147
sifatida ko‘rilayapti. Bu gurux anomaliyalari ko‘pincha boshqa nuqsonlar bilan: 12
barmoqli ichak va och ichak atreziyasi, invaginatsiya, qizilo‘ngach atreziyasi,
olxo‘risimon qorin sindromi va Girshprung kasali bilan birga keladi. Malrotatsiya
ko‘pincha diafragma churralari, kindik tizimchasi churrasi va gastroshizislarnin
tarkibiga kiradi. Rotatsiya va ichak buralishi simptomlari o‘tkir ko‘rinishlarida
shoshilinch ravishda tashxis qo‘yish va o‘z vaqtida operatsiya o‘tkazish, o‘rta ichak
nekrozini oldini olishda katta ahamiyatga ega. Malrotatsiyani surunkali kechishi
bolani rivojlanishda orqada qolishi, tana vaznini qo‘shilmasligi, vaqti-vaqti bilan
qusish va diareya bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: