O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNALOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNALOGIYALARI UNIVERSITETI
Pochta aloqasi texnologiyasi kafedrasi
Pochta aloqasida raqamli texnologiyalar
AMALIY ISHI
Bajardi: 131-18 - guruh talabasi
Shomurodov Abdurahmon
Qabul qildi : Jo‘rayev Lazizjon
2022 - yil
23
|
Shomurodov Abdurahmonjon
|
Elektron tijoratda elektron imzodan foydalanish
|
ELEKTRON RAQAMLI IMZO TIJORATDA
ELEKTRON TIJORATDA BITIMLARNI AMALGA OSHIRISH TARTIBINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
“Elektron tijorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, elektron tijorat subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga solish hamda elektron tijorat subyektlari tomonidan bitimlar sodir etilishi tartibini, elektron tijoratda qo‘llaniladigan elektron hujjatlar va xabarlarni saqlash tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Quyidagilar:
Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalari
Shartnomalarni tuzishda elektron raqamli imzolarni qo‘llash va elektron hujjatlarni hamda elektron tijoratda qo‘llaniladigan elektron xabarlardagi mavjud axborotni saqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilab qo‘yilsinki:
axborot tizimlaridan foydalangan holda tuzilgan shartnoma yozma shaklda tuzilgan va taraflar tomonidan imzolangan, shu jumladan taraflarning muhrlari bilan tasdiqlangan shartnomaga tenglashtiriladi;
elektron tijorat orqali realizatsiya qilingan tovarlarni sotuvchiga va yetkazib beruvchiga shaxsiy mulk, ijara va boshqa foydalanish huquqiga asosan tegishli bo‘lgan avtomobil transportida O‘zbekiston hududi bo‘ylab yetkazib berishda shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro avtomobilda yo‘lovchilar va yuk tashishlarni amalga oshirish uchun litsenziya olish talab qilinmaydi, qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Milliy axborot-izlash tizimida elektron tijoratning mahalliy axborot resurslarining doimiy ravishda yangilanadigan bo‘limi shakllantirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Vazirlar Mahkamasining “Yuridik va jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazishni hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 71-modda) ilovaning 1-bandi ikkinchi xatboshidan “shuningdek elektron tijoratga nisbatan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |