Hozirgi paytda kompyuterlar uchun ko’pgina noqulayliklar tug’dirayotgan
harxil
turlardagi komp’yuter viruslari keng tarqalgan.SHuning
uchun ham ulardan saqlanish
usullarini ishlab chiqish muxim masalalardan biri hisoblanadi.Viruslarning katta guruhini
kompyuterning ish bajarish tartibini buzmaydigan, ya’ni «ta’sirchan bo’lmagan» viruslar
guruhi tashkil etadi.
85-rasm.Viruslarning ta’siri bo’yicha
tasnifi
Viruslarning boshqa guruhiga kompyuterning ish tartibini buzuvchi viruslar kiradi.
Bu viruslarni quyidagi turlarga bo’lish mumkin: xavfsiz viruslar (fayllar
tarkibini
buzmaydigan), xavfli viruslar (fayllar tarkibini buzuvchi)
hamda juda xavfli viruslar
(kompyuter qurilmalarini buzuvchi va operator sog’lig’iga ta’sir etuvchi). Bu kabi viruslar
odatda professional dasturchilar tomonidan tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: