7-MAVZU. AVTOMOBILLARGA TEXNIK XIZMAT KO'RSATISH VA TA'MIRLASH ISHLARIDA QO'LLANILADIGAN NOSTANDART JIHOZLAR VA MAXSUS ASBOB-USKUNALAR
REJA:
1.Nostandart jihozlar va maxsus asbob-uskunalarning turlanishi.
2.Nostandart texnologik jihozlarni loyihalash asoslari.
3.Nostandart jihozlarni bo'laklarga ajratish va butlash.
4.Texnologik jihoz uchun kuch mexanizmlari va ularni hisoblash asoslari.
Adabiyotlar ro’yxati: A-4, A-5, A-6, Q-3
Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash texnologik jarayonlaridagi ishlarning ayrim amallar va o’tishlarini bajarish uchun zarur bo’lgan moslama, asbob, kichik qurilma yoki uskunani korxona tomonidan, o’z ichki resurslaridan foydalanib, yoki bajarib beruvchi korxonaga buyurtma berib, yakka yoki kichik hajmda tayyorlatib olingan jihoz – “nostandart jihoz” deb qabul qilingan.
Avtomobil transporti korxonalaridagi chilangarlik, temirchilik, payvandlash ustaxonalarida malakali ishchilarning mavjudligi, nostandart jihoz tayyorlash imkoniyatini beradi.
1. Nostandart jihozlar va maxsus asbob-uskunalarning turlanishi
Avtotransport sohasi korxonalarida tayyorlanishi mumkin bo’lgan nostandart jihozlar quyidagi guruhlarga bo’linadi:
Taglik, qisqichlar;
Stol, verstak, tumbochka, tokchalar;
Nostandart yuk aravachalari;
Agregatlarni ta’mirlash jihozlari;
Ajratish va press ishlari uchun jihozlar;
Ko’targich, ilgich;
Estakadalar.
Vintli mexanizm harakatidan hosil bo’ladigan kuchni ishlatuvchi har xil yechgichlarning konstrukstiyalari mavjud. Bunday yechgichlar(6.1, 6.2-rasmlar) presslangan detalni agregatdagi o’rniga mos ravishda tayyorlanadi. Yechgichning ishchi organi bo’lgan ushlagich ichki va tashqi, ya’ni chiqariluvchi detalni tashqarisidan yoki ichkarisidan ilib tortishi mumkin. Masalan: shkiv validagi mufta tashqi ushlagich yordamida; podshipnik oboymasini chiqarish uchun ichki ushlagich ishlatiladi. Shkiv, stupista, shesterenya, podshipniklar va boshqa ulanmalarni echib olish uchun ishlatiladigan universal uch ilgakli yechgichlarning turli mexanik hamda gidravlik yuritmalilari mavjud. Ularning ilgagi asosan sozlanuvchan va uchta bo’ladi. Gidravlik yuritmali echkichlar bajaradigan vazifasiga qarab, 10... 30 tonnagacha kuchlanishlar hosil qila oladi.
Avtomobildan echib olingan agregat va birikmalarni ustaxonaga olib borish uchun aravachalardan (6.3-rasm) foydalaniladi. Joriy ta’mirlash uchun ularni ish bajarish uchun qulay holatda o’rnatish maqsadida maxsus har xil jihozlar, qurilmalar va moslamalar hamda universal chilangarlik verstagi, siqqich va boshqalar qo’llaniladi.
|
|
6.1-rasm. 12 tonnali gidravlik ko’p vazifali yechgich.
|
6.2-rasm. Rul tortqilari sharsimon tanyach barmoqlarini ajratish moslamasi.
|
|
|
6.3. Agregatlarni tashish uchun qo’llaniladigan aravachalar.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |