1.2 Kemalar turlari
Kema — yuk va yoʻlovchilarni tashish, baliq ovlash, suv ostidan foydali qazilmalar (mas, neft) ni qazish, sport mashklari va musobaqalari oʻtkazish hamda harbiy masalalarni, sayyohlik uchun moʻljallangan suvda suzuvchi inshoot. Qadimda suzib yuruvchi vosita sifatida xodalar va suvda suzadigan boshqa narsalardan foydalanishgan.
Xodalarni bir-biriga bogʻlab qurilgan solni dastlabki kema deb hisoblash mumkin. Qad. Misr, Oʻrta Osiyo, Xitoy, Koreya, Yaponiya, Hindiston va b. mamlakatlarda qayiq va kemalar yasalgan. Misrda dastlab qamish va papirusdan yasalgan sol ishlatilgan. Ossuriyada hayvon terisidan tayyorlangan qopga havo puflab suvdan suzib oʻtishda foydalanishgan. Shim. mamlakatlarda qayin poʻstlogʻidan qurilgan, daraxt tanasini oʻyib yasalgan yoki karkasga hayvon terisi tortilgan (chelnok) qayiqlardan foydalanishgan. Misrda qadimdan koʻp eshkakli dengiz kemasi rasm boʻldi. Borabora kemasozlik takomillashib, kemaning oʻlchamlari va yuk koʻtaruvchanligi ortib bordi, unga eshkak va yelkanlar oʻrnatildi (mas, X. Kolumb "Santa Mariya" yelkanli kema — karavellada Amerikani ochgan, 1492). Rus mexanigi I. Kulibin 1772-yilda gʻildirak (charxpalak) li kemani yaratdi. Angliyada 1882-yil birinchi temir paroxod (bugʻ kemasi) qurildi. 19-asr 40-y.larida vintli kema qoʻllana boshladi. Birinchi bugʻ turbinali kema ("Turbiniya") Angliyada yaratildi (1894). Rossiyada dunyoda birinchi boʻlib ichki yonuv dvigateli oʻrnatilgan kema ("Vandal") qurildi (1902). Keyinchalik elektr dvigatelli (1913, AQSH), gidromuftali (1925, Germaniya), 20-asr 50-y.larida suv osti qanotli kemalar paydo boʻldi. Kemalarga gaz turbinalari, atom kuch qurilmalari oʻrnatildi, atom turboelektroxodlar paydo boʻldi. Hozir suv yoʻllarida pa-roxodlar, teploxodlar, elektroxodlar, atomoxodlar qatnaydi.
Oʻzbekistonda ham qadimdan kema lardan foydalanilgan. Amudaryo va Orol dengizida K.lar qatnagan. Ilgari, asosan, yelkanli K.lar boʻlgan. 20-asr boshlarida Amudaryo va Orol dengizida yuklar va yoʻlovchilar tashilgan (mas, 1924-yil Oʻrta Osiyo suv yoʻllarida 20 kema, 1500 qayiq qatnagan). 1923-yil Oʻrta Osiyo paroxodchilik boshqarmasi tuzilgan (1956-yil u sobiq Ittifoq Dengiz floti vazirligi ixtiyoriga oʻtkazildi). 1950-yil Termizda daryo porti ochildi. Amudaryo sohillarida bir necha bandargohlar qurildi. 1980-yilga kelib Oʻzbekistonda suv yoʻllarining umumiy uz. 2800 km ga yetdi. 1995-yil "Termiz daryo porti", "Xorazm daryo floti", "Qoraqalpogʻiston daryo floti" i. ch. birlashmalari tashkil qilindi. Daryo suvining kamayishi va Orol dengizining qurib borishi tufayli suv yoʻllari keskin qisqardi. Respublika daryo flotida 150 ga yaqin teploxod bor, suv yoʻllarining umumiy uz. 1000 km ga yaqin (2002). Xalq xoʻjaligi yuklari, asosan, Termiz — Hayraton, Sharlavuq — Toʻrtkoʻl, Xoʻjayli — Toʻrtkoʻl, Xoʻjayli — Beruniy, Qoratov — Taxiatosh yoʻnalishlarida tashiladi.
Vazifasiga koʻra, kemalar transport, ovchilik, sanoat-xoʻjalik, maʼmuriyxizmat, harbiy, ishlarini bajaruvchi, kemalarga xizmat koʻrsatuvchi turlarga boʻlinadi. Transport kemasida yuk, yoʻlovchilartashiladi; ovchilik kemasida kit va baliq ovlanadi; sanoat-xoʻjalik sida suv ostidagi neft burgʻilanadi; xizmat koʻrsatuvchi kema shatakka oluvchi, brandvaxtlar, kabel kemasi, muzyorarlar, doklar, suzib yuruvchi mayoq va b.ga boʻlinadi.
Suzib yurish hududi va usuli boʻyicha kemalar dengizda, ichki suvlar va aralash suvlarda suzib yuradigan turlarga; oʻziyurar (paroxodlar, teploxodlar, elektroxodlar, atomoxodlar) va shatakka olinadigan (barja, lixter); harakatlanish usuliga koʻra, suv osti qanotli, havo yostigʻida harakatlanadigan turlarga boʻlinadi.
kemaning asosii qismlari: korpus, qurilmalar (rul, yakor, qayiqni tushirish-koʻtarish va b.), yongʻinga qarshi, maishiy, suv bilan taʼminlash, shamollatish, havoni moʻʼtadillash tizimlari, energetik qurilmalar, harakatlantirgich navigatsiya asboblari, aloqa vositalari bilan ham jihozlanadi. Dengizda suzish kemaning muhim koʻrsatkichi hisoblanadi. Foydalanish-texnik koʻrsatkichlari — harakat tezligi, suzish uzokligi, puxtaligi, suv sigʻimi, yuk koʻtaruvchanligi, yoʻlovchilar soni va b.
Harbiy kemalar maxsus harbiy topshiriqlarni bajarish uchun moʻljallanadi va tegishli harbiy texnika bilan qurollantiriladi. Bularga avianosetslar, kreyserlar, qavo mudofaasi kemalari, radiolokatsiya va dozor kemalari, suv osti kemalari, qoʻriqchi kemalar, Torpedo katerlari, suvga minalar qoʻyuvchi va suvni minasizlantiruvchi kemalar kiradi. Harbiy kemalar va ularga oʻrnatiladigan jangovar qurollar yangi elektron texnika yordamida boshqariladi.
Kemani yaratishda loyihalash nazariyasi, qurilish mexanikasi, mashina va mexanizmlar nazariyasi, materiallar qarshiligi, nazariy mexanika, kemalar yasash texnologiyasi, kemasozlik iqtisodiyoti kabi fan va sohalardan keng foydalaniladi. Kema yasash istiqboli kemalarni universallashtirish va ixtisoslashtirish, kemalar yasash texnologiyasini takomillashtirish, kemalarning tezligini, yoʻlovchilar va yuklar tashish quvvatini oshirish, suv osti qanotli va havo yostiqli kemalarni koʻproq qurish va b.ga yoʻnaltirilgan. Ayniqsa, sayyohlik kemalarining qulayligini oshirishga katta eʼtibor berilmokda, chunki aviatsiya va transportida falokatlarning koʻpayganligi kema sayyohligi taraqqiyotiga yoʻl ochib berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |