Texnalogiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy



Download 136,79 Kb.
bet3/5
Sana11.05.2022
Hajmi136,79 Kb.
#602236
1   2   3   4   5
elektron xabar — axborotni jo‘natuvchini identifikatsiyalash imkonini beruvchi elektron shaklda qayd etilgan axborot;
elektron vosita — elektron shaklda axborotni qayta ishlash, saqlash va uni ayirboshlashga mo‘ljallangan kompyuter va (yoki) boshqa texnik asbob, shuningdek telekommunikatsiyalar tarmog‘i;
elektron shartnoma (keyingi o‘rinlarda shartnoma deb ataladi) — tovarlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisi uchun axborot tizimlaridan foydalangan holda sotuvchi va xaridor o‘rtasida tuziladigan shartnoma;
elektron hujjat — elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiyalash imkonini beradigan boshqa rekvizitlarga ega bo‘lgan axborot.
Elektron tijorat subyektlari
Elektron tijorat ishtirokchisi (sotuvchi, xaridor) va axborot vositachisi (elektron tijorat subyektlari hisoblanadilar).
Elektron tijorat subyektlari tuzilgan shartnoma talablariga muvofiq huquqni amalga oshiradilar va ega bo‘ladilar, majburiyatlarni bajaradilar.
Sotuvchi quyidagi huquqlarga ega:
elektron tijorat maqsadlarida mavjud bo‘lgan axborot resurslarida ofertani joylashtirish;
shartnomalar tuzish yo‘li bilan tovarlarni sotish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish);
axborot vositachilariga elektron hujjatlar va elektron xabarlarni saqlash uchun berish.
Sotuvchi:
a) elektron tijoratda tovarlarni sotishda (ishlarni bajarishda, xizmatlar ko‘rsatishda), shu jumladan tovarlar (ishlar, xizmatlar) to‘g‘risidagi zarur va ishonchli axborotni xaridorga taqdim etish bo‘yicha raqobat va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;
b) elektron hujjatlar va elektron xabarlarni belgilangan tartibda saqlashni ta’minlashi;
v) elektron tijoratning boshqa ishtirokchilarini o‘zi to‘g‘risida elektron shaklda davlat tilida, zaruriyat bo‘lganda esa boshqa tillardagi ishonchli axborotdan tegishli foydalanishni ta’minlashi shart, axborot quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak:
yuridik shaxs uchun — tadbirkorlik faoliyati subyektining tashkiliy-huquqiy shakli ko‘rsatilgan holda uning to‘liq nomi; yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, tadbirkorlik faoliyati subyektining soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;
joylashgan joyi (pochta manzili), elektron pochta manzili, bog‘lanish telefoni raqami;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning raqami, amal qilish muddati, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishga vakolatli organning nomi).
Sotuvchidan chiquvchi oferta yoxud taklif etilayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) to‘g‘risidagi axborot axborotni buzmasdan qayta tiklash va sotuvchi to‘g‘risida, shuningdek u tomondan taklif qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar), ularning narxlari va tariflari, shuningdek ularni sotish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) shartlari to‘g‘risida ishonchli tasavvur hosil qilish imkonini beruvchi elektron shaklda taqdim etilishi kerak.
Elektron tijorat subyektlari, elektron hujjatlar va elektron xabarlarni ayirboshlash uchun tegishli axborot tizimlarini boshqarishni aniq tashkil etishni ta’minlab shartnoma asosida axborot vositachisi xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.
Axborot vositachilari jumlasiga quyidagilar kiradi:
elektron tijorat ishtirokchilarining elektron hujjatlari va elektron xabarlari aylanishi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi telekommunikatsiya tarmoqlari operatorlari va provayderlari;
elektron tijorat ishtirokchilarining to‘lov tizimlaridan foydalanilishini va to‘lovlar o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi banklar;
elektron yarmarkalar, kimoshdi savdolari va tanlovlar tashkil etilishini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;
elektron tijorat ishtirokchilarining elektron hujjatlari va elektron xabarlarini saqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar.
Axborot vositachilari jumlasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa yuridik shaxslar ham kiritilishi mumkin.
Axborot vositachilari sotuvchi va xaridor o‘rtasida tuziladigan shartnomalarning taraflari hisoblanmaydilar.
Axborot vositachisi quyidagi huquqlarga ega:
o‘z vakolati doirasida shartnoma asosida elektron tijoratda elektron hujjatlar va elektron xabarlar aylanishi bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish;
elektron tijorat ishtirokchilariga ko‘rsatiladigan xizmatlar shartlarini belgilash.
Axborot vositachisi:
elektron tijorat sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarga rioya etishi;
o‘zining to‘liq nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, ko‘rsatiladigan xizmatlar, ularni ko‘rsatish shartlari va qiymatlari (tariflari) haqidagi axborotni elektron tijorat ishtirokchilariga oshkor qilishi;
elektron hujjatlarning va elektron xabarlarning mazmunini, ulardan foydalanish tartibini o‘zgartirmasligi, elektron tijorat ishtirokchilari bilan tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
elektron hujjatlarni, elektron xabarlarni hamda shaxsga doir ma’lumotlarni ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish chora-tadbirlari bilan ta’minlashi;
elektron hujjatlarni va elektron xabarlarni uchinchi shaxslarga yubormasligi shart (qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno).
Axborot vositachisi qonun hujjatlariga hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va o‘z zimmasiga o‘zga majburiyatlar olishi mumkin.
elektron tijoratni amalga oshirishda foydalaniladigan ma’lumotlarning elektron arxivini tashkil etishi, ular belgilangan tartibda saqlanishini ta’minlashi;
axborot tizimlaridagi mavjud axborotning yaxlitligi va maxfiyligini ta’minlashi shart.
Axborot vositachisi berilayotgan, olinayotgan, saqlanayotgan elektron hujjatlar va elektron xabarlarni nazorat qilishga yoki ularning ishonchliligini, shuningdek ularning qonun hujjatlariga muvofiqligini nazorat qilishga yoki ishonchliligini tekshirishga majbur emas, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa.
Elektron tijorat subyektlarining axborot vositachisi orqali yuborilayotgan elektron hujjatlar va elektron xabarlar mazmuni bilan bog‘liq bo‘lgan huquqiy oqibatlar uchun axborot vositachisi javobgar bo‘lmaydi.
20. Xaridorga ushbu Qoidalarda, tuzilgan shartnomada va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha huquqlar beriladi va zimmasiga majburiyatlar yuklanadi.

Download 136,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish