1.2. Fan bo’yicha talabalarning bilimi, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar
« Avtomatik boshqarish asoslari » о‘quv fanini о‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talablar:
- boshqarish nazaryasi asoslarining rivojlanish tendensiyalari, fanning asosiy muammolari haqida tasavvurga ega bo’lishi;
- sanoatda va texnikada obyektlarni avtomatlashtirish ko’rsatgichlarini, ular asosidagi qurilmalarning vazifalari va ishlash prinsiplarini bilishi;
- avtomatik sistemaning o’rni va roli to’g’risida tasavvurga ega bo’lish;
- avtomatik boshqarish sistemalarining asosiy turlari va ularning matematik ifodasini bilishi;
- boshqarish sistemalarining turg’unlik holatlarini hamda sifat ko’rsatgichlarini baholash usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
- avtomatlashtirish va boshqarish tizimlarining yangi vositalarini yig’ish, ishga tushurish va ulardan foydalanish,shuningdek sinash, foydalanish uchun topshirish va ularga texnik xizmat ko’rsatish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |