Tasdiqlayman:
O`quv ishlari bo`yicha dirеktor
o`rinbosari_________________
"_____"__________________ 200_ yil.
Sinf VII 2-dars
I. Mavzu: Axborot tushunchasi, turlari va ko’rinishlari haqida.
II. Maqsad: O'quvchilarga yuqoridagi mavzuni tushuntirish va ularni axborot tushunchasi haqidagi bilim va ko’nikmalarini oshirish.
III. Darsning jihozi: konpyuterlar va ulani qurilmalari, ko’rgazmali qurollar, plakatlar.
VI. Darsning borishi:
a) O'tilgan mavzu buyicha qisqacha savol-javob.
b) Yangi mavzuni tushuntirish
c) Yangi mavzuni mustahkamlash
XX asrning 50-yillarida yangi fan - informatikaga asos solindi, Informatika inson faoliyatining turli jabhalaridagi axborotlarni izlash, to’plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug’ullanuvchi fandir.
Qisqa qilib aytganda, informatika axborotlar ustida bajariladigan amallar va ularni qo'llash usullarini o'rganadigan fandir.
Demak, informatika uchun asosiy ashyo - axborot. U informatika fanida asos tushuncha sifatida qabul qilingan.
Axborotning so'zi nima?
Uning ilmiy ta'rifi mavjutmi?
Axborot o’z mazmuni va shakliga ko’ra moddimi?
Insoniyat paydo bo'lgandan buyon axborot bilan bevosita ish ko'radi. Shunga qaramasdan, axborot tushunchasiga har tomonlama ilmiy asoslangan ta’rif berilgani yo’q.
Axborot tushunchasi turli sohalarda turlicha ta’riflanadi. Texnika sohasining mutaxassislari uchun axborot - texnika va texnologiyalar, ularni ishlash tartiblari bolsa, tibbiyot xodimlari uchun - bemorning kasallik tashhisi, dori – darmonlar va boshqa ma'lumotlar axborot hisoblanadi. Shu kabi boshqa soha vakillari o’z sohalari bilan bog'iiq ma'lumotlarni axborot sifatida qabul qiladilar.
Axborot informatika fani uchun asos tushuncha sifatida qabul qilingaiiligi sababli, uning ta'rif bermaymiz. Ammo axborot deganida, biz nimani tushunishimizni belgilab olishimiz kerak.
Axborot deganda biz barcha organlaritniz orqall qabul qila oladigan ma'lumotlar majmuini va ularni o'zaro bog'lanishi darajasini tushunamiz.
Inson (jamiyat mahsuli) ga aylanishida odam (tabiat mahsuli) o'zni o'rab turgan olamdan turli ma'lumotlar oladi, ularni o'zaro bog'laydi va shu ma'lumotlar asosida bilimga ega bo'ladi.
IX - X asrlarda Forobiy taxallusi bilan yashab ijod etgan yurtdoshimiz Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug' Tarxon bilish jarayomni ikki bosqich - aqliy bilish va hissiy bilishdan iborat deb hisoblab, ular o'zaro bog'iiq bo'lib, lekin biri boshqasisiz vujudga kelmasligini alohida ta'kitlaydi. Bilishning mazkur bosqichlari axborotsiz shakillanmaydi va, demak, axborot bilishning asosini tashkil etuvchi element hisoblanadi.
Foiobiy «Ilm va san'atning fazilatlari » risolasida tabiatni bilishning cheksizligini, bilim bilmaslikdan bilishga, sababiyatini bilishdan oqibatini bilshga, sifatlardan mohiyatga qarab borishini va, buning asosida, limning borgan sari ortib, chuqurlashib borishini takidlaydi,
Allomaning aytishicha, odamning ibtidosida avvalo «oziqlanishi talabi» paydo bo'lib, unga ko'ra odam ovqailanadi. Shundan so'nggi talablar «tashqi talablar» bo'lib, ular bevosita tashqi ta'sir natijasida sezgi organlari orqali vujudga keladi. Mazkur «tashqi talablar» 5 turlidir:
teri - badan sezgisi;
ta'm bilish sezgisi;
hid bilish sezgisi;
eshitish sezgisi;
ko'rish sezgisi.
V. O'quvchilarni baholash:
VI. Uyga topshiriq: Axborot tushunchasi va uning turlarini o'rganib, yodlab kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |