Texnika fanning zamonaviy muammolari. Reja


FTIning jamiyat hayotiga va insonlar dunyoqarashiga ta’siri



Download 44,47 Kb.
bet2/4
Sana21.01.2022
Hajmi44,47 Kb.
#394491
1   2   3   4
Bog'liq
Texnika fanning zamonaviy muammolari.

FTIning jamiyat hayotiga va insonlar dunyoqarashiga ta’siri.

Fan - texnika inqilobining hozirgi bosqichi - fanning jamiyat hayotini va ishlab chiqarish rivojlanishining asosiy omiliga aylanishi oqibatida ishlab chiqarish kuchlarining tubdan qayta qurilishi bilan tavsiflanadi (tubdan qayta quradi, shu boisdan ham «inqilob» iborasi qo‘llaniladi). Fan bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanadi va Texnika bilan, ishlab chiqarish bilan chambarchas bog‘lanadi (shuning uchun ham alohida ilmiy, yoki Texnika inqilobi emas, balki Fan-Texnika inqilobi deb ataladi). Bu esa ijtimoiy mehnatning mazmunini, sharoitini, ishlab chiqarish kuchlarining tarkibini o‘zgartirib, ijtimoiy mehnatning barcha sohalariga ta’sir ko‘rsatadi. So‘nggi asrlarda Fan-texnika taraqqiyotining amalga oshishida atom tarkibining aniqlanishi, radioaktivlikning kashf etilishi, nisbiylik nazariyasining, kvant mexanikasining, genetikaning, kibernetikaning, reaktiv texnikalrning yaratilishi, ishlab chiqarishni mexanizasiyalashuvi va avtomatizasiyalashuvi, shuningdek, ommaviy axborot va kommunikatsiya vositalarining rivojlanishi muhim ahamiyat kasb etdi. Bundan tashqari bugungi kunda oddiy hisoblangan avtomobil, samolyot, radio, televidenie ham FTI mahsulidir. Ammo, shuni ta’kidlash joizki, Fan-texnika inqilobi xususida XX asrning o‘rtalarida atom bombasi yaratilganidan so‘nggina so‘z yuritila boshlandi. Atom energiyasidan foydalanish ulkan ruhiy natija berdi. Chunki, bu bilan odamlar fanning nafaqat yaratuvchanlik, balki barbod etish imkoniyatining cheksizligiga ishonch hosil qildilar. Davlat hamda xususiy sarmoyadorlar fanni moliyaviy jihatdan ta’minlay boshladilar va ilmiy-tatqiqot institutlari miqdori keskin ko‘payib bordi. Ilmiy faoliyat ommaviy mutaxassislikka aylandi. Insonning kosmosga chiqishi Fan-texnika inqilobining yana bir muhim bosqichi bo‘lib hizmat qiladi. Bugungi kunda elektron hisoblash mashinalari Fan-texnika inqilobining ramzi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Sababi, inson tobora EXM ning zimmasiga mantiqiy funksiyani ham yuklamoqda va istiqbolda boshqaruv hamda ishlab chiqarishni majmuali tarzda avtomatlashtirishni ko‘zlamoqda (Noosfyera). Shningdek, FTI sharoitida sun’iy-kimyoviy mahsulotlarni keng qo‘llanila boshlanganligini, biotexnologiyaning rivojlanganligini, qishloq xo‘jaligida mineral o‘g‘itlar hamda pestisidlardan foydalanish natijasida hosildorlikning oshirilishini (yashil inqilob) ham alohida ta’kidlash lozim.

FTI ning asosiy yo‘nalishlari - ishlab chiqarishni, uni nazorat qilish majmuali avtomatlashtirish; energiyaning yangi turlarini kashf etilishi va foydalanilishi; yangi materiallar ishlab chiqarish. Biroq, FTI mohiyatan biron-bir alohida yirik ilmiy kashfiyot yoki ilmiy yo‘nalish va texnik taraqqiyotga bog‘liq bo‘lmaydi. FTI butun texnologik bazaning hamda ishlab chiqarish usulining qayta qurilishini anglatadi. U materiallar hamda energetik jarayonlardan foydalanishdan boshlanib, mashinalar tizimi va tashkil etish hamda boshqaruv shakllari bilan insonning ishlab chiqarish jarayoniga munosabati orqali yakunlanadi.

FTI insonning xo‘jalik faoliyatini yagona tizimini shakllanishiga; tabiat va jamiyat qonunlarini nazariy anglashga, tabiatni o‘zgartirishning majmuali texnik vositalarini va tajribasini tushunishga, moddiy boyliklar yaratish jarayonini va ishlab chiqarish jarayonida o‘zaro oqilona bog‘liqlikni yuzaga keltirilishiga sharoit yaratadi.

Kishilik jamiyatida hozirgi zamon fan va texnikasining ahamiyatini baholash mushkul. Fan-Texnika inqilobi rivojlangan mamlakatlarda aholi turmush darajasini oshishiga olib keldi. Ushbu mamlakatlarda bolalar o‘limi keskin qisqarib, aholining o‘rtacha umr ko‘rish davri birmuncha uzaydi. Turmush sharoitida tubdan o‘zgarish bo‘ldi, televizorlar, magnitafonlar, vidyeotexnika, personal kompyutyerlar oddiy uy jihozlariga aylandi. Hayot nisbatan qulay va go‘zalroq tus oldi.

Mamlakatlar rivoji haqida so‘z ketganda, ularda FTI yutuqlarining qay darajada foydalanilayotganligiga ahamiyat beriladi.

Texnik vositalar, tanlash imkoniyatini hamda shaxs erkinligi darajasini oshiradi va inson o‘z ehtiyojlari hamda maqsadiga mos keluvchi sharoitni yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi. SHu bilan bir qatorda inson organizmida o‘zi tomonidan yaratilgan sun’iy muhitga psixosomatik moslashish muammosi yuzaga keladi. Insonning moslashish imkoniyatlari jonli tabiatning boshqa shakllariga nisbatan birmuncha yuqori. Albatta, FTI jamiyat va shaxsga bog‘liq bo‘lmagan holda, barcha moddiy boyliklarni ko‘plab miqdorda ta’minlab, insonni baxtli qila oladi, deyish mumkin emas. FTI inson qo‘liga atom energiyasini berdi, ammo undan qanday foydalanish jamiyatga bog‘liq. U inson manfaatlari uchun hizmat qilishi ham, sayyoramizni yadro urushi tufayeli vayron qilishi ham mumkin. Yana bir misol. FTI radio va televizorni yaratdi va bu bilan dunyo haqidagi axborotlarni olish imkoniyatini oshirdi. Lekin, inson o‘zining barcha bo‘sh vaqtlarini televizor qarshisida o‘tkazsa, boshqa insonlar tabiat bilan muloqot qilish xususiyatidan mahrum bo‘lib, nokommunikal bo‘lib qoladi, ko‘rish darajasi pasayadi va h.k. SHu boisdan FTI yutuqlaridan ongli ravishda va to‘g‘ri foydalanish lozim.

FTI inson bilan, uning xohish va istaklari bilan chambarchas bog‘liq. Bir tomondan fan, insonga istalgan narsani beradi, ikkinchi tomondan esa, FTI ning o‘zi ma’lum darajada insonga ta’sir ko‘rasatadi-ki, buni u sezmasligi mumkin. FTI davridagi inson turmush tarzining ruhiy nuqtai nazardan murakkablashib borishi, uning umumiy jismoniy faolligining kamayishi bilan bog‘liq tarzda kuzatilayotgan bo‘lsa-da, u endi avvalgi inson emas. Fan insonning istaklarini bajaradi - degan iboraga yana bir jiddiy qo‘shimcha qilish mumkin. Fanning biron-bir yutug‘ini hayotga tadbiq etish orqali ko‘zda tutilgan natija bilan birga bazi noqulay oqibatlar ham yuzaga keladi. Buni sanoatda, qishloq xo‘jaligida, energetikada ko‘rish mumkin.

Masalan: inson tabiat bilan kurashmoqda, uni o‘ziga bo‘ysindirmoqda, g‘alaba qilmoqda deb juda ko‘p yozilar edi. Bunday g‘alabaning natijasi ayon: tabiat muvozanati buzilmoqda, o‘simlik va hayvon turlari yo‘qolib, noyob bo‘lib bormoqda va «Qizil kitob»ga kiritilmoqda, daryolar, dengizlar, okeanlar, atmosfera, litosfera ifloslanmoqda. Ma’lumki, insonning tabiat ustidan g‘alabasi, futbol o‘yinidagi singari raqiblarning biri ikkinchisining ustidan g‘alaba qozonishidek emas ekan. Inson tabiatdan tashqarida yashay olmaydi. U tabiat mahsuli, uning qo‘ynida hayot kechiradi. SHu boisdan ham tabiatda nimaki o‘zgaradigan bo‘lsa, barchasi oxir oqibatda insonda namoyon bo‘ladi.

Fan kishilar dunyoqarashida katta ahamiyat kasb etadi. Buni tushunish uchun dunyoni bilishning geosentrik nazariyasidan voz kechib, «Kopernik inqilobi» nomini olgan geliosentrik nazariyaga o‘tilishi, ongdagi tub burilish bo‘lganligini anglashning o‘zi kifoya. So‘nggi yuz yilliklarda, fanning jamiyat hayotidagi ahamiyati sezilarli darajada o‘sdi. Shunga monand tarzda fanning dunyoqarashdagi ahamiyatining ham o‘sganligini ta’kidlash mumkin. Fan va FTI bugungi kunda ham kishilar dunyoqarashining shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatib kelmoqda.

Fan bugungi ekologiyaning isbotlashiga ko‘ra, ham ijobiy, ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. YAngi ilmiy-metodologik vositalar ham masalan tizimli yondashuv ham dunyoqarash ahamiyatiga ega. Istiqbolda fanning dunyoqarashdagi ahamiyati yanada ortib boradi deyishga asos bor. Ammo, shu o‘rinda aks ta’sir mavjudligini ham ta’kidlash lozim. Ya’ni, nafaqat fan kishilar dunyoqarashning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi, balki dunyoqarashdagi siljishlar ham ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bugungi kunda ko‘pchilikni o‘zga sayyoraliklar masalasi o‘ylantiradi. Avvallari ham, yoki hozirda bizga o‘zga sayyoralardan ongli mavjudotlar kelganmi? Kelib turishadimi? - kabi savollar barchaga ma’lum. Tabiiyki, fan bu savollarga aniq javob berishi kerak. Shuning uchun ham bugungi kunda ufologiya va palevizitologiya kabi, insonning o‘zga sivilizatsiya vakillari bilan o‘tmishda aloqa qilish imkoniyatlarini o‘rganuvchi ilmiy yo‘nalishlarning vujudga kelishi bejiz emas. Hech qanday o‘zga sayyoraliklar bo‘lamasa ham, fan bu muammoga bo‘lgan qiziqishni ijtimoiy psixologik nuqtai nazardan bo‘lsada o‘rganishi lozim.

Odamlarning katta qismini e’tiborini tortayotgan narsa (muammo) ilmiy qiziqishga olib keladi.

Dunyoning gelio va geosentrik tuzilishi haqida munozara ketayotgan vaqtda ham Kopernik raqiblari inson - ijod gultojisi, shuning uchun ham u yashayotgan sayyora, Koinotning sayyoralaridan biri bo‘lishi, shu jumladan, Quyosh atrofida aylanishi mumkin emas, balki Koinotning markazi bo‘lishi lozim,- degan argumentni qo‘yganlar. Ma’lumki, bu argument oxir-oqibatda ilmiy ma’lumotlarga qarshi tura olmadi. SHu kabi, o‘zga sayyoralarda hayot borligi hamda ular bilan aloqa muammosining bo‘lishi ham, inkor etilishi mumkin. Ilmiy ma’lumotlar bunda ham, hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.





  1. Download 44,47 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish