50
alohida petlya chokda tikiladi. So`ngra kashta tikilgan avraning ostki qimiga
bostirib tikiladi. Ostki qismidagi issiq vatin yoki paralondan 1 sm. kesib tashlanadi,
shunda biriktilgan chok qalin bo`lmaydi. G`ilofning pastki qismiga mag`iz bilan
ishlov beriladi.
CHoynak tagiligi 3 qavat asosiy gazlamadan
turli shaklda bichiladi, qo`lda
yoki mashinada qaviladi va atrofi choynak g`ilofi bilan bir hilda mag`iz bilan
ishlov beriladi.
CHoynak ushlagichlari ham choynak tagligi kabi tayyorlanadi.
Zig`ir, paxta, shoyi tolali gazlama qoldiqlaridan choynak uchun istigich
tayyorlash mumkin (3-rasm).
CHoynak uchun sitigich ikki qismdan: aylana shaklidagi choynak tagligi va
qizaloq choynak g`ilofidan iborat. CHoynak tagligi aylana shaklidagi ikki qavat
gazlama bo`lagi va vatindan tashkil topgan. Bular hammasi birgalikda qo`lda yoki
mashinada qavilib, uning atrofini arngli mag`iz bilan ishlov beriladi. CHoynak
g`ilofi to`rt bo`lakli avra-astar hamda ular oarsidagi vatindan tashkil topgan.
Vatnni ham huddi avra yoki astardek to`rt bo`lakdan iborat
qilib bichiladi va bu
bo`laklar bir-biri bilan qo`lda uchma-uch (biriktirma chok bilan qalin bo`lib
ketasligi uchun) qilib tikiladi. CHoynak g`ilofi avrasining bita bo`lagiga
applikatsiya va kashta bilan qizaloqni tikiladi. G`ilofning pastki qismi burma bilan
bezatiladi. So`ngra g`ilof avrasi, vatini va astari bir-biriga kiritilib, pastki qismi
rangli mag`iz bilan bezatilib tikiladi. G`ilofning yuqori qismiga huddi soch
turmagiga o`xshab turuvchi sharcha-ushlagich mahkamlanadi. Bu sharchani aylan
shakldagi gazlama bo`lagiga paxtani o`rab ham tayyorlash mumkin.
4-rasmmda choynak g`ilofining turli modellari berilgan. Bu g`iloflarning
tikilish
uslubi bir hilda, faqatgina ularga ketadigan materiallar ranglari, g`ilof
o`lchamlari va shakllari hamda bezatilishi turlicha bo`ladi.
Istalgan gazlama qoldiqlaridan turli shakldagi qozon yoki choynak ushlagich
tayyorlash mumkin (8-rasm).
CHoynak ushlagichni tayyorlash uchun avval uning chizasini rasmdagidek
qirqib olish zarur. Andoza bo`yicha ustki va ostki ikkita asosiy detallar bichib
olinadi. Ustki qismiga rasmdagidek yoki boshqa turdagi applikatsiya tikiladi yoki
yopishtiriladi (choynak g`ilofiga qaralsin).
So`ngra ushlagich detallarini o`ngini ustiga qaratib 0,5 sm. chokda aylantirib
tikib chiqiladi.
CHoklar va ushlagichning yuqori qismi rangli tasma Bilan mag`izlab
tikib
chiqiladi. Bunda tikilayotgan mag`izdan xalqa qilib ushlagich burchagiga
mahkamlab qo`yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: