Texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish


-bob. Institut faoliyatini tashkil etish



Download 262,64 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/21
Sana25.03.2022
Hajmi262,64 Kb.
#509138
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
220-сон 14.03.2019. “O‘zstandart” agentligi huzuridagi Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida

4-bob. Institut faoliyatini tashkil etish
12. Institut o‘z faoliyatida bevosita “O‘zstandart” Agentligiga bo‘ysunadi va unga hisobot
beradi.
13. Institut faoliyatiga “O‘zstandart” Agentligining bosh direktori tomonidan lavozimga
tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor umumiy rahbarlik qiladi.
14. Institut direktori:
Institut vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi va Institutga yuklangan
vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun shaxsan javob beradi;
Institutda ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik ishlar olib borish uchun shart-sharoitlar yaratadi;
Institut Ilmiy kengashining tavsiyalari asosida o‘quv-mavzuli rejalar, dasturlar va ilmiy-metodik
ishlar rejalarini tasdiqlaydi;
Institut faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, dasturlar va kompleks
tadbirlar bajarilishini tanqidiy va chuqur tahlil qiladi;
o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, Institutning boshqa mansabdor shaxslarining
vakolatlarini belgilaydi;
Institut xodimlari, shuningdek, Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi tinglovchilari,
Institut mehmonxonasida yashovchi mehmonlar uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar,
farmoyishlar, yo‘l-yo‘riqlar va ko‘rsatmalar beradi;
xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida Institutning shtat jadvali va xarajatlar
smetasini tasdiqlaydi;
Institut xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Institut nomidan xo‘jalik shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi;
“O‘zstandart” Agentligi bilan kelishgan holda ishlarning haqiqiy hajmidan kelib chiqib zarur
bo‘lganda Institutning tuzilmasi va shtatdagi xodimlar soniga o‘zgartirishlar kiritadi (budjet
tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobiga moliyalashtiriladigan tuzilmalar va shtat birliklari
yuzasidan).
Direktor qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
15. Institut direktori “O‘zstandart” Agentligi bosh direktori bilan kelishgan holda lavozimga
tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan uch nafar o‘rinbosarga ega bo‘ladi.
16. Direktor o‘rinbosarlari:
tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi, ushbu bo‘linmalarga yuklangan
vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etadi;
“O‘zstandart” Agentligi qarorlari, Institut direktorining buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va
sifatli bajarilishini ta’minlaydi;


tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
tarkibiy bo‘linmalar faoliyati masalalari bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha
takliflarni ishlab chiqadi va ularni ko‘rib chiqish uchun direktorga kiritadi;
direktorga Institutning tarkibiy bo‘linmalarida xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish
bo‘yicha takliflarini kiritish, ularning kasbiy mahoratini, malakasini, amaliy tajribasini, ishchanlik va
axloqiy fazilatlarini yuqori darajada ta’minlash, ularning kasbiy malakalarini oshirish, tarkibiy
bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Institutning tarkibiy bo‘linmalari xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli
tanqidiy tahlil qiladi, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitadi, yakunlar bo‘yicha zarur
choralarni ko‘radi.
17. Direktor bo‘lmagan davrda uning vakolatlarini standartlashtirish bo‘yicha direktor
o‘rinbosari amalga oshiradi.
18. Institut huzurida direktor (Ilmiy kengash raisi), faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini
muvofiqlashtiruvchi uning o‘rinbosarlari (lavozimiga ko‘ra), Institut tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari,
Fanlar akademiyasi vakillari, shuningdek, turdosh ilmiy-tadqiqot institutlarida va tashkilotlarda
ishlovchi yetakchi olimlar, malakali mutaxassislardan iborat tarkibda Ilmiy kengash tashkil etiladi.
Institut Ilmiy kengashining shaxsiy tarkibi, a’zolari soni va nizomi Institut direktori taqdimiga
binoan “O‘zstandart” Agentligi tomonidan tasdiqlaydi.
Institut Ilmiy kengashining ish tartibi Institutning ish rejalariga muvofiq tashkil etiladi.

Download 262,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish