1.2. Sinfdan tashqari mashg`ulotlarning o`quvchilar ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishdagi o`rni
Texnologiya fanining o`ziga xos xususiyatlaridan biri, bu umumtalim maktablaridagi o`quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirib, rivojlantirish imkoniga ega bo`lgan kam sonli fanlardan biridir. Maktab o`quvchilarining ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantrish talim jarayonining ajralmas qismlaridan hisoblanadi. Bu jarayon faqatgina sinflardagi mashg`ulotlari bilan chegaralanib qolmasdan, o`quvchilarning sinfdan tashqari faoliyatlarini ham qamrab oladi.
Sinfdan tashqari faoliyat – bu darsdan tashqari vaqtda pedagog tomonidan o`quvchilarning ijtimoiy hayotga moslashishlariga zarur sharoit yaratish maqsadida har xil shakldagi faoliyatni tashkil etishidan iborat.
Sinfdan tashqari ishlarning o`quvchilarga tarbiyaviy ta‘siri juda keng: birinchidan, sinfdan tashqari faoliyatning turli-tumanligi o`quvchilarning har doim ham darsda aniqlash iloji bo`lmagan har xil individual qobiliyatlarining yanada kengroq namoyon bo`lishiga ko`maklashadi; ikkinchidan, o`quvchilarni sinfdan tashqari faoliyatning turli ko`rinishlariga jalb qilinishi ularning shaxsiy tajribalarini, kishilarning har xil faoliyatlari haqidagi bilimlarini boyitib, amaliy ko`nikma va malakalarni egallashlariga ko`maklashadi; uchinchidan, sinfdan tashqari faoliyatning har xil turlari o`quvchilarda shu faoliyat turlariga qiziqishlarini rivojlantirib, jamiyat uchun zarur bo`lgan sohalarda faol ishtirok qilishga undaydi; to`rtinchidan, sinfdan tashqari faoliyatning har xil shakllarida o`quvchilar faqat o`zlarining individual xususiyatlarini namoyon qilib qolmasdan, jamoa bilan birgalikda faoliyat ko`rsatishni, o`zaro hamkorlik qilishni, o`rtoqlarilariga yordamlashish kabilarni o`rganadilar. Xususan, sinfdan tashqari faoliyat turlari – ijodkorlik, bilim olishga yo`naltirilgan, sport musobaqalari, mehnat ta‘limi bo`yicha, o`yin faoliyatlari kabilarning barchasi o`quvchilarning ma‘lum ma‘nodagi jamoaviy hamkorlik tajribalarini boyitadi va katta tarbiyaviy samaraga ega hisoblanadi. Ijodkorlikka o`rgatishning asosiy shakllari quyidagicha bo`ladi. Fan to`garaklari. To`garak mashg`ulotlarining mazmuni: fan dasturidagi o`quvchilarni qiziqtiradigan alohida mavzularni chuqurlashtirib o`rganish; buyuk olimlar, fan va madaniyat arboblari, rassom va muhandislarning hayoti va ijodiy faoliyati bilan tanishish; fan va texnikaning oxirgi yangiliklarini o`rganib borish; olimlar yoki ilmiy kashfiyotlarga bag`ishlangan kechalar o`tkazish; texnik modellashtirish yoki tajriba ishlarini tashkil qilish; taniqli insonlar bilan uchrashuvlarni tashkil qilish kabilardan iborat bo`lishi mumkin. Ilmiy jamiyatlar. Keyingi yillarda ta‘lim muassasalarida o`quvchilar ilmiy jamiyatlarini tuzish ommalashib bormoqda. Ilmiy jamiyatlar to`garak faoliyatini muvofiqlashtirib boradi, fan va texnikaga bag`ishlangan ommaviy tadbirlarni o`tkazadi, bilimlarning turli sohalari bo`yicha tanlovlar va olimpiadalarni o`tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |