15.1-rasm. Qum soati simptomi.
Ilgari pilorostenozga gumon qilinganda, oshqozonni bariy eritmasi yoki suvda
eruvchi kontrast modda bilan rentgenologik tekshiruvi qo‘llanilar edi. Hozir uning
o‘rniga ancha xavfsizroq usul – qorin UTTi qo‘llaniladi. UTT yordamida pilorusni
aniqlash gumonligi haqidagi tushunchalar hozirgi davrda pilorostenoz bilan
og‘rigan bemorlarda pilorusni UTT yordamida o‘lchash va uni qalinligini
intraoperastion o‘lchamlarini taqqoslash bir qator tekshiruvlar bilan istisno qilingan
(15.2-rasm). Pilorusning diametri 14 mm, uning mushak qavati 4 mm dan ortiq va
uzunligi 16 mm dan ortiq bo‘lganda pilorostenoz tashxisi qo‘yish mumkun.
Ko‘rsatilgan parametrlarda tashxis anivligi 99-100 %gacha aniq bo‘ladi. UTTdan
so‘ng tashxis aniq bo‘lmagan hollarda, kontrast rentgenologik tekshiruv tavsiya
etiladi, bunda faqat suvda eruvchi kontrast modda ishlatish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |