayligi.
Jihozning aniq bir modelini tanlashda, bozorda taklif etilayotgan jihozlar ro’yxatidan ma’lum bittasini tanlash zarur bo’ladi. Bunda yuqorida keltirilgan omillar bilan birgalikda jihozlarning texnik darajasi va sifati bo’yicha ham tanlash mumkin.
Bunda quyidagi parametrlar asosiy me’yor sifatida qo’llaniladi:
Jihozning texnik parametrlari;
Jihozning o’rtacha sifat ko’rsatkichi.
Masalan, ko’targichni tahlil qilish uchun – yuk ko’tarish qobiliyati, ko’tarish balandligi, elektrodvigatel quvvati, massasi, tashqi o’lchamlari va boshqa ko’rsatkichlar e’tiborga olinadi.
8.1-rasm. Bir xil turdagi texnologik jihozlarning har xil modellarini siklogrammalari:
A-asosiy namuna; B-1-model; V-2-model; 1...6 - solishtirma texnik parametrlar
|
Taqqoslash uchun guruhdan bittasi ajratib olinadi va uning ko’rsatkichlari asosiy baza deb olinadi. Solishtirishni osonlashtirish maqsadida ko’rsatkichlar nisbiy, ya’ni o’lchovsiz ko’rsatkichga keltiriladi. Hisoblangan nisbiy ko’rsatkichlar asosida texnik daraja siklogrammasi chiziladi. 7.1-rasmda bir xil jihozning uchta modellarining 6 ta texnik parametrlari bo’yicha namunaviy siklogrammasi keltirilgan - A (asosiy namuna), B va V – o’rganilayotgan jihozlar. Qaysi jihoz siklogrammasining yuzasi katta bo’lsa, shu jihoz yaxshi texnik tavsifga ega deyiladi va sotib olish uchun asos bo’ladi. Rasmdan ko’rinib turibdiki, B model boshqalarga qaraganda yuqori texnik darajaga ega ekan.
|
Bozor munosabati sharoitida texnologik jihozlarni sotib olishda uzoq muddatli kredit, lizing, arenda usullaridan foydalanish, korxonani nisbatan ancha qimmat bo’lgan, lekin eng kerakli zamonaviy jihoz bilan uskunalash imkoniyatini tug’diradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |