Texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish


-bob. Institutning vazifalari va funksiyalari



Download 262,64 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/21
Sana25.03.2022
Hajmi262,64 Kb.
#509138
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
220-сон 14.03.2019. “O‘zstandart” agentligi huzuridagi Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida

2-bob. Institutning vazifalari va funksiyalari
8. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari hisoblanadi:
standartlashtirish bo‘yicha tarmoq texnik qo‘mitalarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash
sohalarida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash;
standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni, shu jumladan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va
boshqa tashkilotlarning buyurtmanomalari bo‘yicha shartnoma asosida ishlab chiqish va
realizatsiya qilish;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash
sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish, standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish,
metrologiya va muvofiqlikni baholash tizimlarining ishlashini va rivojlanishini ta’minlashda ishtirok
etish va mazkur sohalarda ilmiy-texnik axborotni tarqatish, shuningdek, ularni xalqaro, davlatlararo
va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uyg‘unlashtirish.
9. Institut o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) standartlashtirish bo‘yicha tarmoq texnik qo‘mitalarining faoliyatini muvofiqlashtirish
sohasida:


standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar faoliyatini muvofiqlashtiradi, faoliyatini tashkil
etish, tugatishda ishtirok etadi;
standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar hamkorligini rivojlantirishni va o‘zaro yaqin
hamkorlikni ta’minlaydi;
standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalarni tashkil etadi va standartlashtirish bo‘yicha
texnik qo‘mitalar kotibiyati faoliyatini boshqaradi;
standartlashtirish bo‘yicha xalqaro texnik qo‘mitalar va mintaqaviy tashkilotlar faoliyatida
hamda davlat standartlarini xalqaro darajada tarqatishda faol ishtirok etadi;
b) standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash
sohalarida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash sohasida:
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash
sohalarida kadrlar malakasini davriy oshirish va qayta tayyorlashni, shuningdek, tasniflashtirish va
kodlashtirishni amalga oshiradi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga
solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash, shuningdek, tasniflashtirish va kodlashtirish sohasida
kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash reja-jadvali tasdiqlanishini ta’minlaydi;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash,
tasniflashtirish va kodlashtirish masalalari bo‘yicha kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash
o‘quv-mavzuli rejalarini tuzadi va tasdiqlaydi;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash,
tasniflashtirish va kodlashtirish sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashdan o‘tgan
kadrlarning yagona axborot-ma’lumot bazasini yaratadi va kuzatib boradi;
oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa
manfaatdor tashkilotlar, shuningdek, xususiy sektor bilan standartlashtirish, texnik jihatdan
tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida innovatsiyalarni joriy etishga
yo‘naltirilgan o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari uchun tegishli ta’lim yo‘nalishlarida yangi o‘quv
dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari yaratishga ko‘maklashish orqali o‘quv-metodik ishlarning
sifati va darajasini oshiradi;
bakalavr va magistrlarni tayyorlashda ilmiy-metodik ko‘maklashadi, shuningdek, Institut
bazasida standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni
baholashning tegishli mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ta’lim muassasasidan keyingi ta’limni tashkil
etish yo‘li bilan oliy malakali ilmiy va pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshiradi;
iqtisodiyot tarmoqlari uchun standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va
muvofiqlikni baholash sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash jarayonlariga
zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, o‘qitishning samarali shakl va usullarini joriy
etadi;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash
sohasida mutaxassislar tayyorlovchi ta’lim muassasalari uchun ilmiy, o‘quv, o‘quv-metodik
adabiyotlarning yangi avlodini nashr etishga tayyorlash ishlarida ishtirok etadi;

Download 262,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish