Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar -texnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar, sani-tariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalari, shaharsozlik normalari hamda qoidalari, ekologik normalar va qoidalar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa hujjatlar.
Texnik reglament - texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat.
Umumiy texnik reglament - texnik jihatdan tartibga solish sohasi-dagi, bir turdagi mahsulotlar, ishlar va xizmatlar guruhi xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat.
Maxsus texnik reglament - texnik jihatdan tartibga solish sohasi-dagi, umumiy texnik reglamentda nazarda tutilmagan mahsulotlar, ishlar va xizmatlar ayrim turining xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat.
Do'stlaringiz bilan baham: |