GLOSSARIY
Sifat - talablarni bajaruvchi xususiy tavsiflar yig‘indisi darajasidir.
Mahsulot (obyekt) sifati - uni qo‘llanilishiga muvofiq aniqlangan ehtiyojlami qanoatlantirishga yaroqligini belgilovchi mahsulot (obyekt)-ning xossalari (tavsiflari) majmuidir.
Obyekt - jarayon yoki faoliyat; mahsulot, xizmatlar; tashkilot; tizim yoki alohida shaxs, ularning ixtiyoriy kombinatsiyasi bo'lishi mumkin.
Standartlashtirish - mahsulot, ish yoki xizmatlaming raqobat-bardoshligini oshirish va mahsulot bilan muomala qilish hamda chiqarish sohasidagi tartiblashtirishga erishishga yo'naltirilgan, ularni ixtiyoriy ravishda ko'p marotaba foydalanish maqsadida qoida va tavsiflarni o'rnatish bo'yicha faoliyatdir.
Standart - mahsulotning tavsifi, ishlab chiqarish jarayonlari, ekspluatatsiya qilish, saqlash, tashish, realizatsiya qilish va utillashtirish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko'rsatishning tavsiflari va amalga oshirish qoidalarini o'rnatishda ixtiyoriy ravishda ko'p marotaba foydalanish maqsadidagi hujjatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |