Тесты для самоконтроля. Книга будет полезной также для магистров и практикующих детских хирургов


Davolash.  Boshqa  kasalliklar  kabi



Download 3,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/221
Sana06.09.2021
Hajmi3,87 Mb.
#166136
TuriТесты
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   221
Bog'liq
darslik fbx 2 tom-min

Davolash.  Boshqa  kasalliklar  kabi  PBSni  ko‘rinishlari  har  xil  bo‘ladi. 
Qorin  devori  o‘zgarishlari  turlicha  bo‘ladi  hamda  undagi  o‘zgarishlar  darajasi 
siydik  yo‘llari  dilyatatsiyasi  va  renal  displaziyaga  mos  kelmasligi  mumkin. 
Qorin  devori  shikastlanishi  og‘irligini  va  siydik  trakti  o‘zgarishlari  darajasi 
orasida  fenotipik  korrelyatsiyasi  bo‘lmagandek,  kavak  tizimi  dilyatatsiyasini 
variabelligi yuqori darajasi buyraklarni holati bilan koorelyatsiya qilinmaydi. Bu 
sindromning  klinik  variantlari  keng  miqyosda  farqlanganligi  sababli,  bu 


 
91 
kasallikni  tasniflash,  uning  kechish  qonuniyatini  tushinish  va  mumkin  darajada 
davolashni standartlash harakatlari samarasiz bo‘lgan. Shuning uchun biz har bir 
PBS bilan og‘rigan bolaga individual yondoshish kerak deb isoblaymiz. 
PBS  bilan  tug‘ilgan  chaqaloqni  yaqin  oraliq  prognozi  o‘pka  holatiga 
bog‘liq.  Ba’zi  homila  davrida  rivojlangan  kam  suvlik  va  suvsizlik  davrida 
rivojlangan, buyraklar og‘ir shikastlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan PBS bilan yangi 
tug‘ilgan  chaqaloqlar  o‘pka  gipoplaziyasi  bilan  tug‘iladilar.  Ularning  ko‘chiligi 
tug‘ilganidan so‘ng o‘ladi yoki o‘lik tug‘iladi. Homila amniotik suyuqlikni etarli 
hajmida rivojlangan hollarda, o‘pka gipoplaziyasi bo‘lmasa ham, katta muammo 
hosil qilmaydi. Bunday bolalada uzoq muddatli prognozi buyraklarning  holatiga 
bog‘liq. Bunda ikkita faktor inobatga olinishi kerak: birinchisi  – homila davrida 
paydo bo‘lgan qaytmas o‘zgarishli buyrak displaziyasini tarqalganligi, ikkinchisi 
–  buyraklarda  qaytalanuvchi  infeksiya  natijasida  hosil  bo‘lgan  yoki  kam 
hollarda,  aniqlanmagan  obstruksiya  natijasida  kelib  chiqqan  jarohat  darajasi. 
Ikkilamchi o‘zgarishlarni oldini olish uchun hamma muolajalarni bajarish lozim. 
Aynan  shular  rentgenologik  tekshiruv  vaqtida,  diqqat  markazida  bo‘lishi  kerak 
va aynan shularni bartaraf qilishga hamma tadbirlar, shular ichida xirurgik davo 
ham yo‘naltirilishi kerak. 
PBS bilan og‘rigan be’mor bolalarni buyraklarini faoliyatini qanday usullar 
bilan  asrab  qolgan  yaxshiligi  haqida  ikkita  har  xil  fikr  bor.  Ba’zi  klinististlar 
aktiv  xirurgik  taktika  tarafdori.  Ular,  siydik  traktini  to‘liq  rekonstruksiyasi, 
xirurgik  aralashuvning  va  anesteziologik  yordam  xavfidan  balandroq,  deb 
hisoblaydilar.  Nazariy  ravishda  reflyuksni  va  peshob  stazini  bartaraf  qilish 
infeksiyani  chastotasini  va  buyrak  parenximasini  progressiv  jarohatlanishini 
oldini oladi. Operatsiyadan so‘ng rentgenologik manzara, ko‘pincha yaxshilansa 
ham, har doim ham uning sababi xirurgik operatsiya deb bo‘lmaydi. 
Konseravtiv  davo  tarafdorlari,  siydik  naylaridagi  operatsiyalar  ularning 
kalibrini kichiklashtiradi, lekin peristaltikasini va bo‘shatilishini yaxshilamaydi, 
chunki  bunday  siydik  naylarida  mushak  to‘qimalarini  zararlanishi  va  fibroz 
o‘zgarishlar bo‘ladi, deb ta’kidlashadi. 


 
92 
Har  qanday  davolash  usulining,  xirurgikmi  yoki  konservativmi,  maqsadi 
infeksiyani  oldini  olish.  Olib  tashlangan  buyraklarning  morfologik  tekshiruvi, 
buyrak  parenximasining  25  %  displastik  o‘zgarishlaga  egaligini  ko‘rsatdi.  Ko‘p 
hollarda  buyrak  yetishmovchiligi  sababi,  reflyuks  bilan  bog‘liq  nefropatiyalar  va 
surunkali  pielonefritlar  bo‘lgan.  Buyraklar  jarohatlanishini  oldini  olish  uchun 
chaqaloqlik  davrida  va  bola  katta  bo‘lganda  uzoq  davr  antibiotiklar  olishi  kerak. 
Infeksiya  qo‘shilishi,  PBS  bilan  og‘rigan  bemorlarda  kuzatiladigan,  siydik  tizimi 
faoliyati  nozik  balansini  buzilishiga  olib  kelishi  mumkin.  PBS  bilan  og‘rigan 
bemorlarda  siydik  traktini  infeksiyasi  hosil  bo‘lsa,  siydik  yo‘llari  drenajlanishi 
yaxshilanmasa,  infeksiya  bilan  kurashish  og‘ir  bo‘ladi.  PBS  bilan  og‘rigan 
be’morlar  tug‘ilganda  kam  uchraydigan  uretral  obstruksiya  hamda  surunkal 
infeksiyasi  bo‘lgan  har  qanday  yoshdagi  bemorlarda  adekvat  drenajlash  hal 
qiluvchi, kritik ahamiyatga ega bo‘ladi. 
PBS  bilan  og‘rigan  be’morlarda  moyaklar  shunchalik  yuqori  intraabdominal 
joylashagan  bo‘ladiki,  urug‘  tizimchasi,  moyakni  yorg‘oqqa  tushirish  uchun 
etishmaydi.  Bunday  holatlarda,  Faulera–Stefensa  (Fowler–Stephens)  operatsiyasi 
bajariladi  –  urug‘  tizimchasi  tomirlari  kesilgandan  so‘ng,  moyak  yorg‘oqqa 
tushuriladi.  Moyak  qon  bilan  urug‘  chiqarish  yo‘li  qon  tomiri  va  uning  atrofidagi 
saqlanib  qolish  kerak  bo‘lgan  qon  tomirlar  orqali  ta’minlanadi.  Urug‘  tizimchasi 
uzunligini  baholash  va  uning  qon  tomirlarini  kesish  masalasi,  moyakni  atrof 
to‘qimalardan ajratishdan oldin hal qilinishi kerak. 
 

Download 3,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish